G‟iyosiddin Abdullayevich Safarov


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 439,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix28.04.2023
ölçüsü439,95 Kb.
#104240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
639836ea661da172076081 (2)

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 12 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
28
 
December, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
keng foydalangan holda qaror qabul qilish, suzuvchi valyuta kursidan foydalanish, 
kommunikatsiyaviy siyosat tamoyillari, valyuta intervensiyasi strategiyasi va 
boshqalar. Markaziy bank inflyatsiyaning erishilishi zarur eng mos maqsad (target)ini 
(masalan, inflyatsiyaning 5 foizli darajasiga erishish) o'rnatib, ushbu targetni pul-
kredit siyosati instrumentlaridan foydalangan holda saqlashi lozim. Narxlar 
barqarorligini ta'minlash inflyatsion targetlash rejimiga o'tishda samarali usullardan 
biri bo'lib, u o'z navbatida, "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida"gi 
Qonunga muvofiq, Markaziy bankning bank tizimi va to'lov tizimlari ishlashining 
barqarorligini ta'minlash singari asosiy maqsadlari qatorida turadi. 
Nima uchun aksariyat mamlakatlar inflyatsion targetlash rejimini tadbiq 
etmoqda? 
 Gap shundaki, past darajadagi va progonoz qilinadigan (barqaror) inflyatsiya 
mamlakatda barqaror iqtisodiy o'sish uchun juda zaruriy omil hisoblanadi. Binobarin, 
inflyatsion kutilma tijorat banklari tomonidan kredit ajratishda undagi foiz stavkasiga 
qo'shiladi hamda yuqori inflyatsion kutilma kredit foiz stavkasining yuqori bo'lishiga 
olib keladi. Shunday qilib, tadbirkorlar qarz mablag' (kredit)lardan foydalanganliklari 
uchun hisoblangan foiz stavkalarining yuqori (yuqori inflyatsiya ta'sirida) bo'lishi, 
ularni qaytarish bilan bog'liq to'lovlarga ta'sir qiladi. Agar foiz stavkalari (kredit 
uchun hisoblangan) yuqori bo'lsa, tadbirkorlar kamroq kredit oladilar. Bu esa 
ularning investitsiyaviy qobiliyatiga ta'sir etgan holda, uzoq muddatli iqtisodiy 
o'sishga salbiy ta'sir qiladi. Zero, biz bugun kiritayotgan investitsiyalar - ertangi 
kunda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy ishlab 
chiqarish manbalarini yaratishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Barqaror 
iqtisodiy o'sish uchun past darajadagi va progonoz qilinadigan (barqaror) inflyatsiya 
markaziy banklar uchun zaruriy shartlardan biri hisoblanadi. Shu sababli, past 
darajadagi va prognoz qilinadigan (barqaror) inflyatsiyani ta'minlash aksariyat 
markaziy banklar tomonidan ularning uzoq muddatli maqsadi (target) sifatida 
belgilanadi. 
Nima uchun inflyatsion targetlash rejimidan foydalanish kerak? 
Inflyatsion targetlash rejimi bir necha makroiqtisodiy maqsadlarga erishish 
imkonini beradi: 

narxlarning keskin oshishi va yuqori inflyatsiyani oldini olish; 

pul bozorini shakllantirish, pul bozorini segmentlash sabablarini bartaraf 
etish; 

ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda, aholi va 
tadbirkorlarning to'lov qobiliyatini qo'llab-quvvatlash hamda 
moliya sektorining barqarorligini ta'minlash. 



Yüklə 439,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin