Qonunda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to'qnashuvi kabi
iboralarning mazmuni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yildi.
"Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonunning mazmun mohiyatiga qisqacha
to'xtaladigan bo'lsak, unda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to'liq
qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik
jamiyati institutlari
tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini
oshirishga, shuningdek korrupsiyani ijtimoiy hayotning barcha sohalaridan to'liq bartaraf etishga,
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning
har qanday ko'rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga qaratilgan me'yorlar o'z aksini
topganligini ko'rishimiz mumkin.
Shuningdek, qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hamda bu
boradagi davlat siyosatining muhim yo'nalishlari, vakolatli organlar tizimi, fuqarolar o'zini o'zi
boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning
mazkur sohadagi ishtiroki, shuningdek xalqaro hamkorlik mustahkamlab qo'yilgan.
Qonun asosida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 2 fevraldagi
«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini
amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlar o'z mazmun
mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi
kurashning yangi bosqichini
boshlab berdi.
Prezidentimizning 2017 yil 7-fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda
O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar
strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid davlat
dasturida
ham
korrupsiyaga
qarshi
kurashishning
tashkiliy-huquqiy
mexanizmlarini
takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo'yicha tadbirlar
belgilanganligi alohida qayd etildi.
Qonun normalarini hayotga tatbiq etish maqsadida yuqorida ko'rsatilgan Prezidentimiz qarori
bilan 2017-2018 yillarga mo'ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha davlat dasturi,
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning hududiy boshqarmalarida
davlat va jamiyat
hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish
hamda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash, ularga chek qo'yish, ularning
oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida muayyan
ishlar amalga oshirilmoqda.
Qonundan ko'zlangan maqsad - korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishdan iboratdir. Hujjatda "korrupsiya", "korrupsion huquqbuzarlik", va "manfaatlar
mojarosi" kabi tushunchalarga izoh berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27-maydagi "O'zbekiston Respublikasida
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-
5729-sonli Farmoni asosida 2019 yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida aynan oliy ta'lim
sohasida "korrupsiyasiz soha" loyihasini amalga oshirish belgilab qo'yilganligi mamlakatda
kechayotgan har qanday islohotning muvaffaqiyati birinchi navbatda ta'limga bog'liqligini
ko'rsatadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27-maydagi "O'zbekiston Respublikasida
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-
5729-son Farmoni bilan 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi
kurashish davlat dasturi va
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan
tarkibi tasdiqlandi. Bundan tashqari Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat
samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo'yicha maxsus komissiya
tuzildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-
huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga,
jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo'naltirilgan tizimli choralar
ko'rildi. Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o'stirish,
xalq farovonligini oshirish, mamlakatda
investisiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi
kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta'minlash hamda korrupsiya
ko'rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo'yicha yangi tizimli choralar
ko'rilishini taqozo qilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan 2019
yil 30-avgustda Oliy ta'lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish va
«Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlangan. Loyihaning
maqsadi- tizimda olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, korrupsiyaning har qanday
ko'rinishiga barham berishdan iboratdir.
2020 yil 29-iyun kuni ushbu farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil
etildi. Agentlik korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini
shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli
davlat organi hisoblanib, prezidentga
bo'ysunishi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor bo'lishi ko'zda tutilgan.
Xorijiy amaliyot tahlili shuni ko‘rsatdiki, bozor iqtisodiyoti qonunlarga asoslangan
mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat va xususiy sektor ishtirokchilarining
xalqaro standartlar, qonun hujjatlari va boshqa zamonaviy usullarga muvofiq samarali faoliyat
yuritishini taʼminlovchi muhim vositalardan biri o‘z tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish
komplayens nazorat (compliance control) tizimini tashkil etish hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati – davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar,
qonun va boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-xatarlari,
manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga
oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o‘zida mujassam etgan profilaktik tizimdir.
Qayd etish lozimki, olib borilayotgan islohotlarni amaliy hayotga tatbiq etish maqsadida 2020
yil 4 fevralda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman)
tomonidan
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha idoraviy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib,
fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan korrupsiya haqida xabar berish mexanizmlari
joriy etilganligi ahamiyatlidir, xususan bugungi kunda:
– Ombudsmanning “10-96” ishonch telefoni va virtual qabulxonasi faoliyat yuritmoqda;
– fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha hamda
xodimlarning boshqa qonunga xilof ishlari to‘g‘risidagi murojaatlari tahlil qilinib boriladi,
ularning natijalari odob-axloq komissiyasi yig‘ilishlarida muhokama qilinadi.
– Ombudsman Kotibiyatiga ishga birinchi marta qabul qilinayotgan shaxslar uchun
korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida yo‘l-yo‘riqlarni tushuntirish,
xizmat vazifasiga
qo‘yiladigan asosiy majburiyatlar, taʼqiqlar, cheklovlar, talablar va idoraviy odob-axloq qoidalari
mazmun-mohiyati 3 ish kunidan kechiktirmay tushuntiriladi.
– Vakilga korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlarga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, 2020
yilning 6 oy davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining 26-moddasiga muvofiq Ombudsman tomonidan Bosh prokuraturaga 17 ta murojaat
yuborilgan (2019 yil – 21 ta). Ushbu murojaatlardan 2 tasi o‘z tasdig‘ini topgan.
Sohada
amalga
oshirilayotgan
ushbu
mazmundagi
islohotlarning
natijasi
sifatida
Dostları ilə paylaş: