Kutilayotgan natija:
Bolalar oval shakli haqida bilimga ega bo‘ladi.
Foydalanilgan usullar:
1.Tushuntirish
2.Savol-javob
3.Guruhiy ish
4.Amaliy ish
5.Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o‘yin
Kerakli jihozlar: geometrik shakllar to‘plami, rangli qog‘ozlar, vatmin qog‘oz, rezina halqa, tashlandiq materiallardan chinor yong‘og‘I, rangli qalam , gugurt cho‘plar va sanoq cho‘plar.
Mahg‘ulotning borishi:
Ertalabki yig‘in. ,,Kim qanday dam oldi?’’
Maqsad:
Suhbat mavzusi: bolalar uchun qiziqarli, tushunarli, foydali bo‘lishga erishish.
Suhbat davomida bolalarni mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini berish imkoniyatini yaratish.
Savollar:
1.Siz qanday dam oldingiz?
2.Kimlarga yordam berdingiz?
3.Nimalar qildingiz?
4.Dam olish kunida siz qayerga bordingiz?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Bolalar, hozir biz sizlar bilan ajoyib o‘yin o‘ynaymiz. Xohlaysizlarmi?
Muzyorar o‘yini. ,,Qotib qol’’
O‘yin qoidasi:
Bolalar doira bo‘lib turadilar, bir bola boshlovchi bo‘ladi, qo‘lida sehrli tayoqcha bo‘ladi. Boshlovchi sehrli tayoqchani qaysi bolaga tekkizsa, ana shu bola muzlab qoladi. Bolalar muzdan tushishlari uchun boshlovchiga iliq, sehrli so‘zlar aytishi kerak bo‘ladi.
O‘yin uch-to‘rt marta takrorlanadi.
Tarbiyachi: Bolalar, sizlar qanday geometrik shakllarni bilasizlar?
Bolalar javobi: To‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, doira, uchburchak.
Tarbiyachi: Juda to‘g‘ri. Durdonaxon mana bu stol ustidagi geometrik shakllar ichidan menga doira shaklini olib keling.
Bolalar javobi: Doira shaklini olib keladi va izoh beradi.
Shu tartibda uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak shakllarini ham bolalarga tanlashni taklif qilinadi va bolalar izoh berishadi.
Tarbiyachi bolalar fikrini to‘ldirib boradi.
Stol ustida oval shakli qoladi.
Tarbiyachi:Bolalar manabu shakl bizlar tanish bo‘lgan qaysi shaklga o‘xshaydi?
Bolalar javobi:Doiraga
Dostları ilə paylaş: |