Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə13/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   176
TAYANCH IBORALAR:

Barqaror, beqaror harakat, bosim, vaqt, gidravlik radius, gidrodinamika, Dalamber printsipi, qattiq jismlar, koordinata, notekis, oqim chizig’i, radial tarqalayotgan, suyuqlik zarrachasi, suyuqlik zarrachasining troektoriyasi, suyuqlik miqdori, Suyuqlik sarfi, sferik sirt, tezlik yo’nalishi, tezlik vektori, tezlik epyurasi, tezlik, tekis sirt, tekis, tutash muhitlar, o’rtacha tezlik, harakat kesimi, harakat qonunlari, qo’llangan perimetr, egri sirt, Eyler tenglamasi, elementar oqimcha, erkin sirt.


5-MAVZU: REAL SUYUQLIKLAR HARAKATI VA QONUNLARI. BERNULLI TENGLAMASI.

REJA:
5.1. Real suyuqliklar harakati uchun Navьe – Stoks tenglamasi.


5.2. Elementar oqimcha uchun Bernulli tenglamasi.
5.3. Bernulli tenglamasining geometrik, (energetik) fizik mazmunlari.
5.4. Real suyuqliklar elementar oqimchasi uchun Bernulli tenglamasi.
5.5. Real suyuqliklar oqimi uchun Bernulli tenglamasi.
5.6. Gidravlik va pьezometrik qiyaliklar haqida tushuncha.
5.7. Tezlik va sarf o’lchash usullari va asboblari.


5.1. Real suyuqliklar harakati uchun Navьe–Stoks tenglamasi

Real suyuqliklarda gidrodinamik bosim mavjud bo’lib, harakat yo’q bo’lganda u gidrostatik bosimga aylanadi. Gidrodinamik bosimning xossalari gidrostatik bosim xossalariga qaraganda umumiyroqdir. Gidrodinamik bosim suyuqlikdagi ichki kuchlarni ifodalovchi va zo’riqish kuchlari deb ataluvchi kuchlar tarkibiga kiradi. Suyuqlik ichiga joylashgan biror elementar hajmni olsak, unga tashqaridagi suyuqlik massasi ma’lum bir kuch bilan ta’sir qiladi. Ana shu kuch zo’riqish kuchi deyiladi. Zo’riqish kuchini to’qqizta kuch bilan almashtirish mumkin, bunday xususiyatlarga ega bo’lgan kattaliklar tenzor deyiladi. Bu kuchlarni uchtasi suyuqlikda ajratilgan tetraedr yon sirtlariga normal bo’yicha yo’nalgan bo’lib, ular zo’riqish tenzorining normal tashkil etuvchilari deyiladi. Tenzorning oltita qolgan tashkil etuvchilari sirtlarga urinma bo’yicha yo’nalgan bo’lib, zo’riqish kuchining urinma tashkil etuvchilari deyiladi. Shu kuchlarni teng ta’sir etuvchilarini topib, Dalamber printsipidan foydalansak, real suyuqliklarning harakat tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi.


(5.1.)
Bu tenglamalar sistemasi siqilmaydigan suyuqliklar uchun Navьe–Stoks tenglamasi deyiladi.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin