Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi reja: 1


Global muammolar globallashuvning oqibati sifatida



Yüklə 395,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/27
tarix25.12.2023
ölçüsü395,96 Kb.
#194968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
FAlsafa 7 mavzu

Global muammolar globallashuvning oqibati sifatida.
Ko‘rib chiqilgan globallashuv 
jarayonlari odamlarga yangi g‘am-tashvishlar va ijtimoiy hayotning internatsionallashuvidan kelib 
chiqadigan yangi (global) muammolar keltirdi. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, ular ijtimoiy 
rivojlanishda, shuningdek «jamiyat-tabiat» tizimida uzoq vaqt mobaynida yuz bergan miqdor va 
sifat o‘zgarishlari mahsuli bo‘ldi.


Shuni ta’kidlash lozimki, jahon hamjamiyati nafaqat yanada rang-barang, balki avvalgidan 
ham ziddiyatliroq shakl-shamoyil kasb etgani bilan tavsiflanadigan hozirgi vaziyat tarixda hech 
qachon bo‘lmagan. 
Bir tomondan, u bir-biriga o‘xshamaydigan, katta va kichik, rivojlangan va qoloq, 
tinchliksevar va urushqoq, yosh va qadimgi ko‘p sonli madaniyatlar, millatlar va davlatlardan 
iborat. Boshqa tomondan esa, insoniyat uchinchi ming yillikka yagona organizm sifatida, bir 
«umumiy uy», aniqroq aytganda, yashash sharoitlari nafaqat tabiiy ko‘rsatkichlar, ya’ni yashash 
uchun yaroqli hudud bilan, balki hayot faoliyati uchun zarur resurslar mavjudligi bilan ham 
chegaralangan Er deb atalmish katta va odamga to‘lib ketgan «kommunal kvartira» aholisi sifatida 
qadam qo‘ydi. Bu to‘la anglab etish jarayoni so‘nggi o‘n yilliklardagina yuz bergan va endilikda 
u bilan barcha mamlakatlar va xalqlar hisoblashishga majbur bo‘lgan borliqdir. 
Ayni vaqtda shuni ta’kidlash lozimki
, global muammolarning paydo bo‘lishi qandaydir 
yanglishish, kimningdir xatosi yoki ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishning ataylab tanlangan 
strategiyasi natijasi emas. Bu tarix injiqligi yoki tabiiy anomaliyalar mahsuli ham emas.
Ushbu 
muammolarning ildizlari ancha chuqur bo‘lib, industrial jamiyat, umuman texnokratik 
yo‘naltirilgan madaniyatning keng miqyosdagi inqirozini yuzaga keltirgan hozirgi 
sivilizatsiyaning vujudga kelish tarixiga borib taqaladi.
Mazkur inqiroz odamlarning bir-biri bilan, jamiyat va tabiat bilan o‘zaro aloqalarining butun 
majmuini qamrab oldi va deyarli butun jahon hamjamiyatiga, rivojlanayotgan mamlakatlarga va 
rivojlangan mamlakatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Insonning atrof muhitga salbiy ta’siri aynan 
rivojlangan mamlakatlarda, asosan bu erda jadal sur’atlarda va stixiyali tarzda rivojlangan 
iqtisodiyot bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra oldinroq va bo‘rtibroq namoyon bo‘ldi. Shu ma’noda 
2008 yilda boshlanib, butun dunyoni larzaga solgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat 
rivojlangan sanoat mamlakatlari, balki rivojlanayotgan, ayniqsa bozor munosabatlari qaror 
topayotgan davlatlarda ham o‘z salbiy oqibatini o‘tkazmasdan qolmadi. Ayni paytda global 
moliyaviy inqiroz jahon moliya bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va uni tubdan isloh 
qilishning zarurligini ko‘rsatib berdi. Ushbu moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qanday 
davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari ko‘p jihatdan bir qator omillarga, xususan, mamlakat 
moliya valyuta tizimi nechog‘lik mustahkam ekanligi, milliy kredit institutlarining qay darajada 
kapitallashuvi va likvidligi, oltin valyuta zahirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish 
qobiliyati, shuningdek, iqtisodiyotning barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatbardoshlik darajasi 
bilan bog‘liq. Darhaqiqat, birinchi prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek “mamlakatimizda 
jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009-2010 yillarga 
mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O‘zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy 
iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi”
2
. Bu esa respublikamiz 
moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining barqaror va ishonchliligi, ularning himoya 
mexanizmlarini kuchaytirish uchun, xalqaro moliya inqirozining mamlakat bank tizimiga ta’siri 
darajasini e’tiborga olgan holda, markaziy bankning pul-kredit siyosati dastaklari, likvidligini 
tartibga solish instrumentlarini yanada takomillashtirish, bank xizmatlaridagi innovatsiyalarni 
hisobga olgan holda banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni yanada 
takomillashtirishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu vazifa bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 

Yüklə 395,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin