German qabilalari va Rim imperiyasi



Yüklə 71,5 Kb.
səhifə7/10
tarix20.09.2023
ölçüsü71,5 Kb.
#146013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-mavzu ma\'ruza

Qirol Buyuk Alfred. Buyuk Alfred (871-900) Uesseksda taxtga kelgunicha daniyaliklarni hech kim to‘xtatishga qodir bo‘lmagan. Buyuk Alfred butun Angliyadan bosqinchilarni jazolash orzusidagi jangchilarni yig‘adi. U bu qo‘shin bilan daniyaliklarni bir necha bor mag‘lub etadi. Buyuk Alfred 879-yili daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzadi. Unga binoan, butun orol ikki qismga bo‘linib: janubi-g‘arbiy hududlar Alfredga, shimoli-sharqiy hududlar esa daniyaliklarga beriladi. CHegara London va CHechter oralig‘idagi qadimgi rimliklar qurdirgan tosh yo‘l bo‘ylab o‘tadi. Skandinavlarda qoldirilgan erlar Daniya qonunlari viloyati yoki inglizcha Denlo nomini oladi. Buyuk Alfred tinchlik sulhidan yangi kuchli qo‘shin tuzish uchun foydalandi. Ma’lumki, avvallari dushman xavfi tug‘ilganida xalq lashkari to‘planardi. Endi har beshta angl-saks oltinchini boqishi va qurollantirishi majburiy etib qo‘yiladi. Natijada, birinchidan, tinimsiz urushlar davrida qishloqning ko‘pchilik aholisi o‘z ishidan ajratilmagan. Uyda qolganlar erni haydash, hosilni yig‘ish bilan shug‘ullangan. Ikkinchidan, bitta xo‘jalik daromadi yaxshi qurol-aslaha uchun etarli bo‘lmasdi. Agar urushga olti kishining barchasi jo‘nasa, ularning har birida qimmatbaho po‘lat qilich bo‘lishi gumon edi. YAngi qoidaga binoan besh kishi oltinchisini: dubulg‘a, qilich va jang boltasi bilan ta’minlab vikingdan yomon qurollantirmagan. Qolaversa, bu oltinchi kishi doimo mashq qilishi, jangga tayyorlanishi shart edi. Uning uchun qolgan beshta qo‘shnisining ishlashi oilasi haqida o‘ylamasligi uchun ham imkon beradi. SHu tariqa son jihatidan qisqargan Buyuk Alferd qo‘shini sifati bo‘yicha avvalgiga qaraganda bir necha bor kuchaydi. YAngi qo‘shinning paydo bo‘lishi bilan jamiyatda ham muhim o‘zgarishlar bo‘ladi. Jamiyat professional jangchilar va dalada ishlovchi dehqonlarga bo‘linadi. 13


Buyuk Alfred daniyaliklar qal’alarini qamal qilishni unchalik xush ko‘rmasligini anglab, o‘z mulklari chegaralarida ko‘plab qal’alar burglar barpo ettiradi. Qirol kema yasaydigan ustalarni topib, daniyaliklarnikidan qolishmaydigan kemalarni yasattiradi.
Yüklə 71,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin