15.1 Taqsimlagich qurilmalar, ularning vazifalari,
guruhlanishi, ishlash printsipi va asosiy turlari
Taqsimlagich qurilmalar gidrouzatmaning asosiy elementlari va qism-lari orasida suyuqlik oqimlarini taqsimlash va yo’nalishini o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Konstruktiv tuzilishi bo’yicha taqsimlagichlar zo-lotnikli, kranli va klapanli turlarga ajraladi, Ularning belgilangan holatlariga qarab, ikki va uch va ko’p holatli taqsimlagichlar bo’ladi. Hajmiy gidrouzatmalarda eng ko’p qo’llaniladigani zolotnikli taqsim-lagichlardir.
|
15.1- rasm. Zolotnikli taqsimlagichlar
|
15.2 -rasm. Reversiv zolotnikli G-72 turdagi taqsimlagich,
|
Zolotniklar gidroapparatlarning boshqariluvchi elementi bo’lib, uning yordamida suyuqlikning taqsimlanishi, harakatni reverslash va bir Quvurdan ikkinchisiga o’tkazish ishlari amalga oshiriladi. Zolotnikning harakatlanuvchi qismi (15.1- rasm) suyuqlik o’tishi uchun yo’lakchalari bo’lgan plunjer 1 va suyuqlikni kiritish hamda chiqarish uchun teshiklari bo’lgan silindr 2 dan iborat. Gidrouzatma ishlash vaqtida zolotnikning korpusi 2 ga nisbatan plunjer 1 ni siljitish yo’li bilan zolotnikli juftning tegishli ish tuynugini berkitiladi, natijada suyuklikning yo’nalishi o’zgaradi. Zolotnikni boshqarish qo’lda yoki kulachokli mexanizm yordamida yoki elektromagnit va gidravlik usul bilan boshqarilishi mumkin.
17.2-rasmda G-72 tipli gidravlik boshqariluvchi reversiv zolot-nikning sxemasi keltirilgan. U korpus 1, plunjer 2, sharli klapan 3 va drossel 4 dan tashkil topgan.
Zolotnikning plunjeri 2 gidrodvigatelning ikki yo’nalishiga te-gishli ikkita chekka (o’ng va chap) holatlarni qabul qilishi mumkin. Plunjer 2 ni bir holatdan ikkinchisiga o’tishi plunjerning ikki tomoniga ta’sir qiluvchi bosim r yordamida amalga oshiradi.
17.3-rasm. Kranli taqsimlagich
|
Kranli taqsimlagichlar (17.3-rasm) tu-zilishining soddaligi sababli keng tar-qalgan. Ammo ularni burash uchun kattagina moment zarur bo’ladi.Bu momentni kichraytirish uchun mosla-malar qo’llash taqsimlagichning tuzilishini murakkablashtirib yuboradi.
Klapanli taqsimlagichlar kichik sarflarda ishlay olishi, katta bosimlarda ham yaxshi germetiklanganligi, ixchamligi va boshqarishning osonligi bilan zolot-niklardan ustunlik qiladi. Shunday qilib, germetiklik hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lmasa va sarf katta ,bo’lsa, zolotnikli taqsimla-gichlardan foydalanish ma’qul. Moy sarfi kichik gidrouzatmalarda, germetiklik muhim bo’lgani uchun, klapanli taqsimdagichlar qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |