Geometrik shakllar bilan tanishtirish


-mavzu:"Men aytaman,sen bajar"



Yüklə 51 Kb.
səhifə6/6
tarix02.01.2022
ölçüsü51 Kb.
#40014
1   2   3   4   5   6
Geometrik shakllar bilan tanishtirish

3-mavzu:"Men aytaman,sen bajar"

Maqsad:Bolalarni geometrik shakllar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash,bolalarga xos olamni anglash va o‘z malakalarini rivojlantirish.Bolalarda mantiqiy tafakkur eiementlarini rivojlantirish,do‘stona munosabatlarni tarbiyalash.

Kutilayotgan natija:

Bolalarda topshiriqlarni tushingan holda harakat qilish ko‘nikmasi shakllanadi.Bolalarda ijodkorlik qobilyatlari rivojlanadi.



Foydalanilgan usullar:

  1. Tushuntirish

  2. Savol-javob

  3. Amaliy ish

  4. Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin

Kerakli jihozlar: Geometrik shakllar,rasmli kartochkalar,tarqatma jihozlar,fil va ayiq rasmi va qirqilgan bo‘laklari.

1-topshiriq.Klaster usuli.

O‘yin qoidasi:Bu o‘yinda birinchi guruh bolalari doira shakliga o‘xshash narsalarni doira atrofiga yig‘adilar.

2-guruh esa kvadrat shakliga o‘xshash narsalarni kvadrat atrofiga yig’adilar.Guruh taqdimoti o’tkaziladi va bolalar rag’batlantiriladilar.



2-topshiriq.O‘yin "Bingo"

Bolalar oldiga 9ta katakka bo‘lingan qog‘oz varog‘i qo‘yiladi,kataklar ichiga turli xil rasmlar chizilgan.Savatchada xuddi shu rasmlarning juftlari joylashtirilgan.Boshlovchining signalidan so‘ng bolalar savatchalardagi rasmlardan olib o‘z juftini topib qo‘yadi.Qaysi guruh ishni birinchi bo‘lib tamomlasa,"Bingo"deydi.Chunki u g’olib.

G‘olib guruh rag‘batlantiriladi.

Dam olish daqiqasi.

Olmaxon yong‘oq terdi

Uni do‘stlariga berdi.

Tulkivoyga bir dona,

Chumchiqchaga ham bitta.

Ayiqchaga bir dona,

Quyonchaga ham bitta.

3-topshiriq."Boshqotirma"

Doskada "Filcha va Ayiqcha"rasmi ilib qo‘yilgan.Bolalar oldida "Filcha va Ayiqcha"ning tana qismi bo‘laklarga bo‘lingan holda.Bolalar hayvonlar bo‘lagini doskadagi asliga qarab o‘rnini topib joylashtiradi.Tez va to‘g‘ri bajargan guruh g‘olib bo‘ladi.

Bolalar ishi ko‘rib chiqiladi va rag‘batlantiriladi.

4-topshiriq.

Katakchalar ichiga necha soni yozilgan bo‘lsa, shu songa teng bo‘lgan shakl chizing.To‘g‘ri bajargan guruh rag‘batlantiriladi.

O‘yin: “Tarbiyachi aytdi”

O‘yin qoidasi:



Tarbiyachi bolalarga “Tarbiyachi aytdi” jumlasini qo‘shib topshiriqni aytsa, bolalar bu topshiriqni bajaradilar. Agar “Tarbiyachi aytdi” jumlasini aytmasdan topshiriq bersa, bolalar bajarmaydilar. Masalan: “Tarbiyachi aytdi” chapak chalinglar desa, bolalar bajaradilar.
Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin