G‟iyosiddin Abdullayevich Safarov


MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI



Yüklə 439,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix28.04.2023
ölçüsü439,95 Kb.
#104240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
639836ea661da172076081 (2)

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
 
 
 
 
Inflyatsiya atamasiga bir qancha ta‘rif berish mumkin. Umuman olganda 
inflyatsiya bu pulning qadrsizlanishi hisoblanadi. Bu ta‘rifning 
mazmun mohiyatini yanada chuqurroq ifodalash maqsadida 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 12 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
23
 
December, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
iqtisodiyot fanlari nomzodi I.Sayfiddinovning so‘zlarini keltirib o‘tamiz: 

Inflyatsiya – bu, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi 
disproporsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki 
to‘xtovsiz o‘sishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi va pul 
birligining qadrsizlanishidir. 
 
TADQIQOT METODOLOGIYASI 
 
 
 
 
 
 
Tadqiqot jarayonida statistic, analitik, qiyosiy, kuzatuv, induktiv, deduktik, 
mantiqiy, monitoring, ekspress – baholash va boshqa tahlil usullaridan foydalanildi. 
O‘rganilgan adabiyotlar natijasida mavzu to‘liq yoritib berildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
 
 
 
 
 
 
Muomalada qog‘o pullar va tanga pullarning mavjudligi inflyatsiyani vujudga 
keltiruvchi iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. ―Inflyatsiya‖ termini – 
lotincha ―inflation‖ so‘zdan olingan bo‘lib – ―shishirilgan‖, ―bo‘rttirilgan‖, 
―ko‘pchigan‖ degan ma‘nolarni anglatadi. Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyati 
muomaladagi naqd pullarning sotib olish qobiliyatining pasayishi, tovarlar va 
xizmatlarning bahosini o‘sib borishini anglatadi. Bu so‘z XIX asrning o‘rtalaridan 
boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilgunga qadar, u 
tibbiyotda xavfli o‘sma kasalligini ifodalashda qo‘llanilgan. Tarix haqiqatdan ham bu 
so‘zning har tomonlama xavfli ekanligini ko‘rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir 
alohida olingan bozorlarda tovarlar va xizmatlar narxining o‘sishidangina iborat 
bo‘lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy 
o‘girtmasi – muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko‘p 
pul chiqarish degan ma‘noni anglatadi. 
Agar tarixga e‘tibor beradigan bo‘lsak, 
urush va boshqa ofatlar sababli boshqa xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya bilan 
uzviy bog‘liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napaleon 
bilan urush davrida, Fransiyada – fransuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX 
asrning o‘rtalarida namoyon bo‘lgan. Germaniyada juda yuqori su‘atlardagi 
inflyatsiya 1923 – yillarda bo‘lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion 
markagacha yetgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar 
ko‘rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo‘lmasdan, balki tarixan mavjud 
bo‘lgan jarayon bo‘lib hisoblanadi.
Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida 
olingan mamlakatda ma‘lum xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Hozirgi davr 
inflyatsiyasi, o‘tgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi 
xusuiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik bo‘lib, ular 
odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog‘oz 



Yüklə 439,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin