16 Full tayyor GLOBALLASHUV SHAROITIDA RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR
2.1.1-diagramma
Mamlakatimizda bugungi kunda davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2 578 tani tashkil etadi. Ularning 675 tasi faoliyatsiz, tugatish jarayonida va boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktyabrdagi 674-son qarori bilan davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida ushbu korxonalarning asosiy moliyaviy va iqtisodiy koʻrsatkichlari monitoringini olib borish maqsad qilingan. Unga koʻra, har bir korxona hisobotlarini Davaktiv agentligi saytiga joylashtirish orqali monitoringini olib borish belgilangan.
2020-yil yakuni boʻyicha moliyaviy hisobotlar tahlili natijasiga koʻra, hisobot topshirgan 1903 ta korxonaning eng yuqori sof foyda olgan 20 ta va eng koʻp zarar koʻrgan 10 ta korxona roʻyxati shakllantirildi.»Olmaliq kon-metallurgiya zavodi» AJ eng koʻp sof foyda olgan korxona, «Oʻztransgaz» AJ esa, zarar koʻrib ishlagan korxona deb topildi.
Shuningdek, Agentlik tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalar moliyaviy hisobotlarini umumlashtirish maqsadida boshqa organlar bilan elektron maʼlumot almashinuvi yoʻlga qoʻyilgan.
Davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar bilan Davaktiv agentligi rasmiy sayti orqali tanishishingiz mumkin.
Taktika esa, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi rivojlanishning xal qiluvchi joylarini va muhim muammolarni aniqlash, moliyaviy bog‘liqliklarni tashkil etish shakllari va usullarini o‘z vaqtida o‘zgartirish yo‘li bilan strategiya belgilab bergan vazifalarni qisqa muddat ichida, eng kam xarajatlar bilan amalga oshiradi.
Moliya siyosati inson faoliyatining mahsus shakli sifatida ustqurma kategoriyalariga taalluqlidir. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida chambarchas bog‘langan o‘zaro bog‘liqlik mavjuddir.
Bir tomondan, moliya siyosati iqtisodiy munosabatlar orqali vujudga keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy bazis asosida vujudga kelib va rivojlanib, moliya siyosati ma’lum bir mustaqillikka ega. Shuning uchun u iqtisodiyotga, moliyaning ahvoliga teskari ta’sirini o‘tkazadi. Bu ta’sir har xil bo‘lishi mumkin: bir xil paytlarda siyosiy chora-tadbirlarni o‘tkazish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratiladi, boshqalarda esa u to‘sqinlik qiladi.
Moliya siyosati moliyaviy munosabatlar mohiyatini o‘zgartirolmaydi. Lekin, davlat moliyaning mohiyatini bilib, u o‘z manfaatlariga qaratishga harakat qiladi.
Moliyaviy munosabatlar - obyektiv voqelik iqtisodiy munosabatining bir qismi bo‘lib, jamiyatning iqtisodiy bazisini tashkil qiladi. Moliya siyosati esa bazisga asoslanadi, shu bazisdan kelib chiqadi. Moliya siyosati ilmiy asoslangan moliyaviy nazariyaga tayanadi va tajribaga ko‘rsatma beradi, shu tariqa moliya siyosati nazariyani tajriba bilan bog‘laydi. Tajriba esa, nazariyaning to‘g‘riligini tekshirish mezonidir. Moliya siyosatining samaradorligini belgilash uchun jamiyatning ehtiyoji qanchalik qondirilganligi, qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar amalga oshirilganligi baholanishi lozim.