Globallashuv sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlar davlat moliyasi va moliyaviy tizimdagi islohatlarining yo`nalishi mundarija kirish I bob. Globallashuv sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlar davlat moliyasi


II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA TIZIMDAGI ISLOHATLARINING YO`NALISHI VA TAHLILI



Yüklə 372,5 Kb.
səhifə5/15
tarix14.03.2023
ölçüsü372,5 Kb.
#87841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
16 Full tayyor GLOBALLASHUV SHAROITIDA RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR

II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA TIZIMDAGI ISLOHATLARINING YO`NALISHI VA TAHLILI.
2.1. Moliya mexanizmining tarkibi va tahlili
Yaqin o‘tmishda, mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishiga to‘sqinlik qilib qolgan moliyaviy siyosat o‘z kamchiliklarini namoyon qildi. Uzoq davrlar mobaynida mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida moliya va faol moliyaviy siyosatning ahamiyatiga yetarlicha baho berilmadi. Iqtisodiyotda moliyaviy munosabatlarning ahamiyatini buzib ko‘rsatish sodir bo‘ldi, moliya va moliyaviy dastaklarning faol ahamiyati inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni xal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo‘ljallangan ibratli konsepsiyalarni ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko‘zlab ko‘rilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni og‘ir ahvolga olib keldi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga o‘tishda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keldi.
1. Barqaror moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat budjeti taqchilligini iloji boricha kamaytirish, budjetdan beriladigan dotatsiya va subvensiyalarni barcha turlarini bosqichma-bosqich qisqartirib borish;
2. Budjet mablag‘larini daromad tushgandan keyingina taqsimlanadigan yo‘ldan og‘ishmay borish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina budjetdan mablag‘lar ajratish;
3. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun budjetdan qaytarib olmaslikni ko‘zda tutib ta’minlash amaliyotidan voz kechish, buning o‘rniga ana shu maqsadlarda investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;
4. Soliq tizimini takomillashtirish budjet daromadlarini barqaror sur’atda to‘lab turishni ta’minlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali ishtirokidagi qayta ishlaydigan va xalq iste’moli mollarini ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonalarni rivojlanishini rag‘batlantiradigan soliq siyosatini olib borish.
Belgilangan strategik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajariladi. Hozirgi kunga kelib, iqtisodiy o‘sish davri boshlandi. Yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati barqarorlashdi.

Yüklə 372,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin