Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi fanining o`quv


Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə3/11
tarix16.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#114241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
GIMNASTIKA VA UNI O

Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi fani asosiy mutaxassislik fani hisoblanib, 1-2 kurs 1,2,3 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti, jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi, yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi, milliy kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi, harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi, sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi, jismoniy madaniyat tarixi va sportni boshqarish, suzish va uni o‘qitish metodikasi, sport psixologiyasi, sport mahoratini oshirish, jismoniy madaniyatni o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kabi fanlardan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi.


Fanni ta`limdagi o‘rni
Jismoniy madaniyat ta`lim yo‘nalishi mutaxassislarini tayyorlashda gimnastika asosiy vosita hisoblanib, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda va tarbiyalashda hamda ularning harakat ko‘nikma – malakalarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi innovatsion – pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma`ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, prizentatsiya, virtual stendlardan va sport jihozlaridan foydalaniladi. Ma`ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlariga mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.


Asosiy qism
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni


Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari.
Gimnastika o‘quv fan sifatida uning maqsadi va vazifalari o‘sib kelayotgan avlodga ta`lim va tarbiya berish tizimidagi pedagogik ilm sohasi, gimnastika fani va tavsifi, gimnastikaning asosiy vositalari, gimnastikaning metodik xususiyatlari, gimnastikaning turlari, gimnastika – o‘quv-ilmiy fan sifati haqidagi nazariy ma`lumotlarga ega qilish.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin