Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari


K.Marks: Renta nazariyasi



Yüklə 97,17 Kb.
səhifə11/13
tarix01.08.2023
ölçüsü97,17 Kb.
#138295
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari

3. K.Marks: Renta nazariyasi.
K.Marks renta to’g’risida nazariya yaratdi. Uningcha, renta yerga bo’lgan mulkchilikni amalga oshirish shaklidir. Yer maydoni cheklanganligi, uning yer egalari qo’lida bo’lganligi sababli qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bahosi o’rtacha yerdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab emas, balki eng yomon yerdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab belgilanadi. Bu baho bilan yaxshi yerdagi (yoki eng yaxshi sharoitdagi) ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi farq differensial rentani bildiradi. K.Marks differensial rentani tahlil qilib, bu renta ayrim yer maydonlarining hosildorligi bir-biridan farq qilganda, yerga sarf qilingan kapital miqdori bir-biridan farq qilganda hosil bo’lishini ko’rsatib berdi. Differensial renta ikki shaklda – differensial renta I va differensial renta II shaklida mavjud bo’ladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish bahosini belgilovchi eng yomon yerdagi mahsulotlarning ishlab chiqarish bahosi bilan eng yaxshi va o’rtacha yerdagi mahsulotlarning individual ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi tafovut differensial yer renta I ning negizi hisoblanadi. Yerga qo’shimcha ishlov berish evaziga olinadigan renta differensial renta II ni tashkil etadi.
K.Marks differensial renta bilan birga absolyut rentaning ham amal qilishini ko’rsatib beradi. U, absolyut rentaning paydo bo’lishini qishloq xo’jaligida kapital uzviy tuzilishining ancha past bo’lishi bilan va yerga bo’lgan xususiy mulkchilik bilan bog’lab tushuntiradi. Birinchi omil tufayli, uning fikricha, qishloq xo’jaligi mahsuloti qimmati uning «ishlab chiqarish bahosidan» hamisha ustun bo’ladi, ikkinchi omil ta’sir kuchiga ko’ra esa, foyda me’yorini o’rtacha darajaga keltiruvchi «kapital oqimi» mexanizmi qishloq xo’jaligida amal qilishi mumkin emas. Binobarin, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining o’z ishlab chiqarish baholaridan (qo’shimcha qiymatning o’rtacha foydadan) ortiqchasi kapitalistlar o’rtasida taqsimlanmaydi (sanoatdagi kabi) balki dehqonchilikda qoladi va yer egalari tomonidan absolyut renta shaklida o’zlashtiriladi. M.Blaugning yozishicha, markscha absolyut renta nazariyasi uning qo’shimcha qimmat nazariyasi doirasidan tashqarida, qimmatning (qiymatning) bahoga aylanish zarurligi kelib chiqqan sharoitda hech qanday kuchga ega emas.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi. F.Kenening «Iqtisodiy jadvaliga» yuqori baho bergan K.Marks, o’zining takror ishlab chiqarish sxemasini ishlab chiqdi. A.Smit, J.B.Sey ijtimoiy mahsulotni daromadlarga bo’lib (moddiy sarflarni mavhumlashtirgan holda) ko’rsatgan bo’lsa, K.Marksda esa ijtimoiy mahsulot uch qismga bo’linadi: doimiy kapitalga (s) – moddiy sarflarga (amortizatsiya, xom ashyo, yoqilg’i va boshqalar qiymati), o’zgaruvchi kapitalga (v) – ishchi kuchini sotib olishga bo’lgan sarflar va qo’shimcha qiymatga(m).
Takror ishlab chiqarish muammosini yechib berishda K.Marks iqtisodiyotni ikki bo’linmaga bo’ladi. I bo’linma ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, II bo’linma iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish. Keyin u oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish o’rtasidagi farqni ko’rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab chiqarish» o’zgarmas bo’lib, unda sof investitsiya nolga teng. Oddiy takror ishlab chiqarish bir xil hajmda, o’zgarmas bo’lib qolishi uchun qanday shartlar bo’lishi kerak? K.Marks buning uchun quyidagi shartlarni ko’rsatib beradi. Oddiy takror ishlab chiqarishda I bo’linmaning barcha mahsuloti har ikkala bo’linmadagi kapitalni qoplash uchun sarflanishi kerak: I (c+v+m) = Ic+IIc. Shu bilan birga, II bo’linma mahsuloti ish haqi fondi plyus mulkdan keladigan daromadga – sof milliy mahsulotga teng (ekvivalent) bo’lishi kerak: II (c+v+m)=I (v+m)+II (v+m). Bu ikkala tenglamadan natijada I (v+m) = IIc kelib chiqadi, ya’ni I bo’linmaning sof mahsuloti II bo’linmada yil davomida iste’mol qilinggan kapitalni qoplash uchun zarur bo’lgan talab miqdoriga teng bo’lishi kerak. Agar I (v+m)>IIc bo’lsa, unda doimiy kapitalni qoplashga bo’lgan investitsiya sarflari amortizatsiya ajratmalari miqdoridan oshib ketadi, ya’ni sof investitsiya ijobiy bo’ladi. Lekin amortizatsiya jamg’armalari iste’mol qilingan kapitalni qoplashga ishlatilmasligi, albatta, ishlab chiqarishning pasayishini keltirib chiqaradi. Keltirilgan dalillar ancha puxta makroiqtisodiy o’zaro bog’liqlik borligini tasdiqlaydi.
Keyin K.Marks kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil qiladi. Uning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasini fan-tarixidagi iqtisodiy o’sishning birinchi matematik modeli hisoblash mumkin. Lekin uning kamchiliklari yo’q emas. Xususan, «kengaytirilgan takror ishlab chiqarish»ning bir tekisda rivojlanib borishining shartlarini aniq ko’rsatib berilmagan. Bundan tashqari, u sur’at o’zgarmagan iqtisodiy o’sishni tahlil qiladi, bunday vaziyatda esa, o’sish Q (mahsulot miqdori) da hech qanday o’zgarish bo’lishini taqozo etmaydi. K.Marks ko’rsatib bergan iqtisodiy o’sishning zarur bo’lgan shartlari: I bo’linmaning milliy daromadi ushbu bo’linmadagi ishchi va tadbirkorlarning ehtiyojlarini qondirish uchun II bo’linmadan sotib olinadigan iste’mol buyumlaridan ko’p bo’lishi kerak – milliy daromadning bir qismi ishlab chiqarishni kengaytirishga ketadi, ya’ni I(v+m)>IIs. Shunday qilib, I bo’linmaning mahsuloti yil boshidagi har ikkala bo’linmaning ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan talabidan ko’p bo’lishi kerak, ya’ni I(c+v+m)>Ic+IIc. Shunga muvofiq, jamiyatning barcha milliy daromadi iste’molga sarflanmaydi, ya’ni I(v+m)+II(v+m)>II(c+v+m).
Takror ishlab chiqarishning bunday talqini ayrim masalalarga oydinlik kiritishda qo’llanishi mumkin. Lekin u shu qadar cheklanishlarga asoslanganki, bu undagi barcha dalillarni kuchsizlantiradi. Yopiq iqtisodiyot: barcha mahsulotlar «me’yorl bahoda» sotiladi; har ikkala bo’linmada kapital aylanish tezligi bir xil; faqat kapitalistlar jamg’aradi; texnika taraqqiyoti yo’q; real ish haqi doimiy; bir ishchiga bo’lgan real mahsulot doimiy va boshqalar. Bundan tashqari, ikki bo’linmadan iborat bo’lgan model o’zgaruvchan real iqtisodiyotni tahlil qilishda ishonchli vosita hisoblanmaydi. Kapital buyumlarni ham iste’mol buyumlarini ham ishlab chiqaruvchi ko’pchilik tarmoqlar – masalan, tosh ko’mir qazib olish, transport, ximiya – u yoki bu kategoriya tushunchasiga to’liq kirmaydi. Buning ustiga, bunday tarmoqlar ichida kapital va iste’mol buyumlarini kategoriyalarga bo’lish vaqti-vaqti bilan talab strukturasidagi o’zgarishga qarab o’zgarib turadi. Natijada kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning markscha shartlari deyarli o’z kuchini yo’qotadi. Shunday bo’lsada, tenglama K.Marks tizimida alohida o’rin tutadi. U iqtisodiy o’sish bir tekisda borishi mumkin emasligi, ishlab chiqarishning davriy bo’lishi to’g’risida fikr yuritishga imkon beradi.

Yüklə 97,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin