O`zbekistonda
inflyatsiyaga
qarshi
siyosatning
olib
borilishi.
Inflyatsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishni uzoq muddatli va qisqa muddatli
siyosat bilan qo`shib olib borish kerak. Uzoq muddatli siyosat quyidagilarni o`z
ichiga oladi:
Soliq tizimini takomillashtirish hamda davlatning xarajatlarini kamaytirish
hisobiga byudjet taqchilligini qisqartirish choralarini ko‘rish;
Pul muomalasi sohasidagi tadbirlar, xususan pul massasi o‘sishining yo‘l
qo‘yish mumkin bo‘lgan eng yuqori me‘zonlarini, pul massasi o‘sishining har yilgi
qat‘iy limitlarini belgilash;
Inflyatsiyani avj oldiruvchi tashqi omillarni bartaraf
etish, xususan hukumat byudjet taqchilligini moliyalashtirish
maqsadida chet eldan qisqa muddatli kreditlar va qarzlar olish
Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 12 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
27
December, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
yo‘li bilan iqtisodiyotga inflyatsiyaning ta‘sirini kamaytirish, bu kreditlar va qarzlarni
konvertatsiyalash hamda shu summaga milliy valyutaning qo‘shimcha massasini
chiqarish;
Inflyatsiyaga qarshi qisqa mmuddatli siyosat inflyatsiya sur‘atlarini vaqtincha
pasaytirib turishga qaratilgan bo‘lib, u quyidagilarni qamrab oladi:
Jami talab oshmagan holda tovarlar va xizmatlarni qo‘shimcha ishlab
chiqarishni rag‘batlantirish hisobiga, iste‘mol tovarlarini ko‘plab miqdorda import
qilish, kkorxonalarning kata miqdordagi aksiyalarini sotish hisobiga jami taklifni
kengaytirish;
Sug‘urtalash va jamg‘arishni rag‘batlantirish.
Inflyatsiyaga qarshi siyosat munosabati bilan inflyatsiyaga qarshi kurashning
xarajatlari masalasi keskin bo`lib turadi. Jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan
olganda inflyatsiyaga qarshi kurash. Xalq xo`jaligida kattagina zarar ko`rishga, ya'ni
ishsizlikning o`sishi va ishlab chiqarishning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Ayrim hisob-kitoblarga ko`ra, inflyatsiyani 1 foiz kamaytirish uchun ishsizlik yil
davomida o`zining tabiiy darajasidan 2 foiz yuqori bo`lishi kerak, bunda real YaMM
potentsial YaMM ga qaraganda 4 foiz kamayadi. Ko`pgina mamlakatlarning
xukumatlari nazoratdan chiqib ketgan inflyatsiyani jilovlashga harakat qilib, narxlar
va daromadlar siyosati deb atalgan siyosatni amalga oshirdilarki, uning asosiy
vazifasi ish haqi o`sishini cheklashdan iborat bo`ladi.
Bundan tashqari inflyatsiyani jilovlashning yana bir usullaridan biri
―Inflyatsion targetlash‖ usuliga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak:
Hozirgi kunda inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatini olib borishning eng
ommabop usullaridan biri bo'lib, ushbu usul jahondagi 40 dan ortiq mamlakatlarda
qo'llanilmoqda. “Target” so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, “maqsad” degan ma'noni
anglatadi. Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi (target)
o'rnatiladi. Inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi (targeti)ga erishish uchun pul-kredit
siyosati mexanizmlari bosqichma-bosqich ushbu rejimga o'tkazilib, inflyatsiyani
pasaytirishda samarali instrument sifatida foydalaniladi. O'z navbatida, ushbu
rejimning qo'llanilishi narxlar barqarorligini ta'minlash orqali o'rta muddatli
istiqbolda mustahkam va barqaror iqtisodiy o'sish uchun qo'shimcha sharoitlar
yaratishi mumkin. Shu bilan birga, Markaziy bank inflyatsiya darajasining eng mos
maqsad (target)ini aniqlab olib, unga pul-kredit siyosati instrumentlarini qo'llash,
iqtisodiy rivojlanishni muntazam tahlil qilish va pul-kredit siyosati rejalarini keng
yoritish orqali erishadi.
Bu rejim o'zining qabul qilingan standartlari va tartiblariga
ega. Masalan, makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimidan
|