1. Asosiy qism
Mustaqil ishlarning asosiy maqsadi va vazifalari.
Mustaqil ishlarning asosiy maqsadi yuqorida qayd etilgan yo`nalishlar
bo`yicha ta’lim olayotgan talabalarning fanni o`rganishda olingan bilimni
qo`shimcha mustaqil ishlarga kiritilgan mavzular bilan mustahkamlash. Bunga
erishish uchun talaba o`qituvchi bergan mavzuni tavsiya etilgan adabiyotdan
mustaqil o`rganadi, konspekt daftarida topshiriqlarga yozma javob yozadi va
referat tayyorlaydi. Buning natijasida talabada adabiyot bilan ishlash malakasi
oshadi va mustaqil fikrlash ko`nikmasi hosil bo`ladi.
Maqsaddan kelib chiqqan holda uning vazifasi quyidagilardan iborat:
- fan dasturi bo`yicha to`liq tasavvurga ega bo`lish;
-yangi va darslarda olinmagan, berilmagan bilimlarni va
ko`nikmalarni mustaqil o`rganish va o`zlashtirish;
-ilmiy-uslubiy, internet ma’lumotlarini izlab topish va
ishlatish, tahlillash metodikasini o`zlashtirish;
-ilmiy adabiyot va internetdan olingan ma’lumotlar bilan
ishlash, ularni izlab topish;
-olingan ma’lumotlardan samarali foydalanish;
-to`plangan ma’lumotlarga asoslanib, ratsional yechimlarni
belgilash;
-ishlab chiqilgan yyechim va loyihalarni asoslash va himoya
qilish va boshqalar kiradi.
Mustaqilishni tashkil etish shakli va mazmuni
Mustaqil ish har bir talaba tomonidan topshiriqlarga konspekt daftarida yozma
javob yozish va referat shaklida mustaqil ravishda tayyorlanadi. Adabiyotlardan
foydalanishda nafaqat namunaviy va ishchi dasturlarda ko`rsatiladigan
adabiyotlardan,
balki
talaba
tashqi
qo`shimcha
adabiyotlardan
ham
foydalaniladi.Mustaqil ish mavzu, ta’lim rejasi, asosiy matn va foydalanilgan
adabiyotlar ro`yxatidan iborat.Mustaqil ish tayyor bo`lganidan so`ng, uni ma’lum
5
bir tartibga keltiriladi va o`qituvchi bilan savol-javob qilinadi va ta’lim mazmunini
oydinlashtiruvchi savollariga javob berilganidan so`ng reyting nizomiga asosan
ballar bilan baholanadi.Mustaqil ishlar avvalo ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tanlash
va to`plashdan boshlanadi.Tanlash, to`plash va tahlil uchun talaba mavzu bo`yicha
ma’ruza eshitganidan so`ng, ma’lumotlar esa internet va boshqa ilmiy-uslubiy
adabiyotlardan olinganidan so`ng boshlanadi.
Tahlil asosida olingan ma’lumotlar referat ko`rinishiga keltiriladi va baholash
mezonlari esa o`qituvchi tomonidan ishlab chiqiladi.
Xususan “Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash” fanidan
talaba mustaqil ishini baholash ikki qismdan iborat bo`ladi.
1-qismda mavzu bo`yicha tayyorlangan referatning to`g`ri tuzilganligi (reja,
kirish, asosiy qismlari, xulosa, foydanilgan manbalar) va yoritilganligi bo`yicha
baholanadi:
- referatda mavzu to`liq ochilgan, to`g`ri xulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlari
bo`lsa, qo`shimcha adabiyot va internet ma’lumotlaridan foydanilgan bo`lsa – a’lo
-mavzu mohiyati ochilgan, faqat xulosasi bor, qo`shimcha adabiyot va
internet ma’lumotlaridan foydanilgan bo`lsa – yaxshi
-mavzu mohiyati yoritilgan, faqat xulosasi bor, qo`shimcha adabiyot
ma’lumotlaridan foydanilgan bo`lsa – qoniqarli
2-qismda referat mavzusi bo`yicha o`qituvchi tomonidan berilgan savollarga
javoblariga ko`ra baholanadi:
-talaba javoblarida xulosa va qaror qabul qilish; - ijodiy fikrlay olish; -
mustaqil mushohada yurita olish; - olgan bilimlarini amalda qo`llay olish; -
mohiyatini tushunish, bilish, aytib o`tish; - tasavvurga ega bo`lish xususiyatlariga
ega bo`lsa – a’lo;
- talaba javoblarida mustaqil mushohada yurita olish; - olgan bilimlarini
amalda qo`llay olish; - mohiyatini tushunish, bilish, aytib o`tish; tasavvurga ega
bo`lish xususiyatlariga ega bo`lsa – yaxshi;
6
- talaba javoblarida mohiyatini tushunish, bilish, aytib o`tish; - tasavvurga
ega bo`lish xususiyatlariga ega bo`lsa – qoniqarli
Dostları ilə paylaş: |