Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridagi suvlardan mamlakatimizda foydalanish tizimi



Yüklə 24,16 Kb.
səhifə1/2
tarix14.10.2023
ölçüsü24,16 Kb.
#155589
  1   2
Maqola uchun


GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI VA NASOS STANSIYALARIDAGI SUVLARDAN MAMLAKATIMIZDA FOYDALANISH TIZIMI


Avilova Nilufar Fayzullo qizi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar instituti doktoranti.
Latipov Abbos Sharipovich: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar instituti “Geodeziya va geoinformatika” yo’nalishi talabasi.
Annotatsiya: So‘nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, so‘nggi paytda global iqlim o‘zgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot tarmoqlarining o‘sishi, ularning suvga bo‘lgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib bormoqda.
Respublikamizda foydalanilayotgan o‘rtacha yillik suv miqdori 51 - 53 mlrd. kub metrni, ushbu miqdorning 97,2 foizi daryo va soylardan, 1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer osti suvlaridan bo‘lib, ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan.
Aholini va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini suv bilan barqaror ta’minlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligiga bozor tamoyillari va mexanizmlarini hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, suv xo‘jaligi ob’ektlarining ishonchli ishlashini ta’minlash hamda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-2024 - sonli Farmoni qabul qilindi.
Ushbu konsepsiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2020 - 2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xarita»si tasdiqlandi va uning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Yüklə 24,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin