Globalashuv sharoitida ishchi kuchi bozori va migratsiya muomolari Mundarija Kirish



Yüklə 275,78 Kb.
səhifə9/12
tarix27.12.2023
ölçüsü275,78 Kb.
#198845
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Globalashuv sharoitida ishchi kuchi bozori va migratsiya muomolari Muhlisaxon119

Ko‘rsatkichlar

2001 y.

2005 y.

2010 y.

2015 y.

2020 y.

2020 y. 2001 y.ga nisbatan, % (+/-)

Iqtisodiy faol aholi

9173,5

10224,1

12286,6

13767,7

14797,9

+62

Ish bilan bandlar, jami

9136

10196,2

11628,4

13058,3

13239,6

+69

Shundan:



















Iqtisodiyotning rasmiy sektorida

5920,2

6370,4

5348,9

5294,9

5732,4

-3,3

Iqtisodiyotning rasmiy sektorida ulushi, %

64,8

65,5

45,9

40,5

43,3

- 21,5

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida

2985,1

3559,7

5990,3

5209,1

5668,9

+52,6

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ulushi, %

32,7

34,9

51,5

37,8

42,8

10,1

Ishsizlar

37,5

320,2

658,2

709,4

1558,4

42 marta

Ishsizlik darajasi, %

0,4

3,1

5,7

5,2

10,5

10,1

Iqtisodiy nofaol aholi

3643,9

4229,2

4424,9

4508,4

4344,4

+19,2

Chet elda ishlash uchun ketganlar

230,7

266,1

289,2

2284,7

1838,2

8 marta

Mehnat resurslari

12817,4

14453,2

16509,7

18276,1

19142,3

+49,3

Shu bilan birga, ish izlovchilar http://ish.mehnat.uz/ saytida viloyat, tuman (shahar), soha yo‘nalishlari, kasb, ta’lim darajasi kesimida va istalgan maosh hajmi doirasida vakant ish joylari haqidagi ma’lumotlardan foydalanishlari rasmiy ish bilan bandlik darajasini oshirish imkoniyatini bermoqda. Yangi texnologiyalar elektron ro‘yxatga olish, integratsiyalashgan va avtomatlashgan holda xizmat ko‘rsatish sifatida inson omili, uning ishtirokini imkon darajada kamaytirib, iqtisodiy birliklarning transaksion xarajatlarini kamaytirishga, iqtisodiy faoliyatni rasmiylashtirish imkonini beradi.O‘zbekistonda 2020 yilda norasmiy mehnat bilan bandlik darajasi 2001 yilga nisbatan 52,6 foizga oshgan, iqtisodiyotning rasmiy sektorida bandlik 3,3 foizga kamaygan. Hisobot davrida respublikadan chet elda ishlash uchun ketganlar soni 8 martaga, ishsizlik darajasi 42 martaga, iqtisodiy faol aholi esa 62 foizga oshgan. Iqtisodiy faol aholining jami mehnat resurslariga nisbati 2001 yilda 71,6 foiz va 2020 yilda 77,3 foizni tashkil qilgan


Norasmiy mehnat bilan bandlik darajasiga iqtisodiy, huquqiy omillar bilan bir qatorda ijtimoiy-demografik omillar ham ta’sir qiladi. Aksariyat hollarda mehnat bozorida aholining huquqiy savodxonligi bo‘lmagan, o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotli, o‘z kasbi va malakasi bo‘yicha iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish topa olmagan guruhlari norasmiy mehnat munosabatlariga kirishadilar. O‘zbekistonda norasmiy mehnat bilan bandlarning ijtimoiy-demografik holatini tahlili ularning 32,1 foizi – umumiy o‘rta, 61,1 foizi – o‘rta–maxsus va 6,8 foizini – oliy ma’lumotli shaxslar tashkil qilishi aholining ma’lumot va malaka darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mehnat bozorida norasmiy mehnat bilan bandlik darajasi mos holda kam bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Mehnat sohasidagi keng islohotlar natijasida 2016-2020 yillarda mehnat organlari tomonidan kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirilgan fuqarolar soni 8,8 barobar oshgan. Ishsizlarni jamoat ishlariga jalb etish ko‘rsatkichi 65 barobar ortgan. Shu davrda oliy ta’limga qabul parametrlari 2016 yilga nisbatan 2,5 barobarga o‘sdi, yoshlarimizni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 9 foizdan 25 foizga yetdi. Ta’kidlash lozimki, norasmiy mehnat bilan bandlikni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash va uni bartaraf etishga qaratilgan yechimlarni hal etish davlatning bandlik siyosatida muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi zamonda aholi bandligini ta’minlashda bandlikning nostandart shakllari, jumladan, aholining o‘zini o‘zi band qilishining o‘sishi mehnat bozori moslashuvchanligining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Iqtisodiy inqirozlar, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi davrida va undan so‘ng barqaror bo‘lmagan ish bilan band xodimlarga ko‘proq ta’sir qilishi hamda kambag‘allikni qisqartirish maqsadida bandlikning nostandart shakllaridan keng foydalanish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, Yevropa Ittifoqida bandlikning nostandart shaklida band bo‘lgan xodimlar jami ish bilan bandlikning deyarli 40 foizini jumladan, Niderlandiyada deyarli 50 foizini tashkil qiladi. Aholining norasmiy mehnat bilan bandligini kamaytirishning muhim vositalaridan biri sifatida nostandart ish bilan bandlik shakllaridan keng foydalanish (masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida, o‘zini o‘zi band qilish, frilans, autsorsing, vaqtinchalik, mavsumiy bandlik, uyda bandlik) va xususan o‘zini o‘zi band qilishni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxatga olish xabar berish tartibida maxsus mobil ilova yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirilishi, bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida (245 ming so‘m) ijtimoiy soliq to‘lash orqali ularning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmasligi belgilangan. Hozirgi kunda o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun 68 ta faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari tasdiqlangan bo‘lib, ularni yanada kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Natijada, 2021 yil 1 iyul holatiga 852,4 ming nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shundan 310,1 ming nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar tashkil etadi. XMTning ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda jami ish bilan bandlikda o‘zini o‘zi band qilganlar ulushi 42,5 foizni tashkil qiladi. Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va AQShda o‘zini o‘zi band qilganlar aholiga keng xizmat turlarini, 400 dan ortiq faoliyat (tadbirkorlik, ijtimoiy, rieltor, vositachilik, konsultativ xizmatlar, reklama, chakana savdo va boshqalar) ko‘rsatadilar va O‘zbekistonda ushbu faoliyat turlarida o‘zini o‘zi band qilishning imkoniyatlari hali ancha kengdir. Bizning fikrimizcha, o‘zini o‘zi band qilishni inson resurslarini boshqarish va aholi bandligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish lozim. O‘zini o‘zi band qilishning yollanma xodimga nisbatan afzalliklarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
– o‘ziga rahbar bo‘lish va o‘z ish faoliyatini to‘liq nazorat qilish hamda yakuniy mahsulot uchun o‘z ovoziga ega bo‘lish;
– ko‘proq daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lish, frilanserlar yollanib ishlaydiganlarga nisbatan ko‘proq pul topadilar va yo‘l xarajatlarini tejagan holda uyda o‘tirib, bola parvarishi bilan ham shug‘ullanish imkoniyati paydo bo‘lishi;
– ishning turli-tumanligi bilan bahramand bo‘lish, doimiy ishga moslashish, o‘z mahoratini oshirish va yangilash, har bir yangi mijoz bilan yangi chaqiriq, da’vat tufayli ijodkor bo‘lishi va o‘z biznesini ochishi;
– o‘zi uchun kun tartibini o‘rnatish, belgilangan ish jadvalining mavjud emasligi va ish soatlarining moslashuvchanligi;
– o‘z mijozlarini tanlashi va kimga xizmat ko‘rsatish huquqiga to‘liq egalik qilishi.
Mehnat bozorida inklyuzivlikni ta’minlash, yoshlar, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish bilan bandligiga ko‘maklashish maqsadida ular uchun alohida dastur va chora-dasturlar qabul qilinishi natijasida aholining ushbu guruhlarini mehnat faoliyatiga faol jalb etishga erishilmoqda. 2017-2020 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga 33,3 mlrd.doll. xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, 22,7 mlrd.doll to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritilishi natijasida mamlakatimizda barqaror yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va o‘sishi kuzatilmoqda. Natijada, 2016 yil 339,4 ming, 2017 yil 389,3 ming, 2018 yil 372,1 ming, 2019 yil 388,5 ming, 2020 yil 427,8 ming yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Shuningdek, mamlakatimizda mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni ish bilan bandligi masalasining o‘ta dolzarbligini hisobga olgan holda, 2021 yil boshidan qishloq xo‘jaligi uchun 1 gektardan yer ajratish orqali ularning bandligini ta’minlash yo‘lga qo‘yildi. COVID-19 pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’siriga qaramay, iqtisodiyotning barqaror faoliyat yuritishi, aholining daromad manbai bo‘lgan ish bilan bandligini saqlab turish, ommaviy ishdan bo‘shatilishlarni oldini olish, xodimlarni masofaviy ish usulida bandligini ta’minlash va boshqa keng chora-tadbirlar asosida ishsizlik darajasining oshib ketmasligiga erishildi

Yüklə 275,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin