T a k r o r l a s h u c h u n s a v o l l a r
1. M aksim al suv sarfi deb nim aga aytiladi?
2. M aksim al suv sarflarining hosil b o 'lish iga qanday om illar ta ’sir
ko'rsatadi?
3. H isobli m aksim al suv sarflari nim aga m o'ljallab hisoblanadi?
4. G idrotexnika inshootlari nechta pishiqlik sinfiga bo'Iinadi?
5. Pishiqligi I- sin f b o'lgan gidrotexnika inshootlari qanday belgilari
bilan boshqa sinflardan farq qiladi?
6. Gidrometrik.ma’lumotlar yetarli bo'lmaganda maksimal suv
sarflari qanday hisoblanadi?
5 -qism . D A R Y O N IN G O Q IM H A J M IN I R O S T L A S H
5 .1 . Oqim hajmini rostlash vazifalari va turlari
Darslikning oldingi qism larida yer yuzida suv resurslari
hududlar bo'ylab va vaqt ichida bir xil taqsimlanmaganligi bayon
etilgan edi.
O'zbekiston Respublikasining suv boyligi Orol havzasi suv
resurslarining bir qismi bo'lib, Markaziy Osiyoning katta daryo
oqimlaridan tashkil topadi. Bu havzada Amudary^, Sirdaryo Orolga
quyilib boradi. Zarafshon, Qashqadaryo, Tedjen, M urg'ob, C hu,
Talas, Assa kabilar esa Orolga yetib borm ay xalq xo'jaligini suv
bilan t a ’minlab turadi. Orol havzasi daryolarining suv resurs
lari 126,9km3 ga(50% t a ’m inlanganlikda) teng. Respublika suv
resurslarining asosiy qismini (98,1 k m 3) Sirdaryo va Am udaryo
irmoqlari oqimi tashkil qilib, ular qo'shni davlatlar Qirg'iziston,
Tojikiston va A fg 'o n isto n n in g tog'li jo y larid an boshlanadi.
O'zbekiston Respublikasi hududida hosil bo'ladigan mahalliy oqim
9,5 km3 ga teng.
Bular asosan Chirchiq, Ohangaron, Surxondaryo va Qashqa-
daryolarning yillik oqim hajmini tashkil etadi. Mahalliy oqim
1 1 - 2 0 4
161
maydon bo'yiab notekis taqsimlanib. noldan 1000 mm gacha
o'zgaradi. Suv bilan yaxshi t a ’minlangan hududlarga Toshkent,
Andijon va Surxondaryo viloyatlari kiradi. Shu bilan birgalikda
ayrim viloyatlarda (Xorazm, Buxoro va Qoraqalpog'iston Respub-
likasi) mahalliy oqim ning yetishmasligi seziladi.
O'zbekiston daryolarida ko'p suvli yoki suv toshqinining qisqa
davrida yillik oqim ning 40-80% gacha miqdori oqib o'tad i va
qolgan davrda minimal suv sarflari kuzatiladi.
Daryo oqim ining tabiiy rejimi suvdan foydalanish rejimiga
ko'pincha to'g'ri kelmaydi.
Aholini, sanoatni va qishloq xo'jaligini uzluksiz va kafolatli
suv bilan ta'm inlash maqsadida suv resurslaridan to'liq va unumli
foydalanish uchun daryo oqimi rejimiga t a ’sir ko'rsatish, ya’ni
uni rostlash zaruriyati paydo bo'ladi.
D a r y o o q i m i h a j m i n i r o s t l a s h deganda suvga
bo'lgan talabga muvofiq ham da suv toshqinining oldini olish
maqsadida oqim hajmining vaqt oralig'ida qayta taqsimlanishi
tushuniladi. (G O ST 19185-73. Gidrotexnika. Osnovnie ponyatiya).
Oqim hajmini rostlash maxsus suv havzalari — suv omborlari,
yordamida amalga oshiriladi. Suv omborlarining barpo etilishi
ko'pgina m uhim suv xo'jaligidagi vazifalarni: suv t a ’minoti, suv
bostirish va sug'orish, baliq xo'jaligi, suv energiyasidan foydala
nish, kema qatnovi va yog'och oqizish sharoitlarini yaxshilash,
suv toshqini va selga qarshi kurash, suv resurslaridan mukammal
foydalanish ham da ularni muhofaza qilishni amalga oshirish im-
konini beradi. Suv om bori tom o n id a n oqim hajmining rost-
lanishi suvdan foydalanishni oshirish bilan birga suv toshqini
tufayli qisqa muddatli suv bosishiga qarshi kurashishda ham qo'lla-
nilishi m um kin. Daryo suvining toshishini oldini olish uchun
ko'pincha daryo qirg'og'i bo'yiab maxsus tuproqdan qilingan
dam balar quriladi. Bunday dambalarni Am udaryo va Sirdaryo-
ning quyi oqimidagi qirg'oqlar bo'yiab uchratish mumkin. A mmo
suv toshqini tufayli daryo qirg'oqlarining suv bosishi qisqa muddatli
maksimal suv sarflariga sabab bo'lsada, ularning oqim hajmi
unchalik katta bo'lmaydi. Shuning uchun daryo o'z anida to'g'on
qurib suv om bori barpo qilish iqtisodiy jih a td a n maqsadga
muvoftqdir. T o 'g 'o n g a yaqinlashib kelayotgan suv toshqini suv
omborini to'ldiradi va so'ngta yig'ilgan suv daryoning quyi oqimi
bo'yicha uzoq muddat davomida asta-sekin oqiziladi. Shunday qilib,
oqim hajmini rostlash vazifalarini quyidagicha ifodalasa bo'ladi:
162
.♦
/
1. Suvdan foydalanuvchilar talabiga k o'ra va suvdan to'liq
foydalanish maqsadida oqim hajmining qayta taqsimlanishi.
2. Suv bosishi va suvning boshqa zararli ta ’sirining oldini olish
uchun maksimal suv sarflari miqdorini kamaytirish maqsadida
ularni vaqt oralig'ida qayta taqsimlash.
Birinchi vazifani bajaruvchi suv omborlarini ba’zida z a x i r a 1 i
suv om borlari deb atashsa, ikkinchi vazifani bajaruvchilarni
u s h l a b t u r u v c h i suv om borlari deb atashadi. A m m o bu
suv omborlarini ikki turga bo'lish shartli hisoblanadi, chunki
ular bir-birining xizmatini qisman bo'lsada bajaradi.
Z a x ira li suv o m b o r l a r i d a n G E S ish in i t a ’m i n la s h d a ,
ekinlarni su g 'o rish d a , sa n o a t va m aishiy suv t a ’m in o tid a , suv
taqchil paytida kema qatnovi va yog'och oqizish kabi maqsadlarda
foydalaniladi. U shlab tu ru v ch i suv o m b o rla rid a g i k atta suv
toshqinlaridan yig'ilgan suvlardan har turli xo'jalik maqsadlarida
foydalanilishi mu mk i n (m a sa la n , Y a p o n iy a d a G E S ishini
t a ’m inlashda, Rossiyadagi Kuban daryosi havzasida esa sholini
sug'orishda).
H ar qanday suv om bori qurilishi natijasida daryoning quyi
oqimidagi gidrograf o'zgaradi. Suv ombori tufayli o'zgargan oqim
t a r t i b g a s o l i n g a n o q i m h a j m i deb ataladi. Agar tartibga
solingan oqim hajmi daryoning quyi oqim ida joylashgan boshqa
suv ombori tufayli o'zgarsa, u q a y t a t a r t i b g a s o l i n g a n
o q i m h a j m i deb ataladi.
Oqim hajmini rostlashda suv om borlaridan tashqari yana
daryolarni halqalash usuli qo'llaniladi.
Daryolarni halqalash deganda har turli to'y inish turidagi
daryolarni kanallar yordam ida o 'z a ro tutashtirish tushuniladi.
Buning natijasida suv yetishmaslik davrida sersuv daryodan kamsuv
daryoga ortiqcha suvlar oqiziladi. Misol u c h u n m uzlik -q o r
suvlaridan to'yinuvchi daryoning qor suvljfri bilan to'yinuvchi
daryo bilan kanallar yordamida birlashtirilishi ikkinchi daryoning
bahorgi suv toshqini hisobiga birinchi daryoning bahorgi suv
taqchilligini ko'paytirish va aksincha, birinchi daryoning yozgi
suv to'la davri hisobiga ikkinchi daryoning yozgi kamsuv davridagi
suv sarfi taqchilligini kamaytirish imkonini beradi. Aslida halqa-
lanish usuli k am d an -k am uchraydi. K o 'p hollarda suv yig'adi-
gan kanal sug'orish uchun mo'ljallangan bo'lib, unga quyiladigan
barcha suv manbalarini birlashtiradi. Xalq hashari yo'li bilan
1940- yili Farg'ona vodiysidagi Katta Farg'ona Kanali(KFK) bunga
misol bo'ladi. Bu kanalning uzunligi 270 kilometrga teng bo'lib,
ikki qismdan iborat. Yuqori qismi 1-trakt deb atalib, Norin daryo-
163
sini Qoradaryo bilan birlashtiradi. Quyi qismi 2-trakt deb ataladi.
U KFKning Qoradaryodagi Kuyganyorto'g'onidan boshlabg'arb
tomonga Xo'jand shahrigacha Turkiston-Oloytog' tizmasi etagidan
o 'tk a z ilg a n . B unda K F K y o ‘l - y o ‘lakay Aravon, Isfayram,
S hohim ardon, So'x, Isfara, X o ‘jabaqirgan daryolarining quyi
oqimini birlashtiradi. Bu daryolarning barchasi muzlik-qor suvlari
to'yinishiga ega bo'lib, ularning sersuv davri iyun-iyul oylariga
to'g'ri keladi. Qoradaryo qor bilan to'yinish turiga taalluqli bo'lib,
sersuv davri may oyiga to'g'ri kelsa, Norin daryosi esa qor-muzlik
to'yinish turiga mansub bo'lib, sersuv davri iyun oyida kuzatiladi.
KFK quyidagicha ishlaydi: may oyida tegishli yerlar Qoradaryo
suvi bilan sug'orilsa, iyun oyida Qoradaryoning sersuv davri tugagan
paytida, unga KFK ning 1-trakti bo'y icha Norin daryosi' suvi
oqiziladi.
Iyul oyida Aravon, Isfayram va boshqa daryolarning sersuv
davri boshlanadi va ularning suvidan keng ko'lamda foydalaniladi.
K F K dan tashqari bunday kanallar O'zbekiston Respublikasida
k o 'p lab uchraydi. U larga T osh k an a l (C h irc h iq daryosidan
Ohangaron daryosi havzasiga), Isfayramni Shohimardon daryosi
bilan birlashtiruvchi kanai, S o 'x -S h o h im a rd o n kanali, Eski
A n h o r kanali (Z a ra f sh o n d a n Q ashqadaryoga) D u s h a n b e —
Qoratog' kanali (Kafirnigondan Surxondaryoga) va boshqalar
misol bo'la oladi.
Daryo oqimini kerakli tomonga oqizishga Amudaryo suvining
Turkmanistonning kamsuv daryolari havzalariga berish maqsadida
Qoraqum kanalining barpo etilishini misol qilib keltirish mumkin.
Tashlama traktlar toshqin suv oqimining ayrim qismini daryodan
tashqariga tashlash uchun mo'ljallangan. Bunga Sirdaryo toshqin
suvining Ornasoy tabiiy chuqurligiga tashlanishi misol bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |