Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 12 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
25
December, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodiyotida bo‘lgan krezislar, (xom –
ashyo, yoqilg‘I, valyuta bo‘yicha)
davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa
davlatlar bilan
tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaxiralari bilan bo‘ladigan
noqonuniy operatsiyalar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqarish rivojlanishida
yuzaga keladigan
nomutanosibliklar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to‘xtovsiz
o‘sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi oqibatida pul birligining
qadrsizlanishiga
inflyatsiya deb aytiladi.
Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
Tovarlar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o‘sib
borishi
natijasida pulning qadrsizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;
Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Inflyatsiyaning turlari:
Sudraluvchi inflyatsiya (mamlakatda inflyatsiya darajasi 5 – 10% bo‘lgan
holatda kuzatiladi);
Shiddatli inflyatsiya (inflyatsiya darajasi 10 – 100%, ba‘zan, 200% gacha
bo‘lgan holatlarda kuzatilishi mumkin);
Giperinflyatsiya (inflyatsiya darajasi 200% dan yuqori bo‘lgan
vaziyatda
namoyon bo‘ladi. Yuqorida ta‘kidlab o‘tilganidek, giperinflyatsiyaga misol tariqasida
1923 – yillarda Germaniyada yuzaga kelgan inflyatsiyani keltirib
o‘tishimiz mumkin);
Dostları ilə paylaş: