Geometrik optika va fotometriya


Mustaqil yechish uchun masalalar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə18/53
tarix17.08.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#63170
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
2 5348125923025622643

Mustaqil yechish uchun masalalar

151. To‘lqin uzunligi =632.8 nm li lazer nurlanishi normal ravishda ikkita tirqishi bo‘lgan to‘siqqa tushmoqda, tirqishlar orasidagi masofa d=5 mm. Ekranda interferensiya yo‘llari kuzatilmoqda. Agar tirqishlarning biriga a=10 mkm qalinlikdagi shaffof plastinka qo‘yilsa, interferensiya yo‘llari qanchaga suriladi? Plastinkaning sindirish ko‘rsatkichi n=1.633.
152. Yassi to‘lqin uchun zonalarining dastlabki uchtasini radiusi hisoblab topilsin. To‘lqin sirtida kuzatilayotgan nuqtagacha bo‘lgan masofa 1 m. To‘lqin uzunligi =500 nm.
153. Kengligi b=42 mkm bo‘lgan tirqishga to‘lqin uzunligi =589 nm ga teng monoxromatik yorug‘lik dastasi normal ravishda tushmoqda. Minimumlar kuzatiladigan burchaklar topilsin.
154. Kengligi b=2.10-3 sm ga teng tirqishga, to‘lqin uzunligi =500 nm bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik dastasi perpendiklyar ravishda tushmoqda. Tirqishdan 1 m masofada joylashgan ekranda hosil bo‘lgan tirqish tasvirini kengligi topilsin. Tirqish tasvirini kengligi deganda, asosiy maksimal yoritilganlikni ikki tomonida hosil bo‘ladigan birinchi minimumlar orasidagi masofa topilsin.
155. Tirqishga normal ravishda  to‘lqin uzunligidagi monoxromatik yorug‘lik dastasi tushadi. Tirqish kengligi 6. Yorug‘lik difraksiyasining uchinchi minimumi qanday burchak ostida ko‘rinadi?
156. To‘lqin uzunligi =700 nm bo‘lgan qizil chiziqli ikkinchi tartibdagi spektrda ko‘rish uchun, ko‘rish trubkasini kollimator o‘qiga =30° burchak ostida joylashtirish kerak bo‘ldi. Difraksion panjara doimiysi topilsin. Yorug‘lik panjaraga normal ravishda tushmoqda.
157. Spektrning birinchi tartibidagi simobning yashil (=546 nm) chizig‘i =19°8′ burchak ostida kuzatilayotgan bo‘lsa, difraksion panjaraning bir millimetrga mos kelgan shtrixlar soni nechta bo‘ladi?
158. Difraksion panjaraga oq yorug‘lik dastasi normal holda tushmoqda. =589 nm to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik uchun difraksiya burchagi 1=17°8′. Biror bir chiziq ikkinchi tartibdagi spektrida 2=24°12′ difraksiya burchagini hosil qilgan. Shu chiziqning to‘lqin uzunligi topilsin.
159. Difraksion panjaraga, geliy bilan to‘ldirilgan razryad trubkasidan yorug‘lik normal ravishda tushmoqda. Ikkinchi tartibli spektrda =670 nm to‘lqin uzunlikdagi qizil chiziq uchinchi tartibli spektrda qaysi chiziq bilan ustma-ust tushadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin