Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


Gidrostatikaning qonunlari va uning texnikada tadbiqi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə6/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Gidrostatikaning qonunlari va uning texnikada tadbiqi
Paskalь qonuni

Suyuqlik solingan va og’zi porshen bilan yopilgan idish olamiz. Suyuqlik erkin sirtidagi bosim ro bo’lsin. U holda biror A nuqtadagi absolyut bosim


pA =p0 + hA ga
V va S nuqtalarda esa
pV = r0 + hV, rS =r0 + hS
ga teng bo’ladi.
Agar porshenni VS masofaga (3.1-rasm) siljitsak, u holda suyuqlik erkin sirtidagi bosim ∆r ga o’zgaradi. Suyuqlikning solishtirma og’irligi bosim o’zgarishi bilan deyarlik o’zgarmaydi.


1-rasm. Paskalь qonunini tushuntirishga doir chizma


Shuning uchun A, V va S nuqtadagi bosim quyidagicha bo’ladi:


pA = p0 + ∆p + hA,
pV = p0 + ∆p + hV,
pS = p0 + ∆p + hS,
Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: suyuqlikka tashqaridan berilgan bosim suyuqliknning hamma nuqtalariga bir xil miqdorda tushadi (uzatiladi). Bu Paskalь qonuni sifatida ma’lum ko’pchilik gidromashinalarning tuzilishi va ishlashi ana shu qonunga asoslangan.
Gidrostatik mashinalar
Gidrostatikaning asosiy qonunlari asosida ishlaydigan mashinalar gidrostatik mashinalar deb ataladi. Ularda bosimning uzatilish qonuni (Paskalь qonuni) muhim rol o’ynaydi. Bu mashinalarga gidropresslar, gidroakkumulyatorlar, damkratlar va boshqalar kiradi.
a) Gidropresslar. (3.2-rasm). Gidropresslardan gidrostatika qonunlari asosida katta kuchlarni hosil qilish uchun foydalaniladi. Bu narsa presslash, shtamplash, bolg’alash, materiallarni sinash va boshqa ishlar uchun (ishlatiladi) zarur. Gidropresslar diametrlari har xil, o’zaro tutashtirilgan ikki silindrdan iborat, birinchi kichik silindrda diametri d1, katta silindrda esa diametri d2 ga teng bo’lgan ikki porshen harakatlanadi.
Kichik porshenga OAV richag orqali kuch qo’yiladi. Katta porshenga stol o’rnatilib, bu stol bilan D devor orasiga presslanuvchi buyum qo’yiladi. Richag qo’l bilan yoki dvigatelь yordamida harakatga keltiriladi.
Bu holda kichik porshen kuch ta’sirida pastga qarab siljiydi va suyuqlikka bosim beradi. Bu bosim katta silindrga uzatiladi va natijada katta porshen harakatga keladi. Bunday harakat stol ustidagi buyum D devorga taqalguncha davom etadi. Stolning bundan so’nggi ko’tarilishi natijasida buyum siqiladi va presslanadi.

2-rasm. Gidropressning sxemasi.


Aytilgan usul jismlarni faqat ko’tarish uchun kerak bo’lsa, u holda konstruktiv sxemada D devor bo’lmaydi. Bu holda bizning mashina gidrostatik ko’targichga, domkratga aylanadi. Endi gidropresslarda kuchlarning munosabatini topamiz. OAV richagning V uchiga Q kuch qo’yilgan bo’lsin, u holda kuch momenti uchun quyidagi tenglamani olamiz:
Q (a + b) = P1b
Bu tenglamadan kichik porshenga ta’sir qiluvchi kuchni topamiz:

U holda kichik porshen ostidagi suyuqlik bosimi quyidagiga teng bo’ladi:
.


Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin