muhandislar va texniklar
tomonidan boshqarilishi lozim, chunki ishlab chiqarishni jamiyat
manfaatlarida rivojlantirish (bu g‘oya T.Veblen texnokratik nazariyasining mag‘zini tashkil etadi)
faqat ularning qo‘lidan keladi va siyosiy hokimiyat ularga ayni Shu maqsadni ro‘yobga chiqarish
uchun kerak.
Shu davrda yangi tendensiyalarga nisbatan boshqacha
munosabatni ilgari suruvchi
yondashuvlar ham paydo bo‘ldi. Xususan, tabiat bilan jamiyatning o‘zaro munosabati
muammolarini anglab etishda V.I.Vernadskiyning roli va u noosferani
yaxlit umumbashariy
hodisa sifatida tushunishi mhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shunga o‘xshash fikrlarni taniqli fransuz
faylasufi, teolog P.Teyyar de Sharden ham ilgari suradi. Biosferaning tarkibiy qismi sifatida
insonning betakrorligini asoslashga harakat qilar ekan, u insonning tabiat
bilan munosabatlarini
uyg‘unlashtirish konsepsiyasini rivojlantirdi va butun insoniyatning birlashishi yo‘lida egoistik
niyatlardan
voz kechishga chaqirdi
5
.
Shunday qilib, faylasuflar va olimlar XX asrning birinchi yarmidayoq nafaqat yangi davr –
umumbashariy hodisalar davri boshlanayotganini, balki bu yangi sharoitlarda odamlar tabiiy va
ijtimoiy stixiyaga faqat bahamjihat qarshilik ko‘rsata olishi mumkinligini ham anglab etdilar.
Texnooptimizm.
Ammo qayd etilgan qarashlar 60-yillarning boshlariga kelib texnokratik
kayfiyatlarning yangi to‘lqini bilan chetga surib qo‘yildi va qariyb ikki o‘n yillik mobaynida
ommaviy ongga o‘z ta’sirini yo‘qotdi. Bunga urushdan keyingi davrda jahonning deyarli barcha
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarini qamrab olgan sanoat yuksalishi sabab bo‘ldi. 50-60-yillarda
ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari G‘arbda ham, Sharqda ham aksariyat mamlakatlar uchun porloq
bo‘lib tuyular edi.
Ijtimoiy ongda har qanday dunyoviy va hatto koinot muammolarini fan va
texnika yordamida hal qilish mumkin degan illyuziyani yaratgan texnooptimistik kayfiyatlar
kuchaydi
Bunday qarashlar «iste’mol jamiyati»ni ijtimoiy rivojlanish maqsadi deb e’lon
qilgan
ko‘p sonli nazariyalarda o‘z aksini topdi. Ayni shu davrda «industrial», «postindustrial»,
«texnotron», «informatsion» jamiyatlarning turli konsepsiyalarini yaratish ustida faol ish olib
borildi. 1957 yilda taniqli iqtisodchi va sotsiolog J.Gelbreyt «Serobgarchilik jamiyati» kitobini
e’lon qildi va uning asosiy g‘oyalarini keyinchalik o‘zining «Yangi industrial jamiyat» deb
nomlangan boshqa asarida rivojlantirdi. Uning asarlarida inson
fan va texnika sohasida
erishayotgan yutuqlarga yuksak va faqat ijobiy baho beriladi, mazkur yutuqlar ta’sirida jamiyat
iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarida chuqur o‘zgarishlar yuz berayotganiga e’tibor qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: