Gipofiz va uning funksiyalari reja: gipofiz bezi xususiyatlari Gipofiz bezi funksiyalari



Yüklə 270,04 Kb.
səhifə3/4
tarix21.05.2023
ölçüsü270,04 Kb.
#118970
1   2   3   4
GIPOFIZ VA UNING FUNKSIYALARI

Gipotiturizmda gipofiz gormonlarni haddan tashqari ko'p miqdorda ishlab chiqaradi. O'sish gormonining ortiqcha ishlab chiqarilishi kattalarda akromegali keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat qo'llarda, oyoqlarda va yuzda suyaklar va to'qimalarning ortiqcha o'sishiga olib keladi. Bolalarda o'sish gormonining haddan tashqari ishlab chiqarilishi gigantizmga olib kelishi mumkin. ACTHning ortiqcha ishlab chiqarilishi buyrak usti bezlarini ko'p miqdorda kortizol ishlab chiqaradi, bu esa metabolizmni tartibga solish bilan bog'liq muammolarga olib keladi. TSH gipofiz gormonining haddan tashqari ishlab chiqarilishi hipertiroidiyaga yoki qalqonsimon gormonlar ishlab chiqarishga olib kelishi mumkin. Overaktiv tiroid asabiylashish, vazn yo'qotishi, tartibsizlik yurak urishi va charchoq kabi alomatlarni keltirib chiqaradi.
Odamlarda gipofiz yoki pastki miya ortig'i kalla suyagining turk egari sohasida, miyaning asosida joylashgan va oyoqcha (voronka) yordamida miya bilan tutashgan toq ichki sekretsiya bezidir. Gipofizning oldingi qismi - adenogipofiz uch xil: atsidofil, bazofil va xromotob bez hujayralari borligi gistolik tekshirishlarda topilgan. Atsidofil va bazofil hujayrlar xromotob hujayralardan hosil bo'ladi. Bazofil hujayralar adrenokortikotrop, tireotrop, pankreotrop, paratireotrop va gonadotrop (tuxumdon follikulasini stimullovchi va lyuteinlashtiruvchi) gormonlarni ishlab chiqaradi. Atsidofil hujayralardan somatrop yoki o’sish gormoni va prolaktin ishlab chiqadi. Gipofizning oraliq qismi donali va donasiz bazofil hujayralardan tashkil topgan bo'lib faqat bitta gormon - melanofor (intermedin) ishlab chiqaradi. Bu gormon ham asosan baliqlarda, suvda va quruqlikda yashovchilarda, sudralib yuruvchilarda, pigment almashinuvini boshqaradi. Bu gormon terida tashqi muhitning ba'zi noqulay omillarning, xususan, quyosh nurlaridan himoya qiladigan rang paydo bo'lishini ta'minlaydi. Organizmga intermedin yuborilishi - terining qorayishiga sabab bo'ladi. Kuchli yorug'likning ta'siridan intermedinning hosil bo'lishi tormozlanadi. Natijada - bir oz oqaradi kechalari bu gormonning hosil bo'lishi tezlashadi. Shu bilan birgalikda bo'g'ozlik davrida ham intermedin ko'proq hosil bo'lib turadi. Gipofizning keyingi qismida ko'pgina neyrogliol hujayralar ham bor. Bezning bu qismi o'zidan uch xil gormon vazopressin, oksitotsin va oktididenrevin ishlab chiqaradi. Teozir gipofiz keyingi qismining gormonlari bevosita gipofizning o'zida hosil bo'lmasdan gipotalamusning superooptik va paraventikulyar yadrolarida hosil bo'lib suprooptik gipofizar yo'l orqali gipofizga chiqariladi deb hisoblanadi. Vazopressin. Buyrak va miya arteriyalarini aytmaganda organizmdagi boshqa hamma qon tomirlarini toraytirib qon bosimini oshiradi. Antidiuretin. Buyrak kanalchalaridan suvning reabsorbsiyasini kuchaytirib sutkalik siydik miqdori (diurez)ning kamayishiga sabab bo'ladi. Oksitotsin - bachadon va sut bezlarining silliq muskul tolalarini qisqartirish xususiyatiga ega.
Me'da osti bezining shira ajraluvchi sekretor bo'lakchalari orasida o'zining chiqaruv yo'liga ega bo'lmagan alohida hujayralar guruhi bor, ular shu hujayralarni birinchi marta tasvirlagan olimning nomi bilan Langergans orolchalari deb ataladi. Bu orolchlar hujayralari ichki sekretor funksiyani bajaradi, ya'ni bevosita qonga gormon ishlab chiqaradi. Gistologik tekshirishlar natijasida bu orolchalarda har xil hujayralar borligi aniqlandi va ular alfa, betta, gamma hujayralar deb ataladi. Beta hujayralar insulin (lotincha - Insula - orolcha) gormoni, alfa hujayralar esa glyukogon gormonini ishlab chiqadi. Insulin jigarda glyukozadan glikogen sintezlanishini tezlashtiradi va uning parchalanishiga to'sqinlik qiladi.

rasm. Odam lanasidagi icbki sekrelsiya bezlarining jaylasbuvi:
1- epiftz; 2- gipoftz; 3- qaiqon oldi bezi; 4- jigar; 5- o'n ikki barmoq ichak; 6¬ buyrakning po'st qismi; 7- moyak; 8-qalqonsimon bez; 9- ayrisimon bez; 10- me'da (oshqozon); 11- buyrak usti bezi; 12- me'da osti bezi; 13- tuxumdon.
Demak, periferik qonda qandning bir muncha kamayishiga sabab bo'ladi. Organizmda uglevodlar almashinuvining oraliq mahsulotlaridan yog' va oqsillarning hosil bo'lishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Qondagi qand miqdori bilan me'da osti bezidan insulinni ajralishi o'rtasida bog'lanish bor, boshqacha aytganda, qonda qand ko'paysa, insulin ham ko'proq ishlanib chiqiladi va aksincha. Beta hujayarlar faoliyati kuchayganda yoki organizmga anchagina miqdorda insulin yuborilganda qondagi glyukozaning aksariyat qismi glikogenga aylanadi. Oqibatda unda qand odatdagidan ancha kamayib ketadi, gipoglikemiya deb shunga aytiladi. Rosmana gipoglikemiya nerv faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi va hatto gipoglikemik shok paydo bo'lishi ham mumkin, bunda markaziy asab tizimining qisqa muddatli qo'zg'alishidan keyin hayvon darmoni qurib, juda bo'shashib qoladi, og'ir hollarda esa, talvasaga ham tushadi va hokazo.


Yüklə 270,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin