Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 12 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
23
December, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
iqtisodiyot fanlari nomzodi I.Sayfiddinovning so‘zlarini keltirib o‘tamiz:
Inflyatsiya – bu, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida
yuzaga keluvchi
disproporsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki
to‘xtovsiz o‘sishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi va pul
birligining qadrsizlanishidir.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot
jarayonida statistic, analitik, qiyosiy, kuzatuv, induktiv, deduktik,
mantiqiy,
monitoring, ekspress – baholash va boshqa tahlil usullaridan foydalanildi.
O‘rganilgan adabiyotlar natijasida mavzu to‘liq yoritib berildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Muomalada qog‘o pullar va tanga pullarning mavjudligi inflyatsiyani vujudga
keltiruvchi iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. ―Inflyatsiya‖ termini –
lotincha ―
inflation‖ so‘zdan olingan bo‘lib – ―shishirilgan‖, ―bo‘rttirilgan‖,
―ko‘pchigan‖ degan ma‘nolarni anglatadi. Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyati
muomaladagi naqd pullarning sotib olish qobiliyatining pasayishi,
tovarlar va
xizmatlarning bahosini o‘sib borishini anglatadi. Bu so‘z XIX asrning o‘rtalaridan
boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilgunga qadar, u
tibbiyotda xavfli o‘sma kasalligini ifodalashda qo‘llanilgan. Tarix haqiqatdan ham bu
so‘zning har tomonlama xavfli ekanligini ko‘rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir
alohida olingan bozorlarda tovarlar va xizmatlar narxining o‘sishidangina
iborat
bo‘lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy
o‘girtmasi – muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko‘p
pul chiqarish degan ma‘noni anglatadi.
Agar tarixga e‘tibor beradigan bo‘lsak,
urush va boshqa ofatlar sababli boshqa xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya bilan
uzviy bog‘liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napaleon
bilan urush davrida, Fransiyada –
fransuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX
asrning o‘rtalarida namoyon bo‘lgan. Germaniyada juda yuqori su‘atlardagi
inflyatsiya 1923 – yillarda bo‘lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion
markagacha yetgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan.
Bu tarixiy misollar
ko‘rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo‘lmasdan, balki tarixan mavjud
bo‘lgan jarayon bo‘lib hisoblanadi.
Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida
olingan mamlakatda ma‘lum xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Hozirgi davr
inflyatsiyasi, o‘tgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi
xusuiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik bo‘lib, ular
odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog‘oz