G‟iyosiddin Abdullayevich Safarov



Yüklə 439,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix28.04.2023
ölçüsü439,95 Kb.
#104240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
639836ea661da172076081 (2)

O`zbekistonda 
inflyatsiyaga 
qarshi 
siyosatning 
olib 
borilishi. 
Inflyatsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishni uzoq muddatli va qisqa muddatli 
siyosat bilan qo`shib olib borish kerak. Uzoq muddatli siyosat quyidagilarni o`z 
ichiga oladi: 

Soliq tizimini takomillashtirish hamda davlatning xarajatlarini kamaytirish 
hisobiga byudjet taqchilligini qisqartirish choralarini ko‘rish; 

Pul muomalasi sohasidagi tadbirlar, xususan pul massasi o‘sishining yo‘l 
qo‘yish mumkin bo‘lgan eng yuqori me‘zonlarini, pul massasi o‘sishining har yilgi 
qat‘iy limitlarini belgilash; 

Inflyatsiyani avj oldiruvchi tashqi omillarni bartaraf 
etish, xususan hukumat byudjet taqchilligini moliyalashtirish 
maqsadida chet eldan qisqa muddatli kreditlar va qarzlar olish 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 12 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
27
 
December, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
yo‘li bilan iqtisodiyotga inflyatsiyaning ta‘sirini kamaytirish, bu kreditlar va qarzlarni 
konvertatsiyalash hamda shu summaga milliy valyutaning qo‘shimcha massasini 
chiqarish; 
Inflyatsiyaga qarshi qisqa mmuddatli siyosat inflyatsiya sur‘atlarini vaqtincha 
pasaytirib turishga qaratilgan bo‘lib, u quyidagilarni qamrab oladi: 

Jami talab oshmagan holda tovarlar va xizmatlarni qo‘shimcha ishlab 
chiqarishni rag‘batlantirish hisobiga, iste‘mol tovarlarini ko‘plab miqdorda import 
qilish, kkorxonalarning kata miqdordagi aksiyalarini sotish hisobiga jami taklifni 
kengaytirish; 

Sug‘urtalash va jamg‘arishni rag‘batlantirish. 
Inflyatsiyaga qarshi siyosat munosabati bilan inflyatsiyaga qarshi kurashning 
xarajatlari masalasi keskin bo`lib turadi. Jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan 
olganda inflyatsiyaga qarshi kurash. Xalq xo`jaligida kattagina zarar ko`rishga, ya'ni 
ishsizlikning o`sishi va ishlab chiqarishning pasayishiga olib kelishi mumkin. 
Ayrim hisob-kitoblarga ko`ra, inflyatsiyani 1 foiz kamaytirish uchun ishsizlik yil 
davomida o`zining tabiiy darajasidan 2 foiz yuqori bo`lishi kerak, bunda real YaMM 
potentsial YaMM ga qaraganda 4 foiz kamayadi. Ko`pgina mamlakatlarning 
xukumatlari nazoratdan chiqib ketgan inflyatsiyani jilovlashga harakat qilib, narxlar 
va daromadlar siyosati deb atalgan siyosatni amalga oshirdilarki, uning asosiy 
vazifasi ish haqi o`sishini cheklashdan iborat bo`ladi. 
Bundan tashqari inflyatsiyani jilovlashning yana bir usullaridan biri 
―Inflyatsion targetlash‖ usuliga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak: 
Hozirgi kunda inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatini olib borishning eng 
ommabop usullaridan biri bo'lib, ushbu usul jahondagi 40 dan ortiq mamlakatlarda 
qo'llanilmoqda. “Target” so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, “maqsad” degan ma'noni 
anglatadi. Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi (target) 
o'rnatiladi. Inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi (targeti)ga erishish uchun pul-kredit 
siyosati mexanizmlari bosqichma-bosqich ushbu rejimga o'tkazilib, inflyatsiyani 
pasaytirishda samarali instrument sifatida foydalaniladi. O'z navbatida, ushbu 
rejimning qo'llanilishi narxlar barqarorligini ta'minlash orqali o'rta muddatli 
istiqbolda mustahkam va barqaror iqtisodiy o'sish uchun qo'shimcha sharoitlar 
yaratishi mumkin. Shu bilan birga, Markaziy bank inflyatsiya darajasining eng mos 
maqsad (target)ini aniqlab olib, unga pul-kredit siyosati instrumentlarini qo'llash, 
iqtisodiy rivojlanishni muntazam tahlil qilish va pul-kredit siyosati rejalarini keng 
yoritish orqali erishadi. 
Bu rejim o'zining qabul qilingan standartlari va tartiblariga 
ega. Masalan, makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimidan 



Yüklə 439,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin