Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə77/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   176
14.8. Rotorli kompressorlar.

Bu kompressorlar ham porshenli kompressorlar singari, ish bo’shlig’i hajmining kengayishi printsipida ishlaydi. Rotorli kompressorlar konstruktiv belgilariga ko’ra plastinali, suv halqali, gazoduvka va ikki rotorli kompressorlaga bo’linadi.


Plastinali rotorli kompressorlar. Bu kompressorlar xuddi plastinkali nasoslar kabi ishlaydi, ular bir bosqichli va ikki bosqichli bo’ladi.
Plastinkali rotorli kompressorlarning so’rish vaqtidagi unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
Q = 2 l e n  ( D -  z) ( 15.1 )
Bu yerda l –plastinaning uzunligi, m;
e –rotorning ekstsentrisiteti, m ;
n -rotorning aylanishlar chastotasi.
D-qobiqning ichki diametri.
 -plastinka qalinligi.
z –plastinkalar soni.
 -uzatish koeffitsiyenti.
Bir bosqichli rotorli plastinkali kompressorlarda gazlar 0,25 – 0.5 MPa bosimgacha; ikki bosqichlarida esa 0.8.... 1.5 MPa bosimgacha siqiladi. Bunday kompressorlardan past bosim va katta unumdorlik olish maqsadida foydalaniladi.
Suv halqachali kompressorlar. Kompressorlarning qobig’ida ekstsentrik holda yassi kurakchalari bo’lgan rotor joylashgan. Kompressorlarning ishga tushirishdan oldin uning yarmigacha suv qo’yiladi. Rotor aylanganida suv atrofga sochilib, kompressorning qobig’i bilan rotorga nisbatan suv halqachalari hosil qiladi Hajmdagi suyuqlikka botirilguncha kompressorga suv qo’yiladi.
Rotor kurakchalari bilan suv halqachalari orasida yacheykalarning hajmi rotorning birinchi yarim aylanishida kengayadi, ikkinchi yarim kengayishida esa torayadi. Yacheykalarning hajmi kengayganida gaz suriladi va rotorning keyingi aylanishida yacheykaning hajmi torayishi natijasida gaz siqilib uzatish potrubkasi orqali uzatiladi. Bu kompressorlarda suv halqachalari porshen vazifasini bajaradi, chunki halqachalar vositasida ish kamerasining hajmi o’zgaradi. Shuning uchun bunday kompressorlarni suyuqlik porshenli kompressorlar ham deyiladi. Suyuqlik porshenli kompressorlar gaz holatidagi xlorni uzatish uchun keng ishlatiladi. Bunda ellips shakldagi qobig’ning yarmisigacha ish suyuqlik sifatida kontsentirlangan sulьfat kislota qo’yiladi. Rotorli suv halqachalari kompressorlar juda kam ortiqcha bosim hosil qilgani sababli ular gazoduvkalar va vakuum nasoslar sifatida ishlatiladi.
Ventilyatorlar. Gazni past bosimda uzatish uchun mo’ljanlangan mashinalar ventilyatorlar deyiladi. Ventilyatorlar ishlash printsipiga ko’ra markazdan qochma va o’qli bo’ladi. Markazdan qochma ventilyatorlar gazni nisbatan yuqori bosimlarda uzatib berish uchun, o’qli ventilyatorlar esa kichik bosimlarda, lekin ko’p miqdordagi gazni uzatish uchun mo’ljalangan. Sanoatda o’qli ventilyatorlar juda kam ishlatiladi, ulardan faqat binolarni sovitishda foydalaniladi.
Sanoatda gazlarni uzatish uchun markazdan qochma ventilyatorlar keng qo’llaniladi. Bu ventilyatorlar bosimining kattaligiga qarab uch guruhga bo’linadi:
1.Past bosimli (p<103 N/m2).
2.O’rta bosimli (r  103 – 3 103 N/m2).
3.Yuqori bosimli (r  3 103 – 104 N/m2).
Markazdan qochma ventilyatorning asosiy qismi parraklar va spiralsimon qobiq ichiga joylashtirilgan ish parraklari bor g’ildirakdir. Markazdan qochma ventilyatorlar markazdan qochma nasoslarga o’xshash bo’ladi. Ish g’ildiragi aylanganda ventilyatorning ish bo’shlig’idagi havo yoki gaz g’ildirak bilan birga aylanadi va markazdan qochma kuch ta’sirida g’ildirakning chekkalariga haydaladi. Gaz g’ildirak parraklaridan spiralsimon kameraga va undan undan haydash Quvuriga o’tadi. Gaz g’ildirak parraklaridan o’tganida g’ildirakning markaziy qismida siyraklashgan bosim vujudga keladi va gazning yangi portsiyasi atmosfera bosimi ta’sirida ventilyator qobig’idagi so’rish teshigi orqali o’tib, parrakli g’ildirakning markaziy qismiga kiradi. So’ngra gaz g’ildirak parraklariga uriladi va protsess shu tarzda davom etaveradi.
Past bosimda ishlaydigan ventilyatorlarda ish g’ildiraklaridagi parraklar orqa tomonga egilgan, yuqori bosimda ishlaydiganlarida esa old tomonga egilgan bo’ladi. Ish g’ildiragidagi parraklar sonini o’zgartirib past bosimli ventilyatorlardan o’rta bosimli ventilyatorlar hosil qilish mumkin.
Markazdan qochma ventilyatorlarning xarakteristikalari xuddi markazdan qochma nasoslarnikiga o’xshash bo’ladi, Shuningdek, bular nasoslar kabi proportsionallik qonuniga bo’ysunadi:

Bu yerda V-ventilyatorning FIK,
Q-uzatish liniyasidagi barcha sarflarni hisobga oladi ;
∆p - bosimlar farqi.
Ventilyatorlar gazlarni bir me’yorda uzatadi, ammo FIK porshenli nasoslarga nisbatan kam.
Gazlarni yuqori darajada siqish uchun turbokompressor va turbogazoduvkalar ishlatiladi. Bularning ishlash printsipi markazdan qochma nasoslarning ishlash printsipidan printsipial farq qilmaydi. Turbokompressorlarda siqish protsessi sovitish bilan borsa, turbogazoduvkalarda sovitish protsessi ishlatilmaydi.



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin