8
Mustaqil ish o`quv jarayonining asosiy tarkibiy qismi bo`lganligi uchun, u
bilan jiddiy shug`ullaniladi va umumiy tartibda reyting tizimi talablari asosida
baholanadi.
Mustaqil ish quyidagilardan kelib chiqqan holda bajariladi:
birinchidan o`quv rejasida ko`rsatilgan ma’ruza va amaliyot darslari hajmi
talabaga fanni chuqur va to`liq, o`rganish imkonini bermaydi;
ikkinchidan fanni o`rganish uchun ajratilgan
soatlar natijalaridan
foydalanib amaliy ko`nikmalarni to`liq shakllantirib bo`lmaydi;
uchinchidan o`quv rejasi bo`yicha ishlash, talabada ilmiy va uslubiy
adabiyotlar bilan ishlash ko`nikmalarini yetarli darajada rivojlantirmaydi
va shular sababli talaba fan bo`yicha keng qamrovli fikrlashni yetarli
darajada rivojlantira olmaydi. Shu kabi yetishmovchiliklar o`rnini
to`ldirish uchun albatta mustaqil ish o`tkaziladi.
9
Namuna
Mavzu: IQLIMNING GLOBAL O`ZGARISHI
REJA:
1.Kirish
2. Asosiy qism:
2.1 Iqlim o`zgarishi nima? Iqlim o`zgarishiga
olib keladigan harakatlar;
2.2
Global iqlim o`zgarishi oqibatlari
2.3 Iqlim o`zgarishining oldini olish masalalari;
3. Xulosa
KIRISH
Insoniyat
taraqqiyoti,
urbanizatsiya
jarayonining
tezlashishi,
globallashuvning jadallashuvi Ona sayyoramiz xavfsizligiga rahna solib, bir qator
masalalar bilan birgalikda ekologik muammolarni ham keltirib chiqardi. Atrof-
muhitga jiddiy zarar
yetkazayotgan ekologik xavf, o`rni kelganda, hattoki yadro
talafoti va terrorizmdan ham dahshatliroq bo`lib, yer
yuzidagi barcha xalqlarni
tobora bu haqida chuqurroq o`ylashga majbur etmoqda.
Butunjahon
yovvoyi
tabiat
(WWF),
Global
Footprint
Network
jamg`armalari va Londonning zoologik jamiyati mutaxassislari hamkorlikda
o`tkazgan tadqiqot natijalariga ko`ra, 1970 yildan buyon Yerdagi yovvoyi hayvon
va qushlarning soni 3,43 ming turga, tirik sayyoraning indeksi esa 52% ga
kamaygan, ya’ni havoda va quruqlikda yashaydigan jonivorlar turi 76% ga, Yer
ustida yashaydiganlar va suvda istiqomat qiladiganlar soni 39% ga qisqargan. Har
yili inson faoliyati oqibatida 11 mln. gektar tropik o`rmonlar kesilib,
nobud
bo`ladi. Bu o`rmonlarni tiklash borasidagi ishlardan 10 barobar ko`pdir. Har kuni
atmosferaga 60 million tonnaga yaqin karbonat angidrid chiqarilib, bu havoning
isishiga, o`z navbatida esa Dunyo okeanidagi suv sathining ko`tarilishiga olib
kelmoqda.
Karbonat angidridning
havo tarkibida oshishi, chiqindi gazlarning
me’yoridan ortiq havoga chiqarib tashlanishi oqibatida issiqxona effekti hosil
10
bo`lib, bugungi kunda jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan jiddiy ekologik
muammo –global iqlim o`zgarishi yuzaga keldi.
Afsuski, boshqa ekologik muammolardan farqli o`laroq
global iqlim
o`zgarishi Yer yuzi aholisini kam tashvishga solayapti. Bu asosan u haqida
yetarlicha ma’lumot va bilim yo`qligi hamda xavfli jarayonning sekinlik bilan
amalga oshayotganli bilan bog`liqdir. Xususan, mamlakatimiz
ommaviy axborot
vositalarida mazkur
mavzuga e’tibor juda ham kam bo`lib, natijada
yurtdoshlarimiz iqlim o`zgarishining oqibatlari va xavflari xususida deyarli
axborotga ega emaslar. Mazkur referat OAV vakillari hamda oliy o`quv
yurtlarining talabalariga iqlim o`zgarishi masalalari, shuningdek mazkur mavzuda
materiallar tayyorlash ko`nikmalariga ega bo`lishga
yordam beradi degan
umiddamiz.
Dostları ilə paylaş: