Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi reja: 1



Yüklə 395,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/27
tarix25.12.2023
ölçüsü395,96 Kb.
#194968
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
FAlsafa 7 mavzu

Demografik muammo.
Hozirgi zamonda insoniyatning eng muhim muammolari orasida, 
aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari ko‘payishiga sabab bo‘layotgan 
aholining nazoratsiz o‘sishi qayd etiladi.
Ayrim mutaxassislarning baholashlariga ko‘ra, 
sayyorada mavjud energetika, xom ashyo, oziq-ovqat va boshqa resurslar Erda faqat bir milliardga 
yaqin kishi («oltin milliard») munosib hayot kechirishini ta’minlashi mumkin. Vaholanki, oxirgi 
ming yillik mobaynida sayyoramiz aholisi 15 baravar ko‘paydi va bugungi kunda 6 milliard 
kishidan oshib ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining o‘sish sur’atlari ham aqlni lol 
qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar ko‘payish 700 yil ichida, ikkinchisi – 150 yil ichida, 
uchinchisi – 100 yil ichida va oxirgisi – 40 yildan kamroq vaqt ichida yuz berdi. Shuni aytishning 
o‘zi kifoyaki, 1956 yil Erda 2,8 milliard kishi yashagan bo‘lsa, XX asr oxiriga kelib bu raqam 6 
milliardga etdi.
Ta’lim muammosi.
Demografik portlash sabablari ta’lim muammosi bilan uzviy bog‘liq. 
So‘nggi yillarda jahonda savodsizlar soni foiz hisobida kamaygan bo‘lsa, mutlaq hisobda o‘sishda 
davom etmoqda. Bunda ma’lumotsiz odamlarning hayoti amalda ko‘p bolalikni xurofiy aqidalar 
bilan oqlaydigan arxaik oilaviy an’analarga bo‘ysunadi. Pirovardda rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut bu jihatdan ham ortishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtda 
ajabtovur vaziyatni kuzatish mumkin: savodxonlik mutlaq raqamlarda o‘sayotgan bir paytda, 


savodsizlar, ya’ni o‘qish, yozish, oddiy arifmetik amallarni bajarishni bilmaydigan odamlar soni 
ham o‘sib bormoqda (Hindiston aholisining 70%, Pokiston aholisining 60%, Afrika mamlakatlari 
aholisining 80% savodsiz).
Sog‘liqni saqlash.
Aholi soni va uning yashash sharoiti, shuningdek atrof muhit holati 
hozirgi davrning yana bir global muammosi bilan uzviy bog‘liq.
Aksariyat kasalliklar va atrof 
muhitdagi antropogen o‘zgarishlar o‘rtasida bevosita va bilvosita aloqa mavjud. Hozirgi odamlar 
avlodiga atrof muhit ifloslanishining hali o‘rganilmagan yoki kam o‘rganilgan ko‘p sonli fizik 
(avvalo elektromagnit), kimyoviy va biologik omillari ta’sir ko‘rsatmoqda. Avvalo, iqtisodiy 
rivojlangan mamlakatlar aholisi kasalliklarining tarkibi va xususiyatida yuz bergan o‘zgarishlar 
ayni shu hol bilan izohlanadi.
Ayni paytda shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, XX-XXI asrda yangi kasalliklar soni 
ko‘payib borsada, kasalliklarga qarshi kurash vositalari ham takomillashib bormoqda. Jumladan, 
XXI asr fanining eng katta yutug‘i sifatida 2008 yilda nemis olimi Xareld sur Xauzen (1936) 
ayollarda bachadan saratoni kasalligini “papiloma” virusi keltirib chiqarishini aniqlagan va unga 
qarshi emlash vositasini yaratgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Dunyo bo‘yicha 
umumiy saraton kasalligining 5%ini bachadon raki tashkil qilar, va har yili ikki yuz mingga yaqin 
ayollar shu kasallikdan bevaqt olamdan ko‘z yumar edi. Ushbu kasallikka qarshi vaksinatsiyaning 
ommalashuvi yuzlab ayollarning sog‘ligi garoviga aylanmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan 
mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham 2009 yildan 12-14 yoshdagi qizlarda bachadon 
saratoni kasalligiga qarshi emlash ishlari keng amalga oshirilmoqda. Xareld sur Xauzenning 
kashfiyoti asr boshining eng buyuk kashfiyotlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. 

Yüklə 395,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin