Geometrik shakllar bilan tanishtirish



Yüklə 51 Kb.
səhifə3/6
tarix02.01.2022
ölçüsü51 Kb.
#40014
1   2   3   4   5   6
Geometrik shakllar bilan tanishtirish

Tarbiyachi:To‘g‘ri bu shakl doiraga o‘xshaydi,lekin doiraga emas.Mana bu meni qo‘limdagi halqachaga qaranglar.Halqacha qaysi shaklda?

Bolalar javobi: Doira shaklda.

Tarbiyachi:Endi bu doirani ikki tomonidan ushlab bir oz cho‘zaman.Endi qanday shaklga o‘xshab qoldi?Sizlar bu shakl nomini bilmaysizlar.Bu shakl sizlar yaxshi ko‘rib yeydigan bir narsaga o‘xshaydi,bir yaxshilab eslab ko‘ringlarchi?

Bolalar javobi:Tuxumga,qovunga,bulochkaga,kartoshkaga.

Tarbiyachi: Juda ham to‘g‘ri mana shu tuxumga o‘xshaydigan shaklni nomi doira emas oval shakli deb ataladi.Hammamiz birgalikda aytamiz oval.

Tarbiyachi oval shakli kontirini qo‘li bilan ko‘rsatib oval shaklini ham uchlari yo‘q dumalatsak qiyin dumalaydi.



Tarbiyachi: Bolalar bugun biz sizlar bilan matematika,tasviriy faoliyat va qurish-yasash markazlarida faoliyat olib boramiz.

Tasviriy faoliyat markazidagi bolalar geometrik shakllardan foydalanib bitta vatmin qog‘ozga jamoa bo‘lib rasm chizadilar.

Qurish yasash markazidagi bolalar sanoq cho‘plar va gugurt cho‘plaridan geometrik shakllar,shakllardan esa narsalar yasaydilar.

Matematika markazida ishlovchi bolalar karton ustiga tashlandiq materiallardan va rangli kartonlardan turli xil geometrik shakllar to’plamidan "Bo‘g‘irsoq-o‘rmonda"mavzusida guruhiy ish bajaradilar.

Har bir guruh o‘zlari bajargan ishlarini o‘z o‘rtoqlari oldida izohlab beradi.

Guruhlar uchta nominatsiya bo‘yicha baholanadi va bolalar rag‘batlantiriladi.

Mashg‘ulot so‘nggida bilimlarini mustahkamlash uchun o‘yin.

O‘yin:"Shakllar"

Bolalar doira bo‘lib stulchalarda o‘tiradilar.Bir bola boshlovchi bo‘ladi.Bolalar qo‘liga har-xil geometrik shakllar beriladi.Boshlovchi oval signalini bergan vaqitda qo‘lida oval shakli bor bolalar bir-birlari bilan o‘rinlarini almashtiradilar.Bo‘sh joyiga ishtirokchilardan oldin boshlovchi turib olsa kech qolgan ishtirokchi o‘yindan chiqadi.O‘yin shu tariqa davom etadi.

2-mavzu:"Quvnoq shakllar".



Maqsad: Bolalarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish,atrofni to‘g‘ri idrok qilishga o‘rgatish.

Ta’limiy o‘yinlar vositasida tafakkurni peshlash,olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda bajara olish,predmrtlarni taqqoslash va ularga ta’rif berishga o‘rgatish.

Bolalarni fantaziya qilishga emas,balki jarayonlarni tushingan holda mantiqiy fikr yuritishga undash.Tevarak atrofdagi voqea va hodisalarga to‘g‘ri munosabatni tarbiyalash.O‘rtoqlariga do‘stona munosabatda bo‘lish.

Kutilayotgan natija:

1.Bolalarga geometrik shakllar va atrofdagi narsalar orasidagi o‘xshashliklar haqida tushunchalar mustahkamlanadi.

Foydalanadigan usullar.



  1. Tushuntirish.

  2. Muammoli vaziyat.

  3. Kichik jamoada ishlash.

  4. Amaliy ish

  5. Ijodkorlar.


Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin