Mavzu: “German qabilalari va Rim imperiyasi” mavzusining tuzilishi va muammolari, o‘qitishning samarali usullari. Reja German qabilalari haqida umumiy ma’lumot
German qabilalari ko’chib borib o’rnashgan hududlar
Germanlar tomonidan asos solingan davlatlar
German va Rim imperiyasi to’qnashuvi
Xalqlarning buyuk ko‘chishlari va uning natijalari Xalqlarning buyuk ko‘chishlari.Milodiy 4-6-asrlarda Evropani xunn qabilalari boshlab bergan «Xalqlarning buyuk ko‘chishlari»jarayoni qamrab oladi. Ushbu jarayonning qator sabablari bo‘lgan. Avvalo, german qabilalarida aholi sonining ko‘payib borishi natijasida yangi erlarga bo‘lgan talabning oshishi va mulkiy tabaqalanishning kuchayishi ularni yangi hududlarni egallashga undaydi. Bundan tashqari, xunnlarning 4-asrdan SHarqdan hujumlari ko‘plab varvar qabilalarini o‘z makonlaridan siljishga majbur etadi. Evropada 2-asrdan iqlimning soviy boshlashi 5-asrga kelib ekinzorlarni qo‘riqqa, suv havzalari va ularga yaqin erlarni esa botqoqliklarga aylantiradi. Ushbu omillar xalqlarning yashash va xo‘jalik yuritish uchun yangi qulay hududlarni izlashiga turtki bo‘ladi. German qabilalari va ularning mashg‘ulotlari.Rim imperiyasining shimoli-sharqiy chegaralari bo‘ylab joylashgan varvar qabilalari 2-4-asrlarda ham urug‘chilik jamoasi darajasida yashar edilar. Qadimgi german qabilalari (franklar, vestgotlar, ostgotlar, vandallar, burgundlar, langobardlar) Reyn va Elba daryolari havzasida joylashganlar. Ularning asosiy mashg‘ulotlari chorvachilik bo‘lgan. CHorvadan tashqari parranda boqqanlar, ov va baliqchilik bilan shug‘ullanganlar. Milodiy asr boshlaridan aholi sonining ko‘payishi xo‘jalikda dehqonchilikning ahamiyatini oshiradi. Urug‘ jamoalari hamkorlikda o‘rmondagi daraxtlarni kesib, yangi erlar ochganlar. Erga oddiy yog‘och so‘qa bilan ishlov berilishi, erning o‘g‘itlanmasligi ekinzorlarning kuchsizlanib, 2-3 yildan so‘ng hosilning keskin kamayishiga olib kelgan. Germanlarda keyinchalik omochdan temir plugga o‘tilishi mehnat unumdorligi va olinadigan hosilning oshishiga sababchi bo‘lgan. YOdda tuting! Rimliklar madaniy taraqqiyotning ancha quyi pog‘onasida turuvchi xalqlarni «varvarlar»deb ataganlar. Qadimgi germanlar tarixi haqidagi boy ma’lumotlarni YUliy Sezarning «Galliya urushi haqida xotiralar» va rim tarixchisi Tatsitning «Germaniya» asarlarida uchratamiz.
Asrlar o‘tib dehqonchilikda almashlab ekish qo‘llanila boshlandi. Milodiy 4-asrdan bahorgi va kuzgi bug‘doy o‘rniga dukkakli ekinlar ekish, haydalgan erni ikki dalaga bo‘lib (shuning uchun bu uslub ikki dalali almashlab ekish deyiladi) biriga don sepib, ikkinchisini shudgor qilib dam berish hamda ularni har yili almashtirib turish yo‘lga qo‘yiladi. Bu hosil 5
miqdorini oshirish bilan bir vaqtda ekinzorlarni tez-tez almashtirish zaruriyatidan xalos etadi. Germanlar don va dukkakli ekinlardan tashqari poliz mahsulotlari, sabzavotlar, shu jumladan, karam etishtirishgan. Germanlarda hunarmandchilikning to‘qimachilik, yog‘ochsozlik (xususan, qayiq yasash), zargarlik, teri-ko‘nchilik sohalari taraqqiy etgan. Ichki savdoda eng muhim ashyo temir buyumlar hisoblangan. German qabilalari qo‘shnilari bo‘lgan rimliklarga qullar, chorva mollari, teri, qahrabo etkazib berib, ulardan nafis gazlamalar, sopol idishlar, zeb-ziynat buyumlari, vino olishgan. Savdo mol ayirboshlash shaklida bo‘lib, faqat imperiya bilan chegara hududlarda rim puli ishlatilgan. Germanlaming ijtimoiy tuzumi.Germanlar jamoasi davlat vujudga kelguniga qadar urug‘chilik bosqichini boshdan kechirgan. 4-asrda germanlarda mulkiy tengsizlik kuchayib jamoalar boylar va kambag‘allarga ajrala boshlaydi, jamoalardai zodagonlar, erkin kishilar va yarim ozod kishilar toifalari shakllanadi. Mulkiy tabaqalanish natijasida germanlarda konung, ya’ni zodagonlar yo‘lboshchisi shakllanib, uning mavqei kuchaya boradi. YOdda tuting! Konung-qabila boshlig‘i, zodagonlarning oliy vakili. Normann qabilalarida - harbiy yo‘lboshchi. Germanlar hayotida qabila harbiy qo‘shin boshliqlari o‘rni ham muhim bo‘lgan. Harbiy o‘ljaning katta qismi yo‘lboshchiga tegishli bo‘lgan. Sababi u bo‘linmasi jangchilarini ot, qurol-aslaha, turar-joy, oziq-ovqat bilan ta’minlagan. German qabilalari 4-5-asrlardan keng hududlarni nazorat qiluvchi qabila ittifoqlariga birlasha boshlaydi. Alemann, got, frank qabila ittifoqlari bir necha yuz ming kishidan iborat bo‘lgan. Yillar o‘tib qabilalarning oliy organi hisoblangan xalq yig‘inlari sekin-asta o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlaydi. Ular asosan urush va tinchlik, konunglarni saylash vazifalarini bajargan. Harbiy bo‘linmalar va ular yoiboshchilarining obro‘si oshgan. YOdda tuting! Qahrabo-qattiq qatronli (smolali) va tiniq sariq rangli ma’dan Allemann, got, franklar-germanlarning eng kata qabilalaridan bo‘lgan CHegara hududlaridagi ayrim qabila boshliqlari Rim noiblariga yollanma harbiy xizmatga o‘ta boshlaydilar. Bu harbiy bo‘linmalar rim qo‘shinlari yurishlari paytida alohida jangovar birlik sifatida qatnashgan. Ba’zida german qabilalari imperiya chegaralarini tashqi dushmanlardan himoyalash vazifasini zimmasiga olgan. Xristianlik dini tarqala boshlashi natijasida ularning ijtimoiy taraqqiyoti yanada tezlashgan. Rim imperiyasiga bosqinlar.Zaiflashib qolgan Rim qo‘shni varvarlar hujumini to‘xtata olmaydi. Qulchilik zulmidan aziyat chekkan mahalliy aholi esa german qabilalariga qarshi chiqmay, ba’zida ular tomoniga o‘tib ketadi. 5-asr boshlarida Pireneya yarim oroli va Galliyaning bir qismida dastlabki varvarlar davlati - Vestgot qirolligitashkil topdi. German qabilalari keyinchalik bosib olingan erlarda: vandallar (SHimoliy Afrikada), ostgotlar (Italiyada), franklar (Galliyada), angl-sakslar (Britaniyada) o‘z davlatlarini tuzgan. Germanlar istilosi 476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasining qulashiga olib keladi. Evropada yangi - feodal jamiyatiga o‘tish davri boshlanadi. 2-