Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 12 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 31 December, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Inflyatsiyaning hayotga ta’siri Inflyatsiya mamlakat taraqqiyotining eng muhim ko‗rsatkichlaridan biridir — u
qancha past bo‗lsa, shuncha yaxshi. Masalan, Shveysariya kabi rivojlangan
mamlakatlarda yillik inflyatsiya darajasi 1,5 foizdan oshmaydi, Venesuela kabi
inqirozga botgan davlatlarda esa 500 foizdan oshib ketgan. O‗zbekiston 2021-yil
boshidan inflyatsion targetlash tizimiga o‗tdi. Bu tizimda Markaziy bank inflyatsiya
bo‗yicha maqsad (target) qo‗yadi va unga erishish uchun barcha imkoniyatlar ishga
solinadi. 2021-yil uchun mo‗ljallangan maqsad o‗n foiz bo‗lgan bo‗lsa, 2023-yilga
kelib, bu ko‗rsatkichni besh foizga yetkazish rejalashtirilgan. Ma‘lumot uchun, besh
foizli inflyatsiya bu Kanada va Buyuk Britaniya kabi davlatlar darajasiga teng
ko‗rsatkichdir. Targetlash doirasida narx barqarorligi moliyaviy barqarorlikni
ta‘minlaydi, chunki mamlakatdagi ahvol hamma uchun oydinlashadi va oldindan
aytish mumkin bo‗ladi. Masalan, investorlar, tadbirkorlar va boshqalar qaror qabul
qilishga izchilroq yondashadi. Bu, o‗z navbatida, butun moliya tizimining
barqarorlashuviga olib keladi hamda Markaziy bank ishtiroki darajasini pasaytiradi.
Dunyodagi ahvol va milliy valyutaning o‘rni O‗zbekistonda inflyatsiya darajasi rekord darajada tushib ketgan bir vaqtda
dunyoning ko‗plab mamlakatlarida bu, aksincha, keskin tezlashib ketdi. Masalan,
Qo‗shma Shtatlarda u 40 yil oldin, Rossiyada esa besh yil oldin rekord darajaga
yetgan. Buning bir qancha sabablari bor. Birinchisi, albatta, koronavirus —
pandemiya ortidan deyarli barcha mamlakatlar pul-kredit siyosatini yumshatdi. Ya‘ni,
hukumat iqtisodga ko‗proq pul to‗ka boshladi — masalan, aholiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri
to‗lovlar yoki arzon kreditlar shaklida. Buning oqibatida, iste‘molga talab oshib,
ishlab chiqarish ortda qolyapti. Yana bir boshqa sabablaridan biri — milliy
valyutaning qadrsizlanishi. Masalan, turk lirasi bu yil deyarli 50 foizga qadrsizlandi
va shu sabab inflyatsiya 20 foizdan oshdi. Bu vaziyatda o‗zbek so‗mi mustahkam
turibdi — dastlabki o‗n oyda valyuta atigi ikki foizga qadrsizlandi. Markaziy bank
rahbari Mamarizo Nurmatovning ta‘kidlashicha, valyuta tushumi eksport hisobiga 35
foiz oshishi, shuningdek, banklar va eksportchilar tomonidan valyuta ayirboshlash
hajmining ortishi natijasida nisbatan barqaror kursga erishishning uddasidan
chiqilgan. Iqtisodiyotda davlat ishtirokining yuqori ulushi, xomashyo eksportiga
kuchli bog‗liqlik va tarkibiy nomutanosiblik kabi hodisalar, ayniqsa, islohotlar
davrida mahsulot va xizmatlar narxining o‗sishini sezilarli darajada tezlashtirib
yuborishi mumkin. Inflyatsion targetlash shu narsaga yo‗l qo‗ymaslikka qaratilgan.
Inflyatsiya darajasining pastligi narx-navo barqarorligini bildiradi,
bu esa, o‗z navbatida, aholining turmush darajasiga ham, uning
mehnat faoliyatiga ham ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bu omillar oxir-