Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 12 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
30
December, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
Inflyatsiya ko‘rsatkichini past darajada ta‘minlash
makroiqtisodiy
barqarorlikning muhim omili hisoblanadi. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy
tadqiqotlar
instituti
ekspertlari
inflatsiyaga
ta‘sir
yetuvchi
omillar
va ularning dinamikasini o‗rgandi. Unga ko‗ra, O‗zbekistondagi inflyatsiyaga ta‘sir
qiluvchi asosiy omillardan biri savdo hamkori bo‘lgan mamlakatlardagi inflyatsiya
hisoblanadi. Negaki import inflyatsiyasining o‘sishi asosiy
inflyatsiyaning taxminan
38% ini ifodalaydi. O‗zbekistonda pul massasi, foiz stavkasi va YaIM kabi talab
omillarining inflatsiyaga qo‗shgan hissasi 29%ni tashkil yetadi. Narxga ta‘sir
yetuvchi omillardagi o‗zgarishlar mamlakatda iste‘mol narxlari indeksining 33%ga
o‗sishiga turtki bo‗lmoqda.
Import inflyatsiyasi
Import inflyatsiyasi 2022-yilning 5 oyida umumiy 11% inflyatsiyaning 4,18%
ini tashkil qildi. Unda Rossiya, Xitoy, Qozog‗iston, Janubiy Koreya va Turkiya kabi
asosiy savdo hamkorlarimizning ulushi 2,73 foizga yetdi. Import inflyatsiyasiga
Rossiya va Xitoy eng kata hissa qo‘shgan. Bu davlatlarning O‘zbekiston umumiy
importidagi salmoqli ulushi (mos ravishda 21% va 19%) – 0,90% va 0,81%.
Qozogʻiston, Janubiy Koreya va Turkiya import inflyatsiyasining taʼsiri esa umumiy
import inflyatsiyasining taxminan 0,45%, 0,30% va 0,28% ini tashkil etdi.
Rossiyadan inflyatsiya taʼsiri
asosan sanoat tovarlari, mashina va transport
uskunalarida kuzatiladi. Xuddi shunday, Xitoy import inflyatsiyasi
asosan mashina
va transport uskunalari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va kimyoviy mahsulotlarga
ta‘sir ko‘rsatdi. Qozog‘istondan import inflyatsiyasi
asosan oziq-ovqat va sanoat
tovarlarida kuzatildi. Janubiy Koreya va Turkiyadan import qilingan inflyatsiya
asosan mashina va transport uskunalari narxlariga ta‘sir ko‘rsatdi. Inflyatsiya
ko‘rsatkichini past darajada ta‘minlash makroiqtisodiy barqarorlikning muhim omili
bo‗lib, bu o‘z
navbatida, ijtimoiy rivojlanish, investitsiya faolligini oshirish,
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiluvchi
zarur shart-sharoitlarni
yaratadi.
O‘zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi keskin pastladi. Bu nimani anglatadi?
Avval xabar qilganimizdek, 2021-yil yakuniga ko‗ra O‗zbekistonda inflyatsiya
darajasi 9,98 foizni tashkil etdi. Bu O‗zbekiston uchun tarixiy voqea sanaladi.
Birinchidan, bu ko‗rsatkich 2017-yildan beri ilk bor o‗n foizdan pastladi (2020-yilda
11,1 foizni tashkil qilgan, 2019-yilda 15,2 foiz edi, 2018-yilda 14,3 foiz, 2017-yilda
14,4 foiz). Ikkinchidan, 2021-yil Markaziy bank mamlakatdagi inflyatsiya darajasini
nazorat qila boshlaganidan keyingi birinchi yil bo‗ldi. Regulyator
o‗z maqsadiga erishdi va inflyatsiyani 10 foizlik darajada ushlab
turishning uddasidan chiqdi.