German qabilalari va Rim imperiyasi


-§. Angliya 5-11-asrlarda



Yüklə 71,5 Kb.
səhifə5/10
tarix20.09.2023
ölçüsü71,5 Kb.
#146013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu ma\'ruza

5-§. Angliya 5-11-asrlarda Rim legionlari 407-yili Britaniyani tashlab Italiyaga qaytadi. Ularning ketidan rim kolonistlari ham Evropaga keta boshlaydi. SHu tariqa orolning kelt aholisi o‘z holicha qoldiriladi. Kelt qabila boshliqlari esa o‘zaro urushlarga kuch beradi. Ayni paytda shimoldan pikt va skott qabilalari hujumlari boshlanadi. Xavfli himoyachilar. Piktlardan himoyalanish uchun brittlar ilk marotaba germanlarning yut, angl va saks qabilalaridan yollanma drujinalarni taklif etgani ehtimol. Bu qabilalar esa Germaniyaning shimoli va YUtlandiya yarim orolida yashardi. Dastlab germanlar uchta kemada kelishadi. Lekin ko‘p o‘tmay ularning ortidan o‘nlab, yuzlab va minglab qabiladoshlari yo‘lga chiqadi. Germanlarning keltlardan tobora yuqori to‘lov talab qilishi, doimiy isyonlari, mamlakatni talashlari va tahdidlari kuchayib boradi. YUtlar 5-asr o‘rtalarida Kent viloyatini bosib oladi. Ularning izidan angl-sakslar ham keltlarga hujum boshlab, qattiq qarshilik bo‘lmaganidan mamlakatni istilo qilishga kirishadilar. Angl-sakslar mahalliy aholining bir qismini qirib, ayrimlarini qullik asoratiga soladilar. SHaharlar katta talafot ko‘radi, majusiy germanlar ibodatxona va monastirlarni talab, yondirib yuboradilar. Istilo dahshatidan ko‘pgina keltlar qit’aga, Armorika viloyatiga ko‘chib o‘tadi. Fransiyaning shimoli-g‘arbidagi bu hudud brittlarning ommaviy ko‘chishidan so‘ng Bretan nomini olib, bu nomni hozirga qadar saqlab qolgan. Qirol Artur. Oroldagi so‘nggi rimliklardan Amvrosiy Avrelian 6-asrning boshlarida brittlarni birlashtirib, germanlarga qarshilik ko‘rsata boshlaydi. U qator yorqin g‘alabalarga erishib, angl-sakslar tazyiqini deyarli yarim asrga to‘xtatadi. Kelt qabilalari xotirasida bu g‘alabalar haqidagi ma’lumotlar asrlar davomida saqlanadi. Lekin rivoyatlarda bosqinchilarga zarba bergan qahramonning ismi o‘zgargan. Dostonchilar uni Artorius yoki Artur deb atay boshlashgan. Vaqt o‘tishi bilan Artur siymosi atrofida 6-asrga aloqasi bo‘lmagan ko‘plab tarixiy afsonalar to‘planadi. Oradan besh asr o‘tib ham Evropaning turli mamlakatlari yozuvchilari qirol Artur va uning ritsarlari Lanselot, qirolicha Jinevra, sehrgar Merlinlar haqida asarlarni yaratishda davom etishadi. Bu asarlar kitobxonlar orasida keng tarqaladi.
Yüklə 71,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin