176. Davri d=2.5 mkm va kichikligi l=3 sm bo‘lgan difraksion panjaraning to‘rtinchi tartibli spektrda ajrata olish qobiliyati qanday?
177. Difraksion panjaraning xar 1 sm da 5000 chiziq bor. Agar u =589 nm to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik bilan yoritilayotgan bo‘lsa, maksimal spektr tartibi topilsin.
178. Difraksion panjaraga tushayotgan yorug‘lik 1=490 nm va 2=600 nm to‘lqin uzunlikdagi ikki aniq spektral chiziqlardan iborat 1, to‘lqin uchun birinchi maksimum =10o burchak ostida kuzatiladi. Ikkinchi tartibdagi spektrda chiziqlar orasidagi burchak masofa topilsin.
179. N=100 chiziqqa ega bo‘lgan difraksion panjara 1=589 nm va 2=502 nm bo‘lgan chiziqlarni birinchi tartibdagi spektrda ajrata oladimi?
180. Difraksion panjara doimiysi d=1000 nm. Qo‘yida keltirilgan to‘lqinlar uchun birinchi tartibli spektrda burchakli dispersiya hisoblansin, a) 400 nm, b) 580 nm, v) 760 nm.
181. Kengligi b=0.2 mm bo‘lgan tirqishga to‘lqin uzunligi =500 nm ga teng yorug‘lik tushmoqda, tirqishdan L=1 m masofada joylashgan ekranda 1 va 2 difraksion maksimumlar orasidagi masofa topilsin.
182. Agar birinchi tartibdagi difraksion maksimum kristal panjarasi va tushayotgan nur yo‘nalishi orasidagi burchak =3° bo‘lganda kuzatilgan. Tushayotgan monoxromatik rentgen nurining to‘lqin uzunligi topilsin. Atomlar orasidagi masofa d=0.3 nm.
183. Tor tirqishga normal holda monoxromatik yorug‘lik tushmoqda. Ikkinchi tartibli difraksion yorug‘ yo‘lning og‘ish burchagi =1°. Tirqish kengligini orqali ifodalang.
184. Kengligi b=0.1 mm tirqishga normal holda (=0.5 mkm) monoxromatik yorug‘lik tushmoqda. Tirqish orasida yig‘uvchi linza joylashtirilgan va uning fokus tekisligida ekran bor. Difraksiya burchagi bo‘lsa, ekranda manzara kuzatiladi.
185. Ikki difraksion panjara bir xil l=3 mm kenglikka ega bo‘lib ularning davrlari d1=3.10-3 mm va d2=6.10-3 mm natriyning =529.6 mm sariq chizig‘i uchun eng katta ajrata olish qobiliyati hisoblansin.