Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


Reduktsion klapanlarning tuzilishi va ishlash prinsipi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə82/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   176
15.5. Reduktsion klapanlarning tuzilishi va ishlash prinsipi.

Bosimni kamaytirish uchun reduktsion klapanlar ishlatiladi. Bularning saqlagich klapanlardan farqi ulardan chiqishdagi bosim bosh-qaruvchi ta’siriga egaligidir, ya’ni bu klapanlar chiqishdagi bosim o’zgar-ganda ishlaydi. Reduktsion klapan ishlaguncha uning plunjerini pruji-na ochiq holatda tutib turadi. Reduktsion klapandan chiqishda bosim bel-gilangan qiymatdan ortib ketsa, suyuqlikning bosim kuchi klapan pru-jinasini siqadi va plunjer suyuqlikning klapandan o’tishini qiyin-lashtirib, berkilish tomoniga siljiydi. Plunjerning bu harakati kla-pandan chiqishda bosim kerakli miqdorga pasaygunicha davom etadi. 17.8-rasmda G-53 turdagi servoharakatli reduktsion klapan ko’rsatilgan. U nasos hosil qilgan bosimdan past bosimni reduktsiyalash va ushlab turish uchun xizmat qiladi. Klapan korpus 1, plunjer 2, 3 va 5 pruji-nalar, sharservoklapani 4 va qopqoq 6 dan tashkil topgan. Ish suyuqligi a bo’shliqdan berilib, v bo’lmadan chi-qariladi. Plunjerni kuchsiz prujina 3 quyi holatda ushlab turadi.




15.8– rasm. G-53 turdagi servoharakatli rediksion klapan

Markaziy teshikka dempfer 8 kiritilgan bo’lib, u orqali v bo’lma b bo’lma bilan doim tutashgan bo’ladi. Bo’lma g bo’lma v bilan dempfer 10 orqali tutashadi. SHarcha 4 prujina 5 bilan egarga siqib turiladi. Pruji-na 5 ning siqish kuchi vint 7 yordamida boshqarilishi mumkin. SHarcha 4 ga ta’sir qiluvchi suyuqlik bosimi pru-jina 5 moslangan kuch miqdoridan ortib ketguncha sharcha 4 egarga siqib turiladi. Bunda plunjer 2 prujina 3 ta’sirida quyi holatda ushlab turi-ladi. Plunjer quyi holatda bo’lganda a va v bo’shliqlar tutash bo’lib, suyuq-lik klapandan bemalol oqib turadi va v bo’shliqdagi bosim nasos hosil qilgan bosimga teng bo’ladi.



15.9– rasm. Reduktsion klapan xaraktiristikasi


Klapandan chiqishdagi bosim kuchi pru-jina 5 ning kuchidan ortishi bilan shar-li klapan 4 ochilib, moy d bo’lmadan dempfer 8 orqali 6 bo’lmaga o’tadi, so’ng-ra sharli klapan 5 orqali quyilishga ketadi. Dempfer 8 ning teshigi orqali suyuqlik oqib turganida bosim pasayadi, Shuning uchun 6 bo’lmadagi bosim d va g bo’lmalardagiga qaraganda b (dempfer 8 dagi bosimning kamayish miqdoricha) kam bo’ladi. Natijada plunjer 2 ko’tariladi.Plunjer yuqoriga ko’tarilishi bi-lan suyuqlikning a bo’shliqdan v kame-raga o’tishini qiyinlashtiradi natijada a bo’shliqdagi bosim v bo’shliq-dagidan ortadi, g va d bo’lmalardagi bosim 8 bo’lmadagi bosim prujinasi 3 ning kuchidan ortib, plunjerning muvozanat holati boshlanadi.
Agar v bo’lmadagi bosim biror sababga ko’ra pasaysa, plunjer 2 ga ta’sir qiluvchi kuchlar muvozanati buziladi, chunki v bo’lma bilan tutashgan g va o bo’lmalar tomonidan plunjerga bo’lgan bosim kuchi kamayadi.
Prujina 3 plunjer 2 ni pastga siqib, plunjerlarning chekkasi va korpus orasidagi tirqish yuzasini oshiradi, natijada v kameraga suyuqlik oqimi ortadi va muvozanat yana tiklanguncha bosim ortib boradi. Shunday qilib, G-57 klapani nasosning kuch magistralidagi bosimdan kichik bosimni doimiy ushlab turadi.
Reduktsion klapan xarakteristikasining ko’rinishi 17.9-rasmda tasvirlangan. Rasmdan ko’rinadiki, sarf ortganda reduktorga kirishdagi bosim qancha kichik bo’lsa, bosimning pasayish darajasi shuncha yuqori bo’ladi.



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin