suyuqlikni ilgarilanma qaytma harakatida hosil bo’lgan bosimni ortishi yoki kamayishi hisobiga suyuqlikni so’rish yoki xaydash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Porshen (3) oldiga harakat qilganda ishchi bo’shliqdagi bosim ortib boradi. SHunda so’rish klapani (4) yopiladi. Bosimni ortishi, davom etadi, shu bilan suyuqlikni xaydash bosimi Px- ma’lum miqdorga etganida xaydash klapani (8) –ochilib suyuqlik xaydash trubkasi (9) ga o’tadi. Suyuqlikni xaydash porsheni eng chekka nuqtasiga etguncha davom etadi. Buning asosiy sababchisi nasosda hosil bo’layotgan bosimdir.
SHuning uchun ham nasosdan o’tayotgan suyuqlikni birlik og’irligiga berilgan energiyaga teng energiyasi nasosning bosimi deb qabul qilingan.
Kamchiligi: qo’polligi, murakkabligi, qimmatligi va ifloslanish, tez ishdan chiqishi.
YUqorida keltirib o’tilganlardan tashqari shesternyali, kolovorotli, vintli, plunjerli, diafragmali, nasoslar ham mavjud.
Markazdan qochuvchi nasoslarda bosimning ko’tarilishiga ish g’ildiragi bo’ylab suyuqlik oqib o’tayotganda markazdan qochuvchi kuchlar natijasida harakat miqdorining o’zgarishi tufayli erishiladi.
So’ruvchi quvur orqali suyuqlik ish g’ildiragining markaziy qismiga kiradi. SHu g’ildiragining gaz aylanishida markazdan qochuvchi kuch ta’sirida suyuqlik g’ildirak gardishiga uloqtiriladi. Suyuqlik shu g’ildiragidan chiqib spiral kameraga kiradi, bu kamera xaydash quvuriga ulangan. Nasos ishga tushurishdan oldin so’ruvchi qismi va shu g’ildiragi suyuqlik bilan to’ldiriladi. Ularni to’ldirish uchun so’ruvchi quvurning oxirida turli klapan qabul qilgich o’rnatiladi.