Manba: G’afforova T., Nurullayeva Sh., Mirzahakimova Z. 2- sinf “O’qish” kitobi. T “Sharq” 2012 y 95-96 – bet.
Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad: O'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish, mustaqil fikrlashga o'rgatish, ifodali o'qish ko'nikmalarini hosil qilish.
Tarbiyaviy maqsadi: O'quvchilarni kattalarni hurmat qilishga, odobli bo’lishga undash.
Dars turi: yangi bilimlarni berish darsi.
Jihozi:mavzu aks etgan devoriy surat, test kartochkalari, krossvordlar.
Dars metodi: Savol – javob, hikoya, boshqotirma
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
O'qituvchi tozalik, davomat va o'quvchilarning darsga tayyorgarligi aniqlaydi.
Yangi mavzuning bayoni:
O'qituvchi darsni kirish suhbati bilan boshlaydi:
- Biz odobli bolani qanday bo’lishini bilamiz-a?
- Odobli bola – aqlli, salom beradigan, kattalarni hurmat qiladi.
- Katta kishilar ish buyurganda-chi?
- Uf demasdan, darhol bajaradi.
- Lekin shunday bolalar bor-ki, o’zidan kattalar yumush aytganda e’tiborsiz bo’ladigan, bajarmaslikka harakat qiladiganlar ham bor. Bugun shunday bola bilan tanishamiz.
O'qituvchi: Xudoyberdi To’xtaboyev qalamiga mansub “Ta’zir” hikoyasi bilan tanishamiz. Hikoyani rollarga bo’lib ijro etamiz. (O’quvchilar hikoyani rollarga bo’lib ijro etadilar). O’qituvchi o’quvchilarni ikki guruhga bo’ladi va har bir guruhga mavzu yuzasidan savollar berdi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1-guruhga:
1. Hikoya kim haqida?
2. Bahromjon uyga kim bilan qolar edi?
3. Buvisi Bahromjonga nima dedi?
4. Bahromjon bunga javoban qanday yo’l tutdi?
5. Buvisi yana bir bor aytganda ko’zaynagini keltirib berdimi?
2-guruhga:
1. Bahromjon bir kun buvisiga nima deb murojaat etdi?
2. Buvisi qanday yo’l tutdi?
3. Bahromjon qilgan xatosini tushundimi?
4. Bahromjonning nima uchun birdan o’zgarib qoldi?
5. Hikoyaning muallifi kim?
O’quvchilar savollarga javob berib bo’lishgach, o’qituvchi bilan birgalikda boshqotirma yechidilar.
Berilgan rasmlarning nomlarini qo’yib chiqsangiz, Bahromjonning qanday bolaga aylanganini bilib olasiz.