Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 97,17 Kb.
səhifə1/13
tarix01.08.2023
ölçüsü97,17 Kb.
#138295
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari



mavzu. Nemis tarixiy maktabini paydo bo’lishi va uni rivojlantirish bosqichlari

Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari
Taniqli ingliz iqtisodchi olim Mark Blaug XIX asming 60-yillarida Yevropa qit’asida klassik iqtisodiy maktabga muqobil nazariy maktablarning shakllanishini ta’minlaydigan haqiqiy intellektual inqiroz sezilmasdan turib, yagona tarixiy maktabgina o‘zining muqobil modelini taklif qilganini alohida ta’kidlaydi (Блауг М. Экономическая мысл в ретроспективе. Дело ЛТД, 1994, стр, 275). Haqiqatan ham, tarixiy maktab nazariyotchilari XIX asr Germaniyasi taraqqiyotiga va ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shdilar. «Tarixiy usul» jozibasi keyingi avlod iqtisodchilari tomonidan Yangi tarixiy maktabning yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Barcha tarixiy maktablarning mualliflari klassiklami tanqid qilishda bir fikrda edilar. Ular klassiklar abstraksiya va umumiy xulosalarga berihb, kerakli fakt va kuzatishlarga e’tiborsiz qarashayotganliklarini, shuningdek, iqtisodiy liberalizm negizlarini mutlaq holda ko‘rsa- tayotganliklarini tanqid qilib, voqelikni haqqoniy tadqiq qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar.
Yangi davr talablarini F.List va keyinchalik tarixiy maktab vakillari hal etishga harakat qildilar. F.List o‘z qarashlari bilan nafaqat iqtisodiy nazariyani rivojlantirishga intildi, balki endi rivojlanayotgan davlatning iqtisodiiy siyosatini tubdan o‘zgartirishga harakat qildi. Uning milliy xo'jalik tizimi ilg'or nemis buijuaziyasi manfaatlarini ifoda etib, indus­trial rivojlanish yo'llaiini izladi.
Tarixiy maktab vakillari tarixdan bo‘lak yana nima milliy bo'lishi mumkin, degan fikrlarga asoslanib, siyosiy iqtisodda tarixiy usul o‘mini ko‘rsatishga harakat qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod orqali tabiiy xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog'liq holda rivojlanadigan milliy xo‘jalikni o'rganishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Fridrix List (1789-1846) Janubiy Germaniyaning Reydlingen shahrida boy hunarmand oilasida tug'iidi. List 1819-yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta’minlash maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»x\\ tuzdi. 1825-yilda Germaniyani tark etib, AQSHga doimiy yashash uchun ketdi. 1832-yildan F.List Yevropaga qaytib, AQSHning Leypsigdagi elchisi bo'lib ishladi. U o'zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy muammolarni keng o'rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi manfaatlarining ifodachisi bo'lgan F.List iqtisodiy birlik uchun birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o'zining «Siyosiy iqtisodning milliy sistemasi» (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni yaratish vazifasini o'rtaga qo'ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari to'g'risidagi ta’limot unga asos bo'lishi kerak edi. F.List dav­latning faoliyatini, dinni, axloqni, ma’naviyati kabilami ishlab chiqa­ruvchi kuchlar jumlasiga qo'shdi. F.Listning ta’limotiga ko'ra, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, «millatning ruhi» (toj-taxtning meros bo'lib qolishi, huquq, sud, armiya, polisiya va shu kabilar) yaratadi.

  1. List ta’limotida xo'jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to'g'ri­sidagi g'oyalar katta o'rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bos- qichga: badaviylik, cholponlik, dehqonchilik, dehqonchilik-manu- faktura, dehqonchilik — manufaktura — savdo bosqichlariga bo'ladi. Bunday bo'lishdan kuzatilgan maqsad Germaniyada sanoatning o'sishini har tomonlama qo'llab-quwatlash, biryoqlama rivojlanishdan

  • qishloq xo'jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikmi isbotlashdan iborat edi.

List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa, uning yirik namoyan- dasi bo'lgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bo'lib faoliyat ko'rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo'lgan qiymat va daromadlar nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu kategoriyalari olimni qiziqtirmadi. Asosiy e’tibor iqtisodiy siyosatning asosiy masalalariga, ayniqsa, tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List Smit iqtisodiy tizimini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim mamlakatlar xo'jalik rivojlanishining milliy xususiyatlarini ko'rmasdan, barchasiga umumiy «tabiiy» qonun-qoidalarni dogmatik ravishda majburiy kiritayotganini ta’kidlaydi.
Listning iqtisodiy nazariyasi o'z tarixi va xo'jaligining xususiyatiga ko'ra jahon hamjamiyatining so'nggi qatorlaridan o'rin olgan mamlakatlaming iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish yo’lidagi dastlabki urinish edi.
Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gildebrand)
Gettingem va Leypsig universitetlarining professori Vilgehn Georg Fridrix Rosher (1817-1894) Germaniyadagi tarixiy maktabning asoschisi hisoblanadi. 1843-yilda u «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod kursining qisqa asoslari» kitobini chiqardi. Iqtisodiy qonunlaming obyektivhgini rad qilish bu ta’limotning o'zagidir.
Rosher tarixiy flziologik deb ataladigan usulni ishlab chiqdi. Bu usul kapitalizm taraqqiyotining prusscha yo‘lini, unga xos bo‘lgan feodal sarqitlami (dehqonlaming yer egalariga bo‘ysunishi, hunar- mandlarning uyushmalariga va tabaqalariga xos cheklashlarini) tarixan oqlashdan va ko‘klarga ko‘tarib maqtashdan, faktlami to‘plashdan va shu faktlami tarixiy o'xshashliklar asosida izohlashdan iborat.
Rosher o'zining nazariy qoidalarida qiymatni iste’mol qiymatidan (foydalilikdan) iborat deb bildi, kapital deganda unumli iste’mol uchun mo‘ljallangan har qanday mehnatni tushundi.
Tarixiy maktab g'oyalarini Karl Knis (1821-1892) jon-jahdi bilan o‘rgandi. 1853 yilda uning «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod» kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobda u mazkur maktabning qarashlarini himoya etish va muntazamlashtirishga harakat qildi. K.Knis alohida iqtisodiy qonunlar yo‘q, faqat doimo va hamma joyda amal qiladigan tabiiy qonunlar bor deb da’vo qildi.
Uning fikricha, siyosiy iqtisod faqat iqtisodiy hodisalami tasvirlab berishi mumkin, u nazariy umumlashmalami berishga qodir emas. Knis millat turmushining iqtisodiy sharoitlari uchun individ (shaxs), jamiyat va davlatning mas’uliyatini eklektik (qorishma) tarzda birlashtirmoqchi bo'ldi.
1848-yilda Bruno Gildebrand (1812-1878) «Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi» kitobini e’lon qildi. Bu kitobda u

  1. Engelsning «Angliyada ishchilar sinfining ahvoli» asariga qarshi chiqdi. B.Gildebrand kapitalizm ishchilar sinfining ahvolini yaxshilaydi va bu tuzumga qarshi kurashdan ma’no yo‘q, deb hisoblaydi.

  1. Gildebrand qiymatni foydalilikdan iborat deb bildi va xususiy mulkchilikning himoyachisi bo'lib maydonga chiqdi.

  2. Gildebrand taklif etgan insoniyat taraqqiyotining tizimi natura, pul va kredit xo'jaligini o‘z icliiga oladi. U ayirboshlash konsepsiyasiga asoslanib ish tutadi.

Yangi tarixiy maktab va «ijtimoiy yo‘naIish»


XlX-asming ikkinchi yarmida ham Germaniyada iqtisodiyot fani tarixiy usul asosida rivojlanmoqda edi. Nemis iqtisodchilari bundan awalgi davrda iqtisodiy adabiyotda vujudga kelgan an’analami davom ettirib, kuchaytirdilar. Ular Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti­ning o‘ziga xosligini aks ettirib, feodalizm sarqitlarining uzoq vaqtdan beri saqlanib kelayotganligini keskin tanqid qildilar. Shu davr Germaniya iqtisodiy tadqiqotlarida Yangi tarixiy maktab yetakchi o'rinlardan birini egallar edi. Ushbu maktabning yetakchi olimlari, Gustav Shmoller (1838-1917) bo'lsa, Lun Brentano (1844-1931), Vemer Zombart (1863-1941), Maks Yeber (1864-1921) o‘zlarining ijtimoiy yo‘nali- shlari bilan «Yangi tarixiy maktab»ning ilmiy ishlarini davom ettirdilar.
Berlin universiteti professori Gustav Shmoller o‘zining «Xalq xo‘jaligi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumot asoslari» (1900-1904) nomli asosiy iqtisodiy asarida tarixiy maktabning asosiy vakillari V.Rosher va B.Gildebrandning asosiy qoidalari va usullarini yanada rivojlantirdi. Bu iqtisodiy amaliyotdan uch xil faoliyat turi - xususiy xo'jalik, davlat xo‘jaligi va diniy xo'jalikni alohida ajratib ko'rsatadi. Birinchisida xususiy manfaat, ikkinchisida jamiyat, ijtimoiy manfaat va uchinchisida xayr-ehson asosiy deb belgilanadi. Umuman, G.Shmollerning qarashlariga davlatning belgilovchilik, yetakchilik rolini ko‘rsatish xosdir. G.Shmoller marksizmga qarshi kurashib, ijtimoiy va sinfiy muammolarni siyosiy iqtisoddan chiqarib tashlab, uni xalq xo‘jaligi tarixi faniga aylantirdi. U fakt- larni va statistika manbalarini o'rganish, xalq xo‘jaligidagi hodisa- larni bayon etib berishni siyosiy iqtisodning bosh vazifasi deb hisoblaydi.

  1. Shmoller umuman, xalq xo'jaligi o‘zgarishsiz qolaveradi, degan fikrga asoslanib, uning ayrim bo‘g‘inlarida juz’iy o'zgarishlar bo'lishi haqidagina gapirish mumkin, deb hisoblaydi. Tadqiqot- larning qat’iyan rad etilayotgan abstrakt usuliga qarama-qarshi qo'yilgan empirizm (nazariy mashg‘ulotlardan ko‘ra amaliy faoliyatga ko‘proq moyillik) olim va uning izdoshlariga xos xususiyat edi. Shmoller iqtisodiyotda odob-huquq omilini belgilovchi omil deb hisoblab, har bir xalqning hayot tarzi odob qoidalarida, xo'jalik huquqida o'zining asosiy ifodasini topadi, deb ta’kidlaydi. Yangi tarixiy maktab iqtisodchilari Germaniyada kuchli milliy davlat tashkil etilishi tarafdori edilar.

  1. Shmoller tomonidan tuzilgan «Ijtimoiy siyosat uyushmasi»nng faoliyati shu maqsadga xizmat qilar edi. Uning yetakchi nazariyotchilari universitet professorlari bo'lib, ulaming dasturlari «kafedr-sotsializm» (kafedradagi sotsializm) deb atalar edi. Ushbu dasturdagi boshlang'ich ta’limni majburiy kiritish, bolalar, o'smirlar va ayollar mehnatini davlat tomonidan tartibga solish, ishchilami kasallik va baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish, qarilik va mehnat layoqatlarini yo'qotgan chog'ida nafaqa to'lash kabi islohotchilik g'oyalari sotsial-demokratlar orasida ham keng yoyildi.

Germaniyada Luno Brentano ham asosiy nazariyotchilardan hisoblanib, «Yangi tarixiy maktab»ning liberal qanotiga boshchilik qildi. O'zining «Klassik siyosiy iqtisod» (1888), «Tarixda axloq-odob va xalq xo'jaligi»(1894) nomli asosiy asarlari bilan iqtisodiy fan taraqqiyotiga katta hissa qo'shdi. L.Brentano G.Shmoller kabi iqtisodiyotda axloq va huquq omillari belgilovchi rol o'ynaydi deb hisoblab, ishlab chiqarish va uning tabiiy va ijtimoiy jihatlariga e’tibor bermaydi. U ayirboshlash konsepsiyasining tarafdori bo'lib, realizatsiya va ayirboshlash sharo- itlarining o'zgarishi xo'jalik turmushida va ishlab chiqarish shakllarida belgilovchi ahamiyatga ega bo'ladi deb hisoblaydi. U o'zining liberal «ijtimoiy inoqlik» deb nomlangan islohotlar dasturida ingliz tred- yunionlari (kasaba uyushmalari) tajribalaridan keng foydalanishni taklif qiladi. Jumladan, kasaba uyushmalari fabrika qonunlari yordamida ishchilar o'rtaga tashlagan talablami qondirishda foydalanish bilan biiga uy-joy qurilishi va matlubot kooperatsiyalarida ham turli masa­lalami hal etishda keng foydalanishlari zarur deb hisoblaydi.
Yangi tarixiy maktab Brentano timsolida o'zining yuksak cho'qqilariga yetgani yo'q edi. Uning ijtimoiy to'qnashuvlaming oldini olishga qaratilgan «sinfiy inoqlik» nazariyasi islohotchilik oqimidagi ijtimoiy maktablar, institutsionalizm yo'nalishi uchun asosiy manba rolini o'ynadi, xolos.
K.Menger G.Shmolleming shogirdi Vemer Zombart ham Yangi tarixiy maktabning asosiy vakillaridan edi. Berlin universitetining professori Zombart K.Marksning olimligini uning revolutsionligidan ajratib, mana shu ikki negizning bir-biriga zidligi to'g'risidagi fikmi ko'tarib chiqdi. Shuningdek, markscha siyosiy iqtisodning iqtisodiy kategoriyalaiini chunonchi, qiymatning mehnat nazariyasi «ishning g'oyasi» deb e’lon qilindi va fikran mantiqiy bir ishdan iborat deb ko‘rsatildi. Zombart ishlab chiqarishning uch omili xususidagi naza- riyaning tarafdori bo‘lib (kapital, mehnat, yer), antagonistik ziddiyatlar va iqtisodiy inqirozlaming muqarrarligini inkor etdi. Uning fashizmga yaqinligi Yangi tarixiy maktab vakillari orasida yagona jiddiy kamchilik edi.
Maks Yeber ma’lumotli va ko‘pqirrali olim edi. U falsafa, tarix, sotsiologiya va iqtisodiyot fanlarining rivojiga katta hissa qo‘shdi. Uning ijodida tarixiy maktab o‘zining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. M.Veber hammadan ko‘proq darajada noto‘g‘ri fikrga asoslangan millatchilik va bir taraflama «tarixiy usul»dan ozoddir. 0‘zining dastlabki asarlarida M.Veber tarixiy fanlarga faqat bayonchilik yetarli emasligini ko‘rsatdi. U «yuksak benuqson tiplar» konsepsiyasini ilgari surdi. Yuksak va benuqson tip - bu o'z mohiyatiga ko'ra olim shakllantirgan kon- kret faktlar va u yoki bu xalqning tarixiy rivojlanish jarayonlarini tushuntirib berishi uchun tuzadigan muayyan sxemasidir. M.Veber- ning XV-XVI asrlarda Yevropaning xo'jalik burihshiga deformatsiya- ning ta’siri sohasidagi izlanishlari fanda juda katta iz qoldirdi. Bu izlanishlaming markazida «Protestant etikasi va kapitalizm ruhi» asari turadi. Ma’lum ma’noda Veber Zombart amalga oshira olmagan ishni, ya’ni fundamental tarixiy-iqtisodiy asami yaratdi. Bu kitob sayo- xatchining kelajak haqidagi yozuvlari emas, balki kosmosdan turib kuzatishi edi.
Qisqacha xulosalar
F.List va tarixiy maktab namoyandalari o'z asarlari va uslubiyatlari bilan Germaniyada iqtisod fanining rivojlanishiga katta hissa qo'shdilar.
List asarlarining betakrorligi va ilmiy ahamiyati xo'jalik siyosiy muammolarini chuqur tahlil qilishda hamda kam rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish qiyinchiliklarini oldindan ko'rsatib berishda o'z o'mini topadi. F.Listning traktati to'rtta asosiy kitobdan iborat bo'lib, «Tarix», «Nazariya», «Sistemalar» va «Siyosat» deb nomlanadi. Birinchi kitobda u Yevropa xalqlarining iqtisodiy tarixini o‘rganib, zarur xulosalar chiqaradi. Ikkinchi kitob olitnning iqtisodiy qarashlarining nazariy asoslarini ko‘rsatib beradi. Uchinchi Idtobda List siyosiy iqtisodning bir nechta tizimlarini ko‘rib chiqadi. Jumladan, merkantilistlar, fiziokratlar tizimlari bilan bir qatorda sanoat tizimi mavjudligini ko‘rsatib o‘tadi.

  1. Gildebrandning «Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi» va K.Knisning «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod» nomli kitoblari nashr qilinishi iqtisodiy ta’limotlar tarixida tarixiy maktab o‘mini mustahkam belgilab berdi.

Shunday qilib, tarixiy maktab vakillari tarixiy rivojlanish ketma- ketligini e’tirof etib, iqtisodiy qonunlami e’tibordan chetda qoldirdilar. XIX asming 70-yillarida iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanida bir nechta nazariy maktablar vujudga keldiki, ular o‘z maqsad, vazifalari va uslubiyatlari bilan o'zaro farq qilar edilar. Germaniyadagi yangi tarixiy maktab ham xuddi ana shunday ya’ni, yangi yo‘nalishni ilmiy asoslashga harakat qilgan va klassik nazariyotchilami ayovsiz tanqid qilgan nazariy maktablardan biri edi.
Ushbu maktab iqtisodchilari klassiklar fikriga qarshi iqtisodiy qonunlaming nisbiy, tarixiylik nuqtayi nazaridan vaqtincha ekanligini hamda ijtimoiy va tabiiy faktorlarga mos ravishda shartli ekanligini ko‘rsatib berdilar. Shuningdek, klassiklaming «iqtisodiy inson» g'oyalari ham tanqid qilinib, undagi insonlaming xo‘jalik faoUyati — xulqiga xos kechinmalari (ijtimoiy manfaat, oilaviy g‘amxo‘rlik, mehribonlik, burchni his etish, urf-odatlar va boshqalar) e’tibordan chetda qolma- ganligini alohida ta’kidladilar.
Vanihoyat, ular klassik maktabga xos bo‘lgan abstraksiya va deduksiya uslublaridan keng foydalanish, o‘z navbatida, ilmiy kuzatish va induk- siya uslublaridan yetarli foydalanmaslikka asosiy sabab ekanligini ko‘rsatib berdilar. Haqiqatan ham, yangi tarixiy maktab olimlari qo‘llagan iqtisodiyot fanidagi yangicha tarixiy usullar ushbu maktab erishgan ijobiy yutuqlarga asosiy sababchi edi.
Asosiy tushuncha va iboralar
Tarixiy maktab, F.List; millatning ruhi, iqtisodiy ta’limotlar tarixida tarixiy usul, yangi tarixiy maktab, davlat sotsializmi, benuqson tiplar, pluralizm.XIX asming o‘rtalarida Germaniyaning iqtisodiy rivojlanishi xususiyatlarini aytib bering.

  1. F.Listning hayoti va ijodi haqida nimalami bilasiz?

  2. F.List iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanida qaysi yo'nalishga asos soldi?

  3. F.List ta’limotida xo'jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari qanday ifodalanadi?

  4. Tarixiy maktabning asosiy vakillari kimlar? Ular haqida ma’lumot bering.

  5. K.Knisning tarixiy maktab rivojiga qo‘shgan hissasi va uslubiyatini tushuntirib bering.

  6. Insoniyat taraqqiyotining B.Gildebrand taklif etgan tizimi qaysi xususiyatlari bilan ajralib turadi?

  7. Tarixiy maktabning iqtisodiyot fani rivojiga qo‘shgan hissasi va yo‘l qo'ygan kamchiliklari haqida gapirib bering.

  8. XIX asming 70-yillarida shakllangan qaysi nazariy maktablami N bilasiz?

  9. G.Shmoller va L.Brentanoning iqtisodiy mavzudagi asosiy asarlari va uslubiyati haqida gapirib bering.

  10. «Ijtimoiy-siyosat» uyushmasining asosiy vazifalari nimadan iborat?

  11. V.Zombart va M.Vebeming asosiy iqtisodiy asarlari qaysilar?

  12. Eng yangi tarixiy maktab yoki ijtimoiy yo‘nalish nazariy maktabining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?


Yüklə 97,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin