192. Suyuqlik sirtiga tushayotgan nurlarning tushish burchagi i=50°, qaytgan nurlar maksimal qutblanmagan. Nurning sindirish burchagi topilsin.
193. Suv bilan to‘ldirilgan shisha idish tubidan nur qaytadi. Tushish burchagi qanday bo‘lganda, qaytgan nurlar maksimal qutblangan bo‘ladi.
194. 10 % li shakar eritmasi solingan S=15 sm. uzunlikdagi trubkadan nur o‘tganda, uning qutblanishi tekisligi 1=129° ga buriladi. l2=12 sm uzunlikdagi trubkaga boshqa shakar eritmasi solinganda, qutblanish tekisliging burilishi 2=7.2° ni tashkil qiladi. Ikkinchi eritmaning integrasiyasi aniqlansin.
195. O‘zaro kesilgan Nikol prizmalari orasiga qalinligi d=3 mm bo‘lgan kvars plastinkasi joylashtirilganda, polyarimetrning ko‘rish maydoni maksimal yorug‘ bo‘lgan. Monoxromatik yorug‘lik uchun kvarsning burilib doimiysi aniqlansin.
196. Qalinligi d=1.5 mm bo‘lgan kvars plastinka parallel Nikol prizmalari orasiga joylashtirilganda, monoxromatik yorug‘likni qutiblanishi tekisligi 1=27° burchakka buriladi. Plastinka qanday qalinlikda olinganda polyarimetrning ko‘rish maydoni mutlaqo qorong‘i bo‘ladi?
198. Polyarizator va analizator tekisliklar orasidagi burchak =60°. Tabiiy yorug‘lik shunday sistemadan o‘tganda n=10 marta susayadi. Yorug‘lik qaytganda bo‘ladigan yo‘qotishlarni hisobga olmay, qutblagichlarning yutish koeffitsiyenti K topilsin.
199. Polyarizatordan kelayotgan yorug‘lik intensivligini analizator ikki marotaba kamaytiradi. Polyarizator va analizator optik tekisliklari orasidagi burchak topilsin. Analizatorda yorug‘likni yo‘qolishi hisobga olinmasin.
200. Polyarizator va analizator bosh tekisliklari orasidagi burchak 1=45°. Agar ular orasidagi burchak 2=60° ga o‘zgartirilsa, analizatordan chiqayotgan yorug‘lik intensivligi necha marta kamayadi? Analizatorda yorug‘likni yo‘qolishi hisobga olinmasin.
201. Qutblanish tekisliklari =30° burchak tashkil etuvchi ikki nikoläan yotgan yorug‘lik necha marta susayadi? Nikolëarda yorug‘lik yo‘qolishi hisobga olinmasin.
202. Sariq nur shakar yeritmasi solingan trubadan o‘tganda, uning qutblanish tekisligi =40° burchakka burilgan, trubka uzunligi l=15 sm. Shakarning solishtirma burilishi []=66,5 grad. Shakar eritmasining konsentrasiyasi topilsin.