Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi reja: 1


Energetika va xom ashyo resurslari



Yüklə 395,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/27
tarix25.12.2023
ölçüsü395,96 Kb.
#194968
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
FAlsafa 7 mavzu

Energetika va xom ashyo resurslari
. Yana bir global muammo – 
insoniyatni energetika va 
xom ashyo resurslari bilan ta’minlash xalqaro maydonda ko‘p sonli ziddiyatlar, shu jumladan 
harbiy mojarolar manbaiga aylandi
. Bu resurslar moddiy ishlab chiqarishning negizi hisoblanadi 
va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga qarab inson hayotida tobora muhimroq rol 
o‘ynaydi.
Mazkur resurslar tiklanadigan, ya’ni tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan tiklash mumkin bo‘lgan 
resurslarga (gidroenergiya, yog‘och, quyosh energiyasi va sh.k.) va miqdori mavjud tabiiy 
zahiralar bilan chegaralangan tiklanmaydigan resurslarga (neft, ko‘mir, tabiiy gaz, har xil rudalar 
va minerallar) bo‘linadi.
Hozirgi iste’mol sur’atlari saqlangan taqdirda tiklanmaydigan resurslarning aksariyati 
insoniyatga bir necha o‘n yillardan bir necha yuz yillargacha bo‘lgan muddat bilan o‘lchanadigan 
yaqin kelajakda foydalanishgagina etishi hisoblab chiqildi. Shuningdek mavjud zaxiralarning 
anchagina qismi murakkab sharoitda joylashgan konlarda jamlangan yoki nisbatan qashshoq 
rudalardan iborat. 
Urush va tinchlik muammosi
. Harbiy soha jamiyat hayotining eng isrofgar sohasi 
hisoblanadi. Ayni shu 
sababli jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va Erda mustahkam 
tinchlikni ta’minlash butun dunyoda mavjud barcha global muammolar orasida eng muhimi deb 
e’tirof etiladi
. Uning keskinligi barcha zamonlarda hech qachon pasaymagan bo‘lsa-da, XX asrda 
7
Karimov I.A. BMT Sammitining mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisdagi nutq
.-Т.: 
O‘zbekiston

2010. 


u nafaqat ayrim kishilar, xalqlar, balki butun insoniyat oldiga «o‘lish yo qolish?» degan mudhish 
savolni qo‘yib, alohida, fojeaviy mazmun va ahamiyat kasb etdi.
Bu hol ilgari mavjud bo‘lmagan imkoniyat – Erdagi hayotni yo‘q qilish imkoniyatini 
yaratgan yadro quroli paydo bo‘lishi bilan izohlanadi. Yadro quroli 1945 yil avgustda (Xirosima 
va Nagasaki) ilk bor qo‘llanilgan paytdan e’tiboran mutlaqo yangi davr – inson hayotining barcha 
jabhalari: siyosat, iqtisod, tafakkurda, jahon maydonidagi kuchlar nisbatida tub o‘zgarishlar 
yasagan yadro davri boshlandi.
Muhokama qilinayotgan muammoning boshqa bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, u 
mohiyati va hozirgi holati «Tabiat falsafasi»mavzusida ko‘rib chiqilgan ekologiya bilan uzviy 
bog‘liq. Biz fan-texnika taraqqiyoti darajasi ekologik tanglikni bartaraf etish borasidagi 
imkoniyatlarni belgilashini qayd etgan edik, ammo qurol-yarog‘larning vayronkor imkoniyatlari, 
ularning shakllari, qo‘llash metodlari va usullarining rang-barangligi ham ayni shu darajaga 
bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 395,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin