10.2-jadval
Iqtisodiy xavfsizlikning quyi tahlikali chegaralari
Ko‘rsatkichlar
|
Quyi tahlikali chegara
|
Mazmuni
|
Darajasi, %
|
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar
|
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan, %
|
16
|
Ishsizlik darajasi
|
Iqtisodiy faoli aholiga nisbatan, %
|
8
|
Monetarizatsiya darajasi
|
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan, %
|
25
|
Tashqi qarz
|
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan, %
|
40
|
Ichki qarz
|
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan, %
|
30
|
Tashqi qarzlar bo‘yicha to‘lovlar
|
To‘lovlarning yillik eksport hajmiga nisbatan, %
|
25
|
Mudofaa xarajatlari
|
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan, %
|
3
|
Ta’limga xarajatlar
|
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan, %
|
1,5
|
Innovatsion mahsulotlar
|
Sanoat mahsulotlari umumiy hajmiga nisbatan, %
|
15
|
Sanoat ishlab chiqarishida mashinasozlik va metallni qayta ishlash
|
Sanoat ishlab chiqarishi hajmidagi ulushi, %
|
25
|
Davlat budjeti defitsiti
|
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan, %
|
3,0
|
Davlat qarzini qoplash xarajatlari
|
Davlat budjeti xarajatlari hajmiga nisbatan, %
|
20
|
Yashash minimumidan past darajada daromad oluvchi aholi
|
Aholi umumiy sonidagi ulushi, %
|
7,0
|
Aholi daromadlari bo‘yicha tabaqalanish
|
Detsil koeffitsiyenti
|
8,0
|
Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlik quyi tahlikali chegarasi indikatorlari 50 ta ko‘rsatkichni o‘z ichiga olgan holda quyidagicha turkumlangan195:
- iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Ushbu guruhga yalpi ichki mahsulot hajmi, sanoat ishlab chiqarish va uning tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun xarajatlar ulushi, investitsiyalar, foydali qazilma boyliklarining zahiralari bo‘yicha quyi tahlikali chegarani ifodalovchi indikatorlar kiradi;
- moliyaviy tizim barqarorligi ko‘rsatkichlariga davlat budjeti kamomadi, davlat qarzi, pul muomalasi, o‘zaro hisob-kitob va soliq intizomini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi;
- ijtimoiy soha ko‘rsatkichlari aholi daromadlari darajasi va uning mulkiy jihatdan tabaqalanishi, ishsizlik va ijtimoiy soha xarajatlari bo‘yicha quyi tahlikali chegaralarni o‘z ichiga oladi;
- tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari guruhiga mamlakat ichki iste’molida importning ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi bo‘yicha quyi tahlikali chegaralarni ifodalovchi indikatorlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |