Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi reja: 1



Yüklə 395,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/27
tarix25.12.2023
ölçüsü395,96 Kb.
#194968
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
FAlsafa 7 mavzu



GLOBALLASHUV VA BARQAROR TARAQQIYOT FALSAFASI
 
REJA: 
1
. Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va 
farqi. 
2. 
Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo‘nalishlari.
 
Tayanch iboralar 
Globallashuv, umumbashariy, global jarayonlar, mintaqaviy va mahalliy muammolar 
tushunchalari; fundamental globallashuv, demografiya; globalistika, ekologiya; ekologik 
tanazzul; ekosistema; texnooptimizm, demografik portlash; demografik siyosat; texnopessimizm, 
futurologiya. 
Globallashuv hodisasi va globalistika.
Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish 
uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir 
ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda 
dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol 
integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. 
Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va 
ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan 
jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga 
qadam qo‘ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va 
universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi.
Bu o‘zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda 
globallashuv (lot. globus – er kurrasi) deb nomlandi. 
Globallashuv jamiyat hayotining turli 
jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning 
shakllanishi, universallaShuv jarayonidir.
Shuningdek globallashuv global makonning tutashligi, 
yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik o‘zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu 
kabilar bilan tavsiflanadi.
Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish borasidagi ko‘p sonli sa’y-
harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida 
yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab etishga 
qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi. Kengroq 
ma’noda «
globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid 
ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek 
ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy 
jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo‘llaniladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, globalistika odatda ilmiy bilimning tabaqalanishi natijasida yoki 
turdosh fanlar tutashgan joyda paydo bo‘ladigan ayrim fanlar qatoriga kirmaydi. Uning vujudga 
kelishi zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hozirgi zamon faniga xos bo‘lgan integratsiyalashuv 
jarayonlari yotadi. Globalistika tadqiqotlar va bilishning shunday bir jabhasiki, bu erda turli fanlar 
bir-biri bilan uzviy aloqada, har biri o‘z predmeti va metodi nuqtai nazaridan, globallashuvning 
turli jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir-biridan alohida va yaxlit tizim sifatida 
o‘rganib, ularning echimlarini taklif qiladi. 
Globalistika mustaqil ilmiy yo‘nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-yillarning 
oxirlarida shakllana boshladi
, lekin uning paydo bo‘lishi uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin 
yuzaga kelgan edi.

Yüklə 395,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin