15.4. Differentsial klapanlarning tuzilishi va ishlash printsipi.
Differentsial klapanlarda plunjerga ta’sir qilayotgan suyuq-likning bosim kuchi ish yuzasi 2, va plunjerning muvozanatlovchi yuzasi va plunjerning muvozanatlovchi yuzasi hisobiga gidravlik muvozanat-lashadi (17.6-rasm).
Dempferlovchi qu-rilmalar qo’llanilishiga qaramay kla-panning plunjeri tebranma harakat qilib, sistemadagi bosimning davriy o’zgarishiga sabab bo’ladi. Bu kamchilik barcha to’g’ri harakatli klapanlarga tegishlidir. Bosimni barqarorlash uchun universal saqlagich klapanlar qo’llani-ladi. Ular sistemaga ma’lum bir tartibda ulanganida va prujina tegishlicha moslanganda quyuvchi bo’lib ham, bosim-ni ta’minlovchi bo’lib ham ishlatilishi mumkin.
Bundan tashqari asosiy demp-ferli plunjerli klapan 2 bilan sha-rikli servoklapan 4 ning birgalikda ishlashiga asoslangan murakkab klapan-lar ishlatiladi. 17.7- rasmda G-52 turda-gi servoklapanlarning tuzilishi keltirilgan.
Klapan quyidagi qismlardan iborat: korpus 1, plunjer 2, prujina 3, 5, servoklapan 4 va qopqoq 6. Ish suyuqligi nasosdan a bo’shliqqa berilib, klapandan bakka v bo’shliq orqali olib ketiladi. Plunjer 2 kuchsiz prujina 3 yordamida quyi holatda ushlab turiladi.
Plunjer 2 ning markaziy teshigiga dempfer 8 (kichik dempferning kalib-rlangan teshigi) buralgan bo’lib, uning yordamida bo’lma 6 bo’lma a bilan doim tutashgan bo’ladi. Bundan tashqari, b bo’lma a bo’lma 2 bilan ham tutashgan. Markaziy teshik 9 orqali suyuqlik bo’lma d dan bo’lma b ga va sharik 4 ostiga keltiriladi. SHarik 4 egarga prujina 5 yordamida siqib qo’yiladi.
Prujinaning siqish kuchi vint 7 yordamida boshqariladi. Suyuqlikning sharik 4 ga ta’sir qiluvchi bosim kuchi prujina 5 moslangan zo’riqish kuchidan ortib ketguncha sharik egarga siqilib turadi va bo’lma b dagi bosim sistemadagi bosimga teng bo’ladi. Bunda bo’shliq tomonidan plunjer 2 ga bo’lgan kuchi d va g bo’shliqlari tomonidan bo’lgan bosim kuchi bilan muvozanatda bo’lgani uchun plunjer, prujina 3 ta’sirida quyi holatda saqlanadi.
Plunjerning bu holatida a va v bo’shliqlar ajratilganligi sababli suyuqlikning sistemadan bakka o’tish yo’li berkilgak bo’ladi.
Suyuqlikning bosim kuchi prujina 5 ning kuchini yengishi bilan sharik 4 o’z egaridan ajraladi va suyuqlikning ozgina miqdori sharikli klapan orqali b bo’lmadan v bo’lmaga va undan quyilishga o’tadi. Bo’linma d dan suyuqlik dempfer 8 orqali bo’linma b ga o’tadi. Dempfer 8 ning kalibrlangan teshigi bosimning suyuqlik oqqanida yuzaga keladigan pasayishini ko’rsatuvchi qarshilik hosil qiladi. Shuning uchun bo’lma b dagi bosim a va d bo’lmalardagiga qaraganda dempferda bosimning yo’qolishiga teng miqdorda kamayadi. Hosil bo’lgan bosimlar farqi natijasida muvozanat buzilib, d va g bo’lmalardagi yuqori bosim ta’sirida plunjer yuqoriga ko’tariladi. Plunjer ko’tarilishi bilan a va v bo’shliqlar tutashib, suyuqlik bosim ostida a bo’sh liqdan v bo’shliqqa o’tadi va so’ngra bakka quyiladi. Plunjerning ko’tarilishi muzozanat boshlanguncha, ya’ni d va g bo’lmalardagi bosimlar yig’indisi prujina zo’riqishi va bo’lma b dagi suyuqlik bosim kuchlari yig’indisiga tenglashguncha davom etadi.
Plunjer muvozanatlashganidan so’ng a bo’shliqdagi suyuqlik bosimi o’zgarmas saqlanadi, oz miqdorda suyuqlik dempfer va ochiqshar servoklapan orqali a bo’shliqdan v bo’shliqqa oqib turadi.
Agar a bo’shliqdagi bosim biror sababga ko’ra orta boshlasa, d va g bo’lmalar tomonidan plunjerga bosim ortib, kuchlar muvozanati buziladi. Plunjer ko’tariladi. Korpus va plunjer cheti orasidagi tirqishning kesimi ortadi. Bu esa v bo’shliqda suyuqlik oqimining ortishi va a bo’shliqda bosimning kamayishiga olib keladi. Yana muvozanat holati tiklanguncha bosim kamayishda davom etadi. Bo’lma a da bosim kamaysa, prujina 5 shar servoklapanni berkitib, b bo’shliqdan suyuqlik oqishini to’xtatadi, so’ngra b, g, d bo’lmalarda bosim to’g’rilanib, prujina 3 plunjer 2 ni bo’shatadi va klapan berkiladi. Klapanni boshqarish, vint 7 yordamida, prujina 5 da zo’riqishni o’zgartirish yo’li bilan bajariladi. G-52 turdagi klapan yuqori sezgirlik, tebranishsiz va shovqinsiz barqaror ishlashi bilan farq qiladi, chunki dempfer siqilgan prujina energiyasini yutib, plunjer harakatini tormozlaydi. Saqlagich klapanlar ishini ko’rib, ular moslangan bosimda yopilib, klapandan chiqishda yuqori bosim bo’lganda ochiladigan to’g’ri harakatli klapanlar-dir degan xulosaga kelish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |