Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridagi suvlardan mamlakatimizda foydalanish tizimi



Yüklə 24,16 Kb.
səhifə2/2
tarix14.10.2023
ölçüsü24,16 Kb.
#155589
1   2
Maqola uchun

Kalit so’zlar: Gidrotexnika inshootlari, Gidromeliorativ inshootlar, Gidroenergetika, GES, nasos stansiyalari, sux xo’jaligi, melioratsiya, Harakatlar strategiyasi, o’zan
Kirish: Mamlakatimizning iqtisodiy yuksalishi suv xo'jaligi va melioratsiyaning bundan keyingi rivojlanishni bilan chambarchas bog'liqdir. Shu boisdan Respublikamizda yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, gidrotexnika inshootlarini ishlatishni to'g'ri yo'lga quyish hamda yirik gidromeliorativ inshootlar xavfsizligini ta’minlash, sug'oriladigan yerlar unumdorligini oshirish, ularning sho'rlanish va botqoqlanishiga, sug'orish suvini suv manbayidan dalalargacha yetkazib beruvchi sug'orish tarmoqlarida hamda sug'orish jarayonida suvning behuda isrof bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kabi muammolarga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda qabul qilingan bir qator O’zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi», O’zbekiston Respublikasi «Suv va suvdan foydalanish to'g'risida», «Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) to'g'risida», «Dehqon xo'jaligi to'g'risida», «Fermer xo'jaligi to'g'risida», «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to'g'risida» kabi qator qonun hujjatlari fikrimizning yorqin dalilidir.
Gidrotexnika - texnika fanlarining bir sohasi bo'lib, suv resurslari (daryo, ko'l, dengiz, okean, yer osti va atmosfera suvlari) dan xalq xo'jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish va suv keltiradigan zararlarga qarshi kurashish hamda shu maqsadlar uchun ishlatiladigan gidrotexnika inshootlarini loyihalash va qurish masalalari bilan shug'ullanadigan fan.
Asosiy qism: Gidrotexnika qurilishi bilan qamrab olingan xalq xo'jaligining tarmoqlari ko'p sonli va kengdir. Ular qatoriga, zax qochirish, sug'orish, suv ta ’minoti, suv transporti, suv energiyasidan foydalanish (gidroenergetika), baliqchilik, suv toshqini va qirg'oqlarni himoya qilish, mudofaa inshootlari va boshqalar kiradi. Suv resurslarining umumiy hajmi yer yuzida 1,3 mlrd km3 ni tashkil qiladi, shundan 97,2 % ichishga yaroqsiz sho'r suvdir. 2,15 % muzliklardagi suvlar va faqat 0,65 % nigina chuchuk suv tashkil qiladi.
Markaziy Osiyo va Shimoliy Qozog'iston daryolaridan yil davomida oqib o'tgan suvning o'rtacha miqdori 127 km3 ga teng bo'lib, shu jumladan Amudaryoda 79,5 km3, Sirdaryoda 37,2 km3 ni tashkil etadi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, suv resurslarining hududlar va vaqt bo'yicha taqsimlanishi bir tekis emas va ulardan foydalanish ma’lum gidrotexnik tadbirlami taqozo etadi.
Misrda sug'orish kanallari miloddan 4400 yil oldin, Gollandiyada miloddan 2 ming yil oldin toshqinga qarshi dambalar, Xorazmda miloddan oldin VI—III asrlarda sug'orish tarmoqlari, to'g'onlar qurilgani ma’lum. Zarafshon vodiysida VIII asrda sug'orish kanallari, hozirgi Birinchi may suv olish inshooti o'rnida esa to'g'on qurilganligi arab tarixchisi Ibn-Xaukal asarlarida keltirilgan. Farg'ona kanali Samarqandni, Shoxrud kanali Buxoroni suv bilan ta’minlagan. Shosh yurtida (Toshkent atrofi) 50 dan ortiq aholi yashaydigan joylar katta kanallar mavjudligi grek tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan. Farg'ona vodiysida XVI XVII asrlarda katta sug'orish kanallari qurilgan. XIX asr boshlarida faqat Amudaryoning pastki qismida suvni balandlikka ko'tarib beruvchi 60 000 dan ortiq chig'irlar mavjud bo'lgan.
Bizning davrimizgacha saqlanib kelgan Zax, Iskandar, Bo'zsuv, Salar. Xon, Polvon, Shovot, G'azavot. Darg'om, Norpay va Shumanay kanallari, Xon va Abdullaxon to'g'onlari, O'zbekiston hududida 1,6-1,8 min gektar sug'oriladigan ekin maydonlari mavjudligi o'tgan tariximizda gidrotexnika qurilishining keng ko'lamiga yorqin misoldir.
Markaziy Osiyoda suv xo'jaligi va melioratsiya bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlariga XIX asrning oxiri XX asming boshlarida kirishilgan, bu soha o'tgan asming 60 yillariga kelib o'zining yuqori pog'onasiga ko'tarilgan.
Hozirgi kunda respublikamizda sug'orish uchun yaroqli yerlar 15,9 min gektarga teng bo'lib, sug'oriladigan maydon 4,3 min gektarni yoki umumiy maydonining 9,3 % ini tashkil etadi. Qishloq xo'jaligida olinadigan mahsulotlarning 95 % sug'oriladigan yerlar hissasiga to'g'ri keladi.
Ayni paytda respublikamiz qudratli suv xo'jaligi majmuasiga ega: 53 ta suv ombori, 41 ta GES, 1456 ta nasos stansiyalari, 30 ming km xo'jaliklararo kanallar, 156 ming km ichki tarmoq kanallari, 134 ming km zovurlar, 117 mingdan ortiq gidrotexnika inshootlari qurilgan
bo'lib, ulardan foydalanishni tashkil etish uchun ko'plab mutaxassis kadrlar talab qilinadi. (M.BAKIYEV, l.MAJIDOV, B.NOSIROV, R.XO'JAQULOV, M.RAHMATOV Gidrotexnika inshootlari Toshkent “Yangi asr avlodi” 2008)
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning joriy yil 7 fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasining rivojlanishining beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha sohalarini rivojlantirish bo`yicha muhim vazifalar belgilab berildi. Ushbu ustuvor yo`nalishlarda fan-texnika va texnologiyalarni rivojlantirish, uzluksiz ta`lim tizimini yanada takomillashtirish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga ko`tarish masalalari o`z echimini topishi lozimligi ta`kidlangan.
(O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning joriy yil 7 fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasining rivojlanishining beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi)
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev o’zining ―Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz asarida: ―Barchamizga ayonki, O’zbekiston boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga ega. Biroq bizning eng kata boyligimiz – bu xalqimizning ulkan intellektual va ma‘naviy salohiyatidir. Bu salohiyat yaratish va yanada ko’paytirishda hurmatli ziyolilarimiz – ilm-fan va texnika namoyondalari, birinchi navbatda qadrli va hurmatli akademiklarimiz, madaniyat, adabiyot va san‘at, sport sohalarining vakillari butun vujudini berib, fidokorona mehnat qilayotganlarini biz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz. Ana shu zahmatkash insonlarning ilmiy va ijodiy izlanishlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni biz o’zimizning birlamchi vazifamiz sifatida ko’rishimiz darkor deb aytgan.
Darhaqiqat, hozirgi kunda, iqtisodiyot sohalari uchun zamon talablariga javob beradigan malakali mutaxassislar tayyorlash, ta`lim tizimining zimmasiga yuklatilgan muhim va ma`suliyatli vazifalardan biri biri hisoblanadi. Bu esa o`z navbatida kasb-hunar ta`lim tizimida ilg`or ta`lim texnologiyalarini joriy etishni va malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Bu borada Respublikamizning ko‘p jabhalarida kadrlar sifatini oshirish bo‘yicha chuqurlashtirilgan ijtimoiy siyosiy ishlar olib borilyapti.
Harakatlar strategiyasi»da qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish buyicha vazifalarga asosiy e’tibor karatilgan. Bulardan biri misolida Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya ob’ektlarini rivojlantirish, tarmoqqa intensiv, suv va resurslarni tejaydigan, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish. unumdorligi yuqori texnikalardan foydalanish deb keltirib o‘tilgan. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda hal qiluvchi axamiyatga ega omillardan biri sanaladi. Chunki, Respublikamizda mavjud Sug‘oriladigan ekin maydonlarining 50 foizga yaqinini u yoki bu darajada sho‘rlangan yerlar tashkil etadi. Keyingi yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash bo’yicha yirik davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. (o’zim)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-noyabrdagi “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 499-sonli qarori ishlab chiqildi. (lex.uz)
2022-yil 20-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga yo’llagan murojaatnomasining To’rtinchi yo’nalishida ekologiya, ayniqsa, suv masalalari global muammoga aylanib borayotgani bilan bog’liq muammolar haqida so’z yuritdi.
Shu jumladan, biz nafaqat bugunki, balki kelajak avlodlarni ham o’ylashimiz shart. Shu bois Konstitutsiyamizda tabiiy resurslar, jumladan suv havzalari va yer osti zaxiralarini muhofaza qilish bo’yicha talablarni kuchaytirishimiz zarur.
Bilasiz, mamlakatimiz so’nggi 3 yilda qurg’oqchilikni boshdan kechirdi. Buning ta’siri, ayniqsa, Amudaryoning quyi havzasidagi hududlarimizda yaqqol sezildi.
Shu o’rinda Amudaryo o’zanida yangi kanal qurilishi bo’yicha qo’shni Afg’onistonning muvaqqat hukumati hamda jahon hamjamiyati bilan birga xalqaro me’yorlar asosida va mintaqaning barcha davlatlari manfaatlarini inobatga olish yuzasidan amaliy muloqotlar olib boorish lozim, deb hisoblaymiz. Bunday yondashuv qo’shnilarimiz tomonidan ham qo’llab-quvvatlanishiga ishonamiz.
Umuman, so’nggi 15 yilda yog’ingarchilik 25 foizga qisqardi. Yozda o’ta issiq kunlar davomiyligi ortgani oldimizda hali katta sinovlar borligidan dalolat beradi. Lekin hozirgi vaqtda ekin maydonlariga suv yetkazib berishda sezilarli yo’qotishlar bor. Shu bois, suv xo’jaligi tizimi isloh qilinadi.
Suvning hisobini ochiq-oshkora yuritish tizimi joriy etiladi va kelgusi uch yilda 13 mingga yaqin suv xo’jaligi ob’yekti raqamlashtiriladi. Shu bilan birga, 16 ta yirik nasos stansiyasi davlat-xususiy sherikchilik asosida modernizatsiya qilinadi va muqobil energiyaga o’tkaziladi.
Bularga qo’shimcha ravishda suv solig’i bo’yicha tushumlarning bir qismi tumanlarda sug’orish xizmatini rivojlantirish, ariq, zovur va kanallarni betonlashga yo’naltiriladi.
Hozirgi vaqtda butun dunyoda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham jiddiy ekologik muammolar paydo bo’lmoqda. Aksariyat hududlarimizda tuproq tarkibi buzilib, unumdor yerlar qisqarib borayotganini, cho’llanish, suv yetishmasligi, qurg’oqchilik, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash shukar jumlasidandir.
2023-yilda suv ta’minoti yaxshi 100 ming gektar qo’shimcha ekin maydonlari aholiga ajratiladi. Kooperatsiya faol qo’llab-quvvatlanadi, kichik va o’rta quvvatli saqlash, saralash va qayta ishlash infratuzilmasi rivojlantiriladi.
(2022-yil 20-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga yo’llagan murojaatnomasidan)
Xulosa: Respublikamiz qishloq xo’jaligida, sanoatida, qurilishlarida, energetika, aholi suv ta‘minoti va kanalizatsiya tizimlarida va boshqa sohalarida ko’p sonli nasos qurilmalari ishlab turibdi. Jumladan, qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning 55 foizdan ortig‘i 1604 nasos stansiyalari yordamida sug’oriladi. Nasos stansiyalariga o’rnatilgan asosiy va yordamchi gidromexanik, energetik uskunalar va jihozlar ishlash resursi tugaganligiga qaramay 35-40 yildan buyon ishlatib kelinayotganligi sababli ularning foydalanish harajatlari yildan-yilga ortib bormoqda.
Eng katta foydali ish ko’rsatkichi bilan elektr energiyasini maksimal tejab ishlaydigan nasoslarni tanlash uchun ularning xossalari bilan tanish bo’lish va ularning tavsifidan foydalanib nasos marka (rusum)larini to’g’ri tanlash mahorati talab etiladi. U shuningdek, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan muhandis–texnik xodimlar uchun ham foyda keltirishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. M.Bakiyev, L.Majidov, B.Nosirov, R.Xo'jaqulov, M.Rahmatov Gidrotexnika inshootlari Toshkent “Yangi asr avlodi” 2008.

  2. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning joriy yil 7 fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasining rivojlanishining beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi.

  3. 2022-yil 20-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga yo’llagan murojaatnomasi.

  4. lex.uz.

Yüklə 24,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin