Ideal gaz – gazlarda ularni tashkil qiluvchi molekulalar orasida uzaro taranglik kuchi yoьq bo’ladigan gazlar.
Gidrostatika – gidravlikaning suyuqliklar muvozanat qonunlarini urganuvchi bo’lim.
Gidrostatik mashinalar – gidrostatikaning asosiy qonunlarini asosida ishlaydigan mashinalar.
Absolyut bosim – suyuqlikdagi ixtiyoriy nuqtaning aniqlanadigan bosim.
Bosim epyurasi – biror sirt yoki kontur buyicha bosim taqsimlanishining grafik usulda ifodalanishi.
Gidrodinamika – gidravlikaning suyuqliklar harakat qonunlarini va ularning harakatlanayotgan yoki harakatsiz qattiq jismlar bilan uzaro taьsirini urganuvchi bo’lim.
Beqaror harakat – harakat vaqtida suyuqlik oqayotgan fazoning har bir nuqtasida tezlik va bosim vaqt utishi bilan uzgaradugan harakat.
Barqaror harakat - harakat vaqtida suyuqlik oqayotgan fazoning har bir nuqtasida tezlik va bosim vaqt buyicha uzgarmaydigan, faqat kordinatalarga bog’liq harakat.
Notekis harakat –suyuqlik zarrachasi harakat yunalishi bo’yicha vaqt utishi bilan harakat fazosini bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga utganda tezligi uzgarib boradigan harakat.
Tekis harakat - suyuqlik zarrachasi harakat yunalishi bo’yicha vaqt utishi bilan harakat fazosini bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga utganda tezligini uzgartirmaydigan harakat.
Oqim chizig’i - suyuqlik harakatlanayotgan fazoda olingan va berilgan vaqtda har bir nuqtasida unga utkazilgan urunma shu nuqtaga tegishli tezlik vektori yunalishiga mos keluvchi egri chiziq.
Oqimcha – oqim naychasi ichida oqayotgan suyuqlik oqimi elementlar.
Harakat kesimi – oqimning umumiy oqim yunalishiga normal bo’lgan kundalang kesimi.
Suyuqlik sarfi – vaqt birligida oqimning berilgan harakat kesimi orqali oqib utayotgan suyuqlik miqdori.
O’rtacha tezlik – suyuqlik zarrachalarining hammasi bir xil tezlik bilan harakatlanganda bo’ladigan sarf.
Pyezometr – idishdagi bosim unga ulangan shisha naychada tekshirilayotgan suyuqlikning kutarishiga qarab aniqlanaydigan asbob.