Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi reja: 1


GLOBAL MUAMMOLARNING MOHIYATI



Yüklə 395,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/27
tarix25.12.2023
ölçüsü395,96 Kb.
#194968
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
FAlsafa 7 mavzu

GLOBAL MUAMMOLARNING MOHIYATI

«Hozirgi davrning global muammolari» 
tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va 
siyosiy muomala(leksikon) hamda ommaviy ongdan mustahkam o‘rin oldi. 
Aksariyat hollarda u 
global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan qo‘llaniladigan atama sifatida ishlatiladi. 
Bunday holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik voqealar tenglashtirilganida, masalan, 
muayyan bir mamlakatning ijtimoiy muammolarini nazarda tutib, ular «global» deb nomlangan 
holda duch kelish mumkin.
Falsafada bu vazifani echish uchun tegishli mezonlar belgilangan bo‘lib, ularga muvofiq u 
yoki bu muammo global deb belgilanadi va shu tariqa bunday xususiyatga ega bo‘lmagan boshqa 
ko‘p sonli muammolardan farqlanadi. 
Muammolarning turli darajalari
. Global muammolar butun dunyogagina tegishli 
bo‘lmay, uning mintaqalari va hatto ayrim mamlakatlar darajasida namoyon bo‘lgani bois, ilmiy 
adabiyotlarda ularning umuminsoniy ahamiyatini tan olish bilan bir qatorda, ularni mohiyati 
o‘zgacha, ta’sir doirasi esa torroq bo‘lgan ayrim, mahalliy, mintaqaviy muammolardan farqlash 
ham amalga oshiriladi. Turli darajadagi muammolarni «umumiylik», «xususiylik» va «yakkalik» 
falsafiy kategoriyalarining muayyan ifodasi sifatida o‘rganar ekanlar, ularni odatda shunday talqin 
qiladilarki, xususiy muammolar ayrim muammolar sifatida, mahalliy va mintaqaviy muammolar 
– xususiy muammolar sifatida, global muammolar esa – umumiy muammolar sifatida amal qiladi. 
Zikr etilgan muammolarni farqlash zamirida yotuvchi asosiy mezon ham ayni shu yondashuvni 
belgilaydi. U geografik deb ataladi, chunki makon omilini yoki, boshqacha aytganda, muayyan 
muammolar mavjud hududni aks ettiradi.
XUSUSIY MUAMMOLAR
davlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi yashaydigan 
punktlarga yoki kichik tabiiy ob’ektlarga tegishli bo‘lgan muammolardir.
Bular, odatda, turli 
avariyalar, nosozliklar natijasida yuzaga keladigan har xil muammolar, mahalliy ijtimoiy 
konfliktlar va sh.k.

Yüklə 395,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin