GLOBAL MUAMMOLAR
butun er kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan
qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er osti bo‘shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson
faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilan izohlanadi.
Shunday qilib, global muammolar to‘g‘risida so‘z yuritilganda
butun sayyora nazarda
tutiladi, uning eng yirik tarkibiy birligi sifatida esa mintaqa qabul qilinadi. Bunda mintaqalar soni
va ularning miqyosi ko‘rib chiqilayotgan muammolar xususiyati bilan belgilanadi. Masalan, dunyo
miqyosidagi iqtisodiy qoloqlik muammosini tadqiq etishda odatda butun sayyorani ikki mintaqa –
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratish bilan kifoyalaniladi. Demografik, energetik
muammolar yoki xom ashyo muammolarini o‘rganishda esa, mintaqalar soni ko‘payadi va har
safar tadqiqotning muayyan maqsadlari bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: