16 Full tayyor GLOBALLASHUV SHAROITIDA RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR
2.1.2-diagramma
2020-yil yakuni boʻyicha moliyaviy hisobotlar tahlili natijasiga koʻra, hisobot topshirgan 1903 ta korxonaning eng yuqori sof foyda olgan 20 ta va eng koʻp zarar koʻrgan 10 ta korxona roʻyxati shakllantirildi.»Olmaliq kon-metallurgiya zavodi» AJ eng koʻp sof foyda olgan korxona, «Oʻztransgaz» AJ esa, zarar koʻrib ishlagan korxona deb topildi.
Shuningdek, Agentlik tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalar moliyaviy hisobotlarini umumlashtirish maqsadida boshqa organlar bilan elektron maʼlumot almashinuvi yoʻlga qoʻyilgan.
Moliya siyosatiga baho berish va unga tuzatish, qo‘shimchalar kiritish uchun birinchi navbatda jamiyat ehtiyojini qondira oladigan holdagi ijtimoiy taraqqiyot rejasini aniq bilish zarur. U rejada bo‘lajak va yaqin kelajakda amalga oshirish vaqtlari belgilangan chora-tadbirlar bo‘lishi lozim. Faqat shundagina moliya siyosatini ishlab chiqish va muvaffaqqiyatli amalga oshirish hamda obyektiv baholash mumkin.
Moliya siyosatini asosiy yo‘nalishlaridan biri - moliyaviy resurslarni imkon qadar yuqori hajmini aniqlash va ushbu manbalar doimiyligi hamda uzluksizligini ta’minlashdir, chunki moliyaviy resurslar salohiyati barcha o‘zgarishlarning moddiy bazasidir. Shuning uchun moliya siyosatini aniqlash va uning strategik va taktik asoslarini ishlab chiqish uchun davlatning moliyaviy ahvoli, moliyaviy salohiyati, boshqacha qilib aytganda davlatning moliyaviy imkoniyatining obyektivligi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lish lozim.
Moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash negizida quyidagilarni tanlash turadi:
- moliyaviy resurslar egalarini va ularni taqsimlovchilarini;
- moliyaviy resurslardan foydalanishda ustivor yo‘nalishlarni;
- moliyaviy resurslarni tashkil etish uchun manbalar va mablag‘larni jalb etish usullarini;
- davlat qo‘lida moliyaviy resurslarni markazlashtirish darajasini.
Bu masalalar davlatning hayot mazmuniga va funksiyalariga bog‘liq holda yechiladi va amalga oshiriladi.
Moliya siyosatining mazmuni ko‘p qirrali bo‘lib, quyidagi muhim bo‘g‘inlarni o‘z ichiga oladi:
a) moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan konsepsiyalarini ishlab chiqish. Bu konsepsiyalar quyidagilarni o‘rganish asosida ishlab chiqiladi:
- iqtisodiy qonunlar talablarini o‘rganish;
- xo‘jalik rivojlanishining holatini har tomonlama tahlil qilish;
- ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining bundan keyingi rivojlanish istiqbollarini o‘rganish;
- aholining talab va ehtiyojlarini o‘rganish.
b) istiqbolda va joriy davr mobaynida moliyadan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish; shu tarzda iqtisodiy siyosatda ko‘zda tutilgan maqsadlarga yetish yo‘llaridan kelib chiqiladi, xalqaro omillar inobatga olinadi va moliyaviy resurslarni yanada ko‘paytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
v) oldinga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy hatti-harakatlar, chora-tadbirlar ko‘rish.
Davlat moliya siyosati – ko‘p qirrali tushuncha. Uning ko‘lami davlatning iqtisodiyot va ijtimoiy sohani boshqarishdagi ishtiroki parametrlari bilan aniqlanadi.