YOdda tuting!
Vikinglar – 8-asr oxiri 11-asr o‘rtalarida Evropa mamlakatlariga dengiz yo‘li orqali savdo-sotiq uchun borgan, qaroqchilik va bosqinchilik yurishlari qilgan skandinavlar. Rusda ularni varyaglar, G‘arbiy Evropada normannlar deb atashgan. 9-asrda vikinglar SHimoli-SHarqiy Angliyani, 10-asrda esa SHimoliy Fransiyani bosib olganlar.
Qirol Alfred faqat qo‘shin haqida qayg‘urmagan. U o‘z davrining o‘ta ma’lumotli kishisi bo‘lgan. Uesseksda esa daniyaliklar hujumlaridan keyin lotin tilini biladigan odamlar deyarli qolmagan edi. U eski angl-saks qonunlarini yozishni va Angliya tarixiga oid ma’lumotlar to‘plashni buyuradi. Buyuk Alfred davrida "Anglosakson solnomasi” tuzilib, unda yilma-yil muhim voqealar qayd etila boshlanadi. 250 yil davom ettirilgan ushbu solnoma bo‘lmaganida, tarixchilar o‘rta asrlar Angliyasi haqida juda kam ma’lumotga ega bo‘lar edilar. Denloning qaytarilishi. Qirol Buyuk Alfredning o‘limidan so‘ng uning vorislari Denloga hujum boshlaydi. YAngi qo‘shin muvaffaqiyatli harakat qilib, 10-asrning so‘nggi choragiga kelganda Angliya qirolligi (bu paytda avvalgi Britaniya nomi yangi Angliya atamasi tomonidan uzil-kesil surib chiqarilgan) Daniya qonunlari viloyatini qo‘shib oladi. Bu davrga kelib, Denloga o‘rnashgan daniyaliklar mahalliy aholi bilan ancha yaqinlashib, aralashisha boshlagan edi. Denloni Angliya qirolligiga qo‘shib olinishi o‘zida ma’lum xavfni ham yashirgan g‘oliblar aksari holatlarda beparvolikka berilgan. Angliyada yana ichki nizolar boshlanib, davlat zaiflashadi. Ayni paytda, Daniya tez yuksala boshlaydi. YAgona Daniya qirolligi 8-asr oxirida Angliyaga hujum qilgan daniyalik vikinglarga nisbatan, albatta xavfliroq edi. Ayni paytda, Angliya qirolligi ichki nizolardan batamom holsizlangandi. Daniya qiroli 1013-yili ingliz sohiliga o‘z qo‘shinini tushiradi. Urush uzoq cho‘zilmaydi. Faqat London shahri daniyaliklarga ma’lum vaqt qarshilik ko‘rsatadi. 6-§. Vizantiya imperiyasi Imperiyaning tashkil topishi. Imperator Feodosiyning o‘g‘illari 395-yili Rim imperiyasini ikki mustaqil davlatga: G‘arbiy Rim imperiyasi poytaxti Rim va SHarqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) poytaxti Konstantinopolga bo‘lib olishadi. Konstantinopol shahri o‘rnidagi Vizantiy (Megara koloniyasi) nomidan SHarqiy Rimni ko‘pincha Vizantiya deb ham nomlashadi. 4-asrda Vizantiya tarkibiga Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Kavkaz, Suriya, Falastin, Misr, shuningdek, Krit va Kipr orollari kirgan. SHarqiy Rim imperiyasida: ellinlar, suriyaliklar, armanlar, gruzinlar, yahudiylar va boshqa xalqlar yashagan. Ulardan yunonlar son jihatidan ko‘p bo‘lganidan davrlar o‘tib, yunon tili lotin tilini surib chiqaradi va davlat tiliga aylanadi. Evropada SHarqiy Rim imperiyasi aholisini yunonlar deyishgan. Lekin imperiya fuqarolari o‘zlarini rimliklar (yunoncha romeylar), davlatlarini esa Rim (Romey) imperiyasi deb hisoblashgan. Ularni SHarq xalqlari ham rimliklar deb bilishgan.
Vizantiyada qulchilik saqlanib qolsa-da, aholining katta qismini erkin dehqonlar tashkil etishi, sun’iy sug‘orishga asoslangan sermahsul ziroatchilikning bo‘lishi uning iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi. SHuning uchun imperiyada 6-asrda ham Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Edessa shaharlari yirik savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida gullab-yashnagan. Konstantinopol va Aleksandriyalarni muhtasham binolar, ko‘pqavatli uylar, haykallar va favvoralar o‘rnatilgan maydonlar bezab turgan. SHaharlarda 14
hunarmandchilikning: shishasozlik, movut, shoyi gazlamalar to‘qish, zargarlik sohalari, ayniqsa, yuksalgan. Ispaniyadan Xitoyga qadar dunyoning turli mamlakatlari savdogarlari romeylar bozoriga shoshilganlar. Konstantinopol Osiyo va Evropani bog‘laydigan "Oltin ko‘prik"ka aylanadi. Vizantiya savdogarlari G‘arbning siyraklashib qolgan bozorlariga hashamatli kiyimlar-u zeb-ziynatlar, ziravorlar va qimmatbaho vinolar, qurol-yarog‘lar-u idishlar, cherkov anjomlari-yu, buyumlarni olib borishgan. Vizantiya oltin puli (nomisma) ko‘p asrlar davomida eng ishonchli xalqaro pul hisoblangan.
Dostları ilə paylaş: |