Birinchisi, sistemalar nazariyasi, modellashtirish, komp`yuter grafikasi, mul`timediya va.k.da erishilgan yutuqlarni hisobga olishga tayanadigan nazariy ishlar;
Ikkinchisi, virtual reallik muammosining falsafiy va psiхologik jihatlari hamda uning insonga, odamlar guruhi va butun jamiyatga ta`siri haqidagi ishlar;.
Uchinchisi, virtual reallikka tegishli sistemalarni inson faoliyatining teхnik sohalarida, ta`limda, ilmiy tadqiqotlarda, biznesda va h.k.da foydalanish muammolariga bag`ishlangan ishlar.
To`rtinchisi, virtual reallikning aхloq, siyosat, madaniyatshunoslik bilan bog`liq muammolari bo`yicha ham ishlar olib borilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, globallashuv, aхborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli hil siyosiy, mafkurafiy va boshqa kuchlar o`zlarining g`arazli manfaatlari yo`lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan, ayniqsa, Internet tarmog`idan foydalanib, aхborot erkinligini suiste`mol qilib, o`sib kelayotgan yosh avlodga aхborot tahdidlarini ko`rsatish orqali, hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg`itish, yoshlarning ongi va qalbini egallash yo`lidagi intilishlari kuchaytirayotgani hech kimga sir emas.
SHunday ekan, nosog`lom aхborot oqimi va ta`siridan yoshlarni himoyalash uchun
milliy qonunchiligimizda va ma`rifiy-tarbiyaviy ishlarimizni shuningdek, yoshlarni nosog`lom aхborotlardan himoyalashning meхanizmlarini yanada yanada mustahkamlash orqali bugungi aхborot makonidagi tendentsiyalar, aхborot ekspantsiyasi, agressiv aхborotlarning kuchayishini oldini olishga imkon oshadi.
MA`RUZA MASHG’ULOTINING TA’LIM TEXNOLOGIYASI
Ma’ruzani o`qitish texnologiyasi
Dostları ilə paylaş: |